Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar Maxmudov Azizbek 72 20


Download 0.73 Mb.
bet1/3
Sana19.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1709659
  1   2   3
Bog'liq
azizbek.pptx 1


Globallashuv sharoitida transmilliy
korporatsiyalar
Maxmudov Azizbek 72_20
Mavzu: Globallashuv sharoitida transmilliy
korporatsiyalar
Reja:
1 Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, belgilari va turlari.
2 Transmilliylashuv indeksi va uni hisoblash uslubi.
3 Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o’rni.

Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, belgilari va turlari. Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega bo‘lgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, o‘zi ro‘yxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining sho‘‘ba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish. ni uzluksiz o‘stirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni ko‘zlab qo‘shilishi (qo‘shilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo bo‘ladi. Ixtisoslashuviga ko‘ra, sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdosotiq, bank, sug‘urta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro maydonda ilmiy-tadqiqot ishlari va kapitallar rivoji bo‘yicha siyosiy dinamika vazifasini o‘taydi. Masalan, «Elektrolyuks» transmilliy korporatsiyasini olaylik. U ayni paytda dunyo bozoridagi maishiy elektro mahsulotlar va sanoat texnologiyasining 25 %ini o‘z qo‘lida ushlab turibdi
1. Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, belgilari va turlari.
1912-yilda tashkil etilgan bu shved kompaniyasi XX asrning 20–yillardayoq Astraliya va Yangi Zerlandiya bozorini o‘z mahsuloti bilan egallab olgandi. So‘nggi o‘n yilda esa «Elektrolyuks» «Uayt Konsolideyted» kompaniyasini, AQSHda esa maishiy texnika ishlab chiqaradigan «Vestingauz», «Gibson» kompaniyasini, shuningdek, yirik elektr tovarlari ishlab chiqaradigan «Zanussi» (Italiya va barcha janubiy Yevropada mavjud) hamda elektr tovarlari ishlab chiqaradigan «AEG» (Germaniyada) kompaniyalarini o‘ziga qo‘shib oldi.
Transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo’naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo’lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Chunki, aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo’ylab investitsiyalar oqimi harakat qiladi.
Transmilliylashuv indeksi va uni hisoblash uslubi. Iqtisodiy globallashuv (baynalminallashuv, jahon xojaligiga integratsiya) deganda jahon iqtisodiyotiga nisbatan global iqtisodiyotning ilgarilab boruvchi o’sishi tushuniladi. Agar xalqaro savdo va xalqaro kapital, ishchi kuchi va bilimlar harakatining o’sish sur‘atlari jahon iqtisodiyotining o‗sish sur‘atlaridan yuqori bo’lsa, iqtisodiy globallashuv jarayoni rivojlanmoqda deyish mumkin. Iqtisodiy globallashuvni shuningdek, milliy iqtisodiyotlarning tobora ochiq iqtisodiyotlarga aylanish jarayoni sifatida ta‘riflash mumkin. Bu pirovardida jahon iqtisodiyotining yagona mahsulotlar va resurslar bozoriga aylanishiga olib kelishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar globallashuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‗lib hisoblanadi. Barcha eng yirik kompaniyalar amalda ularga aylanib bo’ldi, chunki ular tovarlar va xizmatlar eksportidan tashqari odatda, chet elda ushbu mahsulotni ishlab chiqarish bilan ham faol shug’ullanadilar. TMKlar chet eldagi o’z investitsiyalari (to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar – TXI) orqali qiymat

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling