Glossariy elastiklik


Download 15.74 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi15.74 Kb.
#268899
Bog'liq
3. GLOSSARIY (5)


GLOSSARIY
Elastiklik – talab va taklifga ta’sir qiluvchi omillarning bir foizga o’zgarishi natijasida talab va taklif hajmining necha foizga o’zgarishini aniqlaydigan koeffitsiyentga aytiladi.

O’rindosh tovarlar – iste’mol qilishda bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.

To’ldiruvchi tovarlarbirgalikda, komplekt tarzida iste’mol qilinadigan tovarlar.

Talab – pul bilan ta’minlangan, to‘lovga qodir ehtiyoj; ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji.

Talab qonuni – tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik.

Taklif – ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori.

Taklif qonuni – narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi.

Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.

Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – iste’molchi daromadining bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.

Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Download 15.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling