Glossariy ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar


Download 24.2 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi24.2 Kb.
#268404
Bog'liq
3. GLOSSARIY (1)


GLOSSARIY

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.

Iqtisodiy tizim – bu har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi, ya`ni iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda tashkil qilinishi hisoblanadi.

An’anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko‘plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog‘i davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan xarakterlanadi

Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.

Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik.

Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir.

Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi.

Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.

Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.

Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.

Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.

Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.

Bozor sub’ektibozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.

Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.

Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.

Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.

Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.

Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.

Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.

Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishi.

Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.

Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.

Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx.

Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.

Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx.

Chegaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx.



Dotatsiyalangan narx – davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.

Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.

Nufuzli narx – sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.

Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxidir.

Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, o‘rta va yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi.

Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi.

Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi.

Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Download 24.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling