Glossariy Kislorodli birikmalar


Download 20.11 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi20.11 Kb.
#237578
Bog'liq
Глоссарий узб


Glossariy
Kislorodli birikmalar - neft maxsulotlarining yuqori fraktsiyalarida(kerosindan boshlab) bo’ladi. Ularning miqdori 10% dan oshmaydi(0.1-0.3). Bu birikmalar asosan xar xil kislotalar ko’rinishida bo’lib, ular detallarning korroziyalanishini oshiradi va neftda smolali-asfalg’t moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi.

Azotli birikmalar - neft maxsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda bo’lib issiq detallarda qurum va lak paydo bo’lishini ko’paytiradi

Kreking - neftning yirik molekulali uglevodorodlarini onson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan iboratdir. Krekinglash jarayoni 2 xil bo’ladi.

Termik reformingda vodorod ishtirokida (4800S-5200S haroratda va 3Mpa bosim ostida) to’yinmagan uglevodorodlar to’yingan holga o’tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi.



Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan foydalaniladi. Bundan tashqari uglevodorodlarni aromatizatsiyalash ham yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi.

G i d r o t o z a l a sh (yonilg’ilarni tozalashda). Bu usul yuqori harorat va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod vositasida vodorod sulg’fid N2ga birikib, ulardan tozalanadi. Bu usulda asosan dizel yonilg’ilari tozalanadi.

Yonilg’ining oktan soni deb, izooktan va geptandan sun’iy tayyorlangan, detonatsiya turg’unligi sinalayotgan yonilg’inikiga teng bo’lgan aralashmadagi foyzda beriladigan(hajm bo’yicha) izooktan miqdoriga aytiladi.

Fraktsion tarkibi. Bu tarkib dizel yonilg’isining bug’lanishini ko’rsatuvchi va benzinlardagi kabi yonilg’i hajmi bilan yonilg’i temperatura orasidagi bog’liqlikni belgilab beradi.

Normalanadigan sifat ko’rsatkichlari. Avtomobillarda yonilg’isi sifatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkichlarga komponent tarkibi, to’yingan bug’ bosimi, suyuq bug’lanmaydigan qoldiqning bo’lmasligi, zararli aralashmalar miqdori kiradi.

Gazning komponent tarkibi. Gaz ballonlari bilan ishlaydigan avtomobillar uchun to’ldirish stantsiyalarida barcha mavsumlarda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko’rsatkichi belgilangan chegarada o’zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida kamida 80±5% propan, ko’pi bilan 20±5% butan va ko’pi bilan 6% boshqa gazlar bo’ladi. Propan bilan butanning nisbati o’zgarsa, yonuvchi aralashmaning tarkibi va gaz yonganda chiqadigan issiqlik miqdori o’zgaradi. Oqibatda dvigatelning tsilindrlarda yonish jarayoni yomonlashadi va ishlatilgan gazning zaxarlilik darajasi ortadi.

To’yingan bug’ bosimi. Bu ko’rsatkichlar yilning sovuq kunlarida dvigatelning tsilindrlariga gazning ishonchi uzatilishiga ta’sir qiladi. Minus 300S haroratda bu bosim 0,07MPa dan past bo’lmasligi lozim

Kinematik qovushqoqlik. Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay olish xususiyatini xarakterlovchi muxim sifat bo’lsa, ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi ham shuncha mustahkam bo’lib, tsilindrlardagi porshen xalqalarining zichligi shuncha yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi.

qotish harorati. Bu, moy oquvchanligini yo’qotadigan haroratdir.

Korrozionlik. Avtomobil dvigatellarining korroziya ta’siridan yeyilishga sabab bo’luvchi moyning potentsial xossasi korrozionlik bilan tasniflanadi

qo’shilmalar (prisadkalar). Bular moylar sifatini yaxshilash uchun qo’shiladigan maxsus moddalardir.

Depressor qo’shilmalar. Ular parafin krisatallarining o’sishini to’xtatib turadi, buning natijasida moyning qotish harorati 15-200S ga pasayadi.

Oksidlanishga qarshi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalar ish bajarayotgan qismlarning korroziyalanishga sabab bo’luvchi kislota va kimyoviy birikmalarning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi.

Yuvuvchi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalardan moy ish bajarayotgan paytda uni ifloslantiruvchi muallaq zarrachalarni tutib qolish uchun foydalaniladi. Bunday qo’shilmalar qo’shilganda dvigatel detallarining sirtida va moy o’tkazgichlarda lak hamda cho’kindilar o’tirishi kamayadi.

Korroziyalanishga qarshi qo’shilmalar. Ular detallar sirtida korroziyalanishdan saqlaydigan himoya pardasi hosil qiladi.

Markalash. Motor moyilarining har bir rusimini shartli belgilari harflar va rakamlardan iborat. Ular qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq, moyning vazifasini va guruxini, uning kinematik qovushqoqlikligini ko’rsatadi.

Tormoz suyuqligining qaynash harorati yetarlicha yuqori bo’lishi kerak, aks holda suyuqlik qaynab, tormoz pedali polgacha tushib ketadi. Tormoz tsilindrlarining harorati 190-200 0S gacha yetishi mumkin.



Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo’lishi, yahni -40 0S va undan ham past haroratda uzoq vaqt ushlab turilganda ham cho’kindi hosil qilmasligi va qatlamlarga ajralmasligi kerak. Bundan tashqari, uning qovushqoqligi -400Sda tormoz pedalini bosishni qiyinlashtiradigan darajada bo’lmasligi kerak.

Tormoz suyuqligi rezina qismlarga shikast yetkazmasligi, shishirib yubormasligi yoki kichraytirmasligi va tormoz tizimi qismlarining korroziyasiga sabab bo’lmasligi kerak.
Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling