Glossariy “Statistika” atamasi lotincha “Status”


Download 13.68 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.68 Kb.
#209105
Bog'liq
statistika 1 mavzu gloossary


GLOSSARIY

Statistika” atamasi lotincha “Status” so’zidan olingan bo’lib, hodisalarning holati va ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizidan “Stato” – davlat, “Statusta” – davlatni biluvchi, “Statustica” ya’ni davlat to’g’risida muayyan bilim, ma’lumotlat yig’indisi degan tushunchalardan kelib chiqqan.



Statistik to’plam – bu ma’lum bog’lanishda bir xil sifatga ega bo’lgan hodisalar, elementlar, birliklar hamda dalillar to’plami tushuniladi.

Belgi – bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternative belgilarga bo’linadi.

Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar Статистик кўрсаткичлар hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi.

Statistik ko’rsatkich tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir.

Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud va tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma va shu kabi darajalarda hisoblansa mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi.



Sifat deyilganda hodisaning ichki qiyofasi va aniqligi, uning rivojlanish qonuni va qonuniyatlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan tub mohiyati tushuniladi.

Miqdor deyilganda hodisaning u yoki bu xususiyati va belgisining yuzaga chiqish me’yori, soni va darajasida ifodalanganligi tushuniladi.
Download 13.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling