Glossariy


Download 46 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi46 Kb.
#214780
Bog'liq
Glossariy (1)


GLOSSARIY
1. Davlat tili haqidagi Qonun – 1989-yil 21-oktyabrda O’zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasi O’zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunning qabul qilinishi o’zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma`naviy va siyosiy hayotida ro’y bergan g’oyat muhim voqea bo’ldi. Davlat tili to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi O'zbekistonning mustaqillik uchun qo'ygan ilk qadami edi.

2. Parlament – Parlament frantsuzcha "parle" - "gapirmoq" ma`nosini beradi. Ilk parlament XIII asrda Angliyada shakllandi. Jahon parlamentlarining ko`pchiligi bir palatali tuzilishga ega. 1990 – 1994-yillada O`zbekistonda bir palatali Oliy Kengash (150 deputat), 1995 – 2004- yillarda bir palatali parlament - Oliy Majlis (250 deputat) faoliyat yuritdi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada qonunchilik hokimiyati bir palatali tarzda shakllanishi belgilangan edi. 1994-yil O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to`g’risida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi natijasida Oliy Kengash nomi Oliy Majlis deb o`zgartirildi. O`zbekistonda 2005-yildan ikki palatali parlament – Oliy Majlis faoliyat yurita boshladi.

3. “Ta`lim to`g’risida”gi qonun – O`zbekiston Respublikasining Ta`lim to`g’risidagi qonuni 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan. Mazkur qonunning maqsadi - Ushbu qonun fuqarolarga ta`lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqinи ta`minlashga qaratilgan.

4. Milliy valuta – 1994- yil 16- iyundagi “O’zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to’g’risida” gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994- yil 1- iyuldan boshlab milliy valuta – so’m muomalaga kiritildi. 1 so’m kursi 1000 so’m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.  Milliy valuta – so’m O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50,100 so’m bo’lgan bank qog’oz pullari (bankiiotlar) holida muomalaga chiqarildi. Aholi qo’lidagi so’m-kuponlar jamg’arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000 so’mlik qog’oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.

5. “Sog’lom avlod uchun” ordeni –  1993- yil 7- mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi orden – birinchi va ikkinchi darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta'sis etildi.

38. Elektorat – (lot. elector - saylovchi) muayyan partiya yoki partiyalar blokiga ovoz beruvchi saylovchilar guruxi.

6. O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (ASDP)– 1995-yil 18-fevralda bo’lib o’tgan qurultoyda tashkil topdi. O’zbekistonda sotsial-demokratik partiya tuzish g’oyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 44 nafar deputatni tashabbuskorlar guruxiga birlashtirdi. Bu deputatlar mustaqil yoki ilgari XDP a`zolari bo’lib, ular O’zbekistonda o’rtaxol va kam ta`minlangan axoli qatlamlarining irodasini ifoda etuvchi sotsial-demokratik yonalishdagi partiya tuzish zaruriyatini tushungan insonlar edi. Ta`sis qurultoyida partiyaning birinchi Nizom va Dasturi, Qurultoyning O’zbek xalqiga murojaatnomasi qabul qilindi. Shu bilan birga, Qurultoyda 57 kishidan iborat partiya Siyosiy Kengashi va 5 kishidan iborat Markaziy Taftish komissiyasi saylandi. Qurultoyda qabul qilingan Dasturda partiyaning bosh maqsadi mustaqillikni mustaxkamlash, isloxotlarning borishiga, xuquqiy-demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga va pirovardida O’zbekistonning jaxonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustaxkam o’rin olishiga munosib xissa qo’shishdan iborat ekanligi belgilab qo’yildi.

7. Liberal-demokratik partiyasi (LiDeP) – 2003- yil 15-noyabrda yangi siyosiy partiya - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (LiDeP) siyosiy maydonga kirib keldi. Yangi siyosiy partiya mulkdorlar qatlami - tadbirkor va fermerlar nomidan maydonga chiqdi xamda ularning manfaatlarini ximoya qila boshladi. 2003-yilning 15-noyabrida o’tkazilgan Ta`sis s`ezdida yangi partiyaning Ustavi va Dasturi tasdiqlandi, partiya Siyosiy Kengashi va Ijroiya Qumitasining raxbar organlari saylandi, “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi ta`sis etildi





Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling