Huquqiy davlat tizimining shakllantirishi
Download 56.5 Kb.
|
HUQUQIY DAVLAT TIZIMINING SHAKLLANTIRISHI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy davlat tushunchasi va ta’rifi
HUQUQIY DAVLAT TIZIMINING SHAKLLANTIRISHI. Reja: Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishi Nodavlat notijorat tashkilotlarini ximoya qilishning davlat kafolatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari. Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining axamiyati. Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid qarashlar. Huquqiy davlat tushunchasi va ta’rifi Bugun tom ma’noda tarixiy davrda yashayapmiz. Istiqlol barchamizga ozod va erkin yashash baxtini, dunyoning chinakam xayratiga sabab bo‘lgan milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizning yangicha yo‘sinda shakllantirish imkonini berdi. Istiqlol yillarining dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz tomonidan xuquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish bosh konsepsiyamiz ekanligi aytib o‘tilgan edi. Bugungi kunda esa, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari degan g‘oya jamiyat xayotining muxim yo‘nalishlaridan biri qilib belgilandi. Yurtboshimiz ilgari surayotgan ushbu g‘oya mamlakatimizning bugungi rivojlanish bosqichidagi eng muxim vazifalardan biri sifatida baxolanmoqda. Jaxonning rivojlangan mamlakatlarida asosan fuqarolik jamiyatining institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etib kelmoqda. Ya’ni, kuchli davlat asta-sekinlik bilan o‘zining funksiyalarini nodavlat notijorat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazib boradi. Kuchli jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligi, siyosiy dunyoqarashi yuqori bo‘ladi. Xuquqiy demokratik davlatlarda asosan kuchli jamiyat boshqaruvi, avvalo, fuqarolik jamiyati institutlari zimaasiga yuklatilgan. Bunda boshqaruvning amalga oshirilishida jamoatchiliknin bevosita ishtiroki kengayadi. O‘zini o‘zi boshqaradigan jamiyat kuchli nodavlat tuzilmalarga asoslanadi. Fuqarolik jamiyatini qurish strategiyasi Prezidentimiz tomonidan ilgari surildi va u ilmiy-nazariy jixatdan asoslanib borilmoqda. Davlat zimmasida xavfsizlik, mudofaa, chegara, moliya-bank, kredit va shu kabi muxim vazifalar qoladi. Davlatning bugungi kundagi muxim vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa demokratik institutlarga o‘tkazib boriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa tizimlari jamiyat boshqaruvini ta’minlaydigan aloxida tizim sifatida rivojlanib boradi. Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning II chaqiriq IX sessiyasida “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari mavzusida qilgan ma’ruzasida davlatimiz oldida turgan beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muxim sharti bo‘lib, bu jamiyat xayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va axamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu- kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” degan tamoyilni amalda xayotga joriy etish demakdir deb ta’kidlab o‘tgan edilar. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishi Mamlakatimizda demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlar mustaqillikka erishgandan boshlab shakllana boshladi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi, jumladan, demokratiya, xuquqiy davlat, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati xaqida g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, ma’ruzalarida, nutqlarida asoslab berildi. Xozirgi vaqtda respublikamiz olimlari tomonidan bu borada tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda. “Demokratiyaning asl moxiyati-inson qadr-qimmati, xurmati xamma narsadan ulug‘, degan aqidadan iborat bo‘lmog‘i lozim”. “Chinakkam demokratiyaning oliy mazmuni esa shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat xokimiyati tinch-totuv yashaydi"._ –degan g‘oyalarni ilgari surgan edi Prezidentimiz I.A. Karimov. Demokratiya –bu avvalo, xalq xokimiyatchiligidir. U davlat tuzumining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib xisoblanadi. “Demokratiya -xokimiyatning faqat xalqqa tegishli ekanligi, davlat xalq irodasini, ifodasini va uning manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi, davlatning olib borayotgan siyosati faqat inson va jamiyatning farovonligini ta’minlashga qaratilganligidir. Demokratiya xokimiyat faqat Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda va ular asosida tuzilgan idoralar orqaligina amalga oshirilishini bildiradi. Davlat idoralari faqat qonunda ko‘rsatilgan vakolatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi”_. Ushbu fikrdan demokratiya qaror topgan davlat albatta xuquqqa asoslangan bo‘ladi. Xar bir faoliyat Konstitutsiya va qonunlar asosida amalga oshiriladi. Shaxslarning xuquqiy ongi yuksak darajada rivojlangan bo‘ladi. “Xuquqiy davlat masalasi davrimizning o‘ta muxim va dolzarb ilmiy-nazariy xamda siyosiy-amaliy axamiyatga molik muammolaridan bulib, uning bunyod etilishi, faoliyat ko‘rsata borishi jamiyatimiz oldida turgan tarixiy vazifadir. Shu boisdan xam O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiyasining muqaddimasida «Insonparvar demokratik xuquqiy davlat barpo etish» maqsadi qonunan mustaxkamlab quyilgan. Bu maqsadning kun tartibiga quyilishi davlatchilik va xuquqni rivojlantirish siyosatidan kelib chiqib, qator omillar va shart-sharoitlar bilan belgilanadi.” “Xuquqiy davlat qurish maqsadi shundan kelib chiqadiki, mustaqillik va bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida jamiyatimizda ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy normalar bilan tartibga solib turish o‘ta muxim va dolzarb vazifa xisoblanadi. Xozirgi zamonda xuquqiy qadriyatlarning qo‘llanish doirasi, ularga bo‘lgan xayotiy extiyoj nixoyatda katta. Chunki xuquqiy normalar bilan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va fuqarolar o‘rtasida kelib chiqadigan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayot soxalaridagi juda keng munosabatlar tartibga solinadi. Xuquqiy davlatga bulgan extiyoj yangi demokratik jamiyat qurilishi sharoitida faqat xuquqning roli ortishi bilan emas, balki mamlakatni boshqarishda davlatning xam jiddiy xissasi borligini ko‘rsatadi.” “Xuquqiy davlat-bu xuquqiy asosda tashkil topadigan va jamiyat xayotining barcha soxalarida xuquq ustuvorlik qiladigan davlatdir.” Nodavlat notijorat tashkilotlarini ximoya kilishning davlat kafolatlari va ularni ko‘llab-quvvatlash masalalari Davlatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov ikkinchi chaqiriq Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida referendum yakunlari, uning moxiyati va kelgusi xayotimizdagi ta’siri faqat referendumga qo‘yilgan masalalar bilan cheklanib qolmasligi, balki davlat va jamiyat xayotidagi ko‘pgina soxalarga tegishli ekanligini uqtirib o‘tdi. Xususan, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» g‘oyasining amalga oshirilishida nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni xaqida Prezident tomonidan bildirilgan fikrlar barchamizga ushbu masalaning moxiyatini keng jamoatchilikka tushuntirib berish mas’uliyatini yuklaydi. Kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun esa «davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalariga o‘tkazish talab qilinadi». Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling