№
|
Bajarila-digan ishlar mazmuni
|
Moslama-lar, asboblar va xom ashyolar
|
Eskizlar, chizmalar, rasmlar
|
Bajarish tartibi
|
1
|
2 yoshgacha bo`lgan davrda tana vaznini o`lchash
| -
Gorizontal tibbiy tarozi
-
toza yo`rgak
-
rezina qo‘lqoplar
-
zararsizlan-tiruvchi eritma
-
salfetka
-
ruchka
-
tibbiy hujjat
|
|
Bola onasiga muolaja maqsadi va tartibi tushuntiriladi, roziligi olinadi.
|
2
|
|
Tarozini tekis va mustahkam joyga o‘rnatiladi.
|
3
|
|
Qo`llar yuvib, quritiladi, qo`lqoplar kiyiladi.
|
4
|
|
Tarozi idishi zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi.
|
5
|
Taroziga toza yo`rgak to‘shaladi.
|
6
|
Tarozi toshlari nolga keltiriladi.
|
7
|
|
Bolaning boshi tarozi idishining keng tomoniga qaratib yotqiziladi.
Lo‘kidon (zatvor) ochiladi.
|
8
|
|
Tarozining kilogramm toshini, so‘ng grammlar toshini siljitib, tarozu muvozanatga keltiriladi (bolaning vazni aniqlanadi).
|
9
|
|
Zatvorni yopib, bola tarozidan olinadi.
|
10
|
Tarozidan yo`rgak olib tashlanadi.
|
11
|
Tarozi idishini zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi.
|
12
|
|
Qo‘lqoplarni yechib, qo‘llar yuviladi.
|
13
|
|
Vazn ko`rsatkichi tibbiy hujjatga yozib qo`yiladi va onasiga ma`lum qilinadi.
|