Golden verum


Download 6.03 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi6.03 Kb.
#1776088
Bog'liq
IPKkazus


Kazus
Arizachi Chilonzor tuman DSI Toshkent shahar xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor “GOLDEN VERUM” mas’uliyati cheklangan jamiyatini bankrot deb topishni so‘ragan.
Toshkent shahar xo‘jalik sudining 2013-yil 21-fevraldagi ajrimi bilan arizachining arizasi qaytarilgan.
Arizachi Chilonzor tuman DSI tomonidan birinchi instansiya sudining mazkur ajrimiga apellatsiya shikoyati keltirilib, unda birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan ajrimni bekor qilish so‘ralgan.
Soliq kodeksining 62-moddasiga asosan soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish;
undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish;
undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish.
Soliq to‘lovchi soliq qarzini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan barcha choralar ko‘rilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
Biroq ijro hujjatlari “Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga ko‘ra, ko‘rsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday ijro hujjatlari undiruvchiga qaytarilganligini tasdiqlovchi sud ijrochisining qarori ilova qilinmagan.
Shunga ko‘ra birinchi instansiya sudi tomonidan undiruv choralari ko‘rilmagan deb hisoblangan. Ushbu toifadagi ishlarni ko‘rishda majburiy undiruv choralarining ko‘rilganligi zaruriy shart hisoblanadimi? Davlat budjeti oldidagi qarzdorlikning mavjudligi qarzdorni bankrot deb topish uchun asos bo‘la olmaydimi?
Download 6.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling