Gorizontal otilgan koptok 5


Download 108.5 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1106443
Bog'liq
abdulaziz bunaqa darajada kop dip oylamudim uzur


  1. Gorizontal otilgan koptok 5 m uzoqlikdagi devorga urilgan. Koptokning urilish balandligi koptok otilgan balandlikdan 1 m pastda. 1) Koptok qanday v0 tezlik bilan otilgan? 2) Koptok devorga qanday burchak ostida uriladi? Havoning qarshiligi xisobga olinmasin.




  1. Radiusi R=10 sm g‘ildirak o‘zgarmas burchak tezlanish bilan aylanadi. Xarakat boshlanishidan keyingi birinchi sekundning oxirida g‘ildirak gardishidagi nuqtalarning: 1)burchak tezligi, 2) chiziqli tezligi, 3) tangensial tezlanishi, 4) normal tezlanishi, 5) tola tezlanishi va 6) tola tezlanish bilan g‘ildirak radiusi orasidagi burchak topilsin.




  1. Kesim yuzi S=6 sm2 bo’lgan suv oqimi devorga normalga nisbatan α=60o burchakda uriladi va tezligini o’zgartirmasdan devordan elastik qaytadi. Agar suv oqimining tezligi bo’lsa, devorga ta’sir qiluvchi kuch topilsin.




  1. Minoradan ufq tekisligi yo’nalishida =20m/s tezlik bilan otilgan m=1 kg massali jism t=3s dan keyin yerga tushadi. Yerga tushish paytida jism ega bo’lgan kinetik energiya T aniqlansin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.




  1. Motosiklchi gorizontal yo’ldan ketmoqda. U motorni o’chirib R=4m radiusli “o’lim halqasi” shaklidagi trekdan o’tib ketishi uchun qanday eng kam ϑ tezlikka erishgan bo’lishi kerak? Ishqalanish va havoning qarshiligi hisobga olinmasin.


  1. Og’irligi 784 N va radiusi 1 m bo’lgan gorizontal platforma 20 ayl/min ga mos burchak tezlik bilan aylanadi. Platformaning markazida qo’llarini yoyib, toshlarni ushlagan holda odam turibdi. agar odam qo’lini tushirib, o’zini inertsiya momentini 2,94 kg·m2 dan 0,98 kg·m2 gacha kamaytirsa, platformaning bir minutdagi aylanishlar soni qancha bo’ladi? Platforma bir jinsli doiraviy deb hisoblansin.


  1. Sig’imi V=5 l bo’lgan idishda modda miqdori ν=0,2 mol bo’lgan bir jinsli gaz bor. Agar gazning zichligi ρ=1,12 kg/m3 bo’lsa, u qanday gaz ekanligi aniqlansin.




  1. «1 tonna qo‘rg‘oshin og‘irmi yoki 1 tonna po‘kakmi?» degan hazil savol hammaga ma’lum. Havoda o‘lchanganda 1 T kelgan po‘kakning haqiqiy og‘irligi, havoda xuddi shunday 1 T kelgan qo‘rg‘oshinning xaqiqiy og‘irligidan qancha katta ekani xisoblansin. Havoning temperaturasi , bosimi esa 760 mm sim.ust. ga teng.




  1. Idishda kislorod va vodorod aralashmasi bor. Aralashmaning massasi m=3,6g. kislorodning massasi ω1 massaviy ulushi 0,6 ni tashkil etadi. Aralashmaning ν va har bir gazning alohida ν1 hamda ν2 modda miqdorlari aniqlansin.




  1. Kislorod molekulasining o’rtacha kvadratik tezligi kislorod molekulalarining orasida bo’lgan m=10-8 g massali chang zarrachasining o’rtacha kvadratik tezligidan necha marta katta bo’ladi?

2 test



  1. 3 kmol argon va 2 kmol azotdan iborat bo’lgan gaz aralashmasining o’zgarmas bosimda solishtirma issiqlik sig’imi topilsin.




  1. Yopiq idishda 105 N/m2 bosimda 10 l havo bor. Idishdagi bosimni 5 marta oshirish uchun havoga qancha issiqlik berish kerak?




  1. Ikkita musbat Q va 4Q nuqtaviy zaryadlar bir – biridan l=60 sm masofada mahkamlangan. Muvozanat vaziyatida bo’lishi uchun uchunchi Q1 zaryadni berilgan zaryadlar orqali o’tuvchi to’g’ri chiziqning qaysi nuqtasida o’rnatish kerak? Agar zaryad faqat mahkamlangan zaryadlar orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlana olsa, muvozanat turg’un bo’lishi uchun zaryad qanday ishorali bo’lishi kerakligi ko’rsatilsin.




  1. Elektr maydon bir–biridan d=20 sm masofada joylashgan Q1=10 nC va Q2=-20 nC nuqtaviy zaryadlar tomonidan hosil qilingan. Birinchi zaryaddan r1=30 sm va ikkinchisidan r2=50 sm uzoqlikda joylashgan nuqtadagi maydon kuchlanganligi E va maydon potensiali aniqlansin.




  1. lastinkalarining oralig`i bo`lgan gorizontal holda turgan yassi kondensator ichida zaryadlangan yog` tomchisi bor. Elektr maydon bo`lmaganda tomchi tezlik bilan pastga tushadi. Plastinkalarga U=150v potensiallar ayirmasi berilsa, tomchi tezlik bilan tushadi. Tomchining radiusi va uning zaryadi topilsin. Havoning yopishqoqlik koeffitsienti yog`ning zichligi tomchi tushayotgan gaz zichligidan ga kattadir.




  1. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi d=1,33 m, qoplamalarning yuzasi S=20 sm2. Kondensator qoplamalari orasidagi bo’shliqda dielektriklarning ikkita qatlami bor: qalinligi d1=0,7 mm li slyuda va qalinligi d2=0,3 mm li ebonit. Kondensatorning elektr sig’imi C aniqlansin.


  1. Havo oraliqli yassi kondensator plastinkalarining yuzi va ularning oralig`i 5mm Plastinkalarga 300v potensiallar ayirmasi berilgan. Kondensatorni elektr kuchlanishi manbaidan uzib qo`yib, plastinkalar orasiga ebonit to`ldiriladi. 1) Ebonit to`ldirilgandan keyin plastinkalar orasidagi potensiallar ayirmasi qanday bo`ladi? 2) Ebonit to`ldirilguncha va to`ldirilgandan kegin kondenstatorning sig`imi qanday bo`ladi? 3) Ebonit to`ldirilgunicha va to`ldirilgandan kegin kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligi qanday bo`ladi?




  1. A mpermetr 3 A ni ko’rsatadi; R1=4 Om, R2=2 Om, R3=4 Om (rasm); R1, R2 va R3 qarshiliklarida potensialning tushushi hamda R2 va R3 qarshiliklardan o’tayotgan tokninh kuchi topilsin.


  1. E.Y.K. 110v bo`lgan generatordan 2,5km masofaga energiya uzatish kerak. Iste’mol quvvati 10kvt. Tarmoqdagi isrof bo`lgan quvvat 1% dan ortmagandagi ulovchi simning minimal kesimi topilsin.




  1. I1=3 A tok kuchida akkumlyatorlar batareyasining tashqi zanjirida P1=18 Vt quvvat ajraladi. I2=1 A tok kuchida esa mos ravishda P2=10 Vt. Batareyaning EYuK ε va ichki qarshiligi r aniqlansin.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling