Iqlimi iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror
Download 64.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqAndijon
- Bu sahifa navigatsiya:
- GEOGRAFIK O‘RNI
- IChKI SUVLARI
IQLIMI Iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, qishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250 mm yogʻin tushadi. GEOGRAFIK O‘RNI Andijon viloyati Farg‘ona mintaqasining sharqiy qismida, asosan, Qoradaryo havzasida, Farg‘ona va Oloy tog‘lari oralig‘ida joylashgan. Andijon viloyatini shimol, sharq va janubi-sharqdan Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod va O‘sh viloyatlari, janubi-g‘arbdan Farg‘ona viloyati, shimoli-g‘arbdan Namangan viloyatlari chegaralab turadi. Viloyatning eng shimoliy nuqtasi Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog‘i bo‘lib, 410 03! shimoliy kenglik, eng janubiy nuqtasi Marhamat tumani Qorachatir tog‘larining shimoliy yonbag‘irlarida, 400 24! shimoliy kenglik, sharqiy nuqtasi Xonobod shahri yaqinida joylashgan Jiydabuloq qishlog‘i sharqida 730 10! sharqiy uzunlik, eng g‘arbiy nuqtasi esa Ulug‘nor tumani Yangi Baliqchi qishlog‘i g‘arbida 710 31! sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi. Viloyat shimoldan janubga 73,6 km, g‘arbdan sharqqa 139,4 km ga cho‘zilgan. IChKI SUVLARI Andijon viloyati hududidan oqib o‘tadigan daryo va kanallarga asosan Norin, Qoradaryo, Maylisoy, Tentaksoy, Aravonsoy, Andijonsoy daryolari, Katta Farg‘ona magistral, Katta Andijon magistral, Janubiy Farg‘ona, Mazgilsoy, Sariqjo‘ga, Sariqsuv kanallari hamda Shahrixonsoy va yuzlab anhorlar hamda ariqlar kiradi. Shuningdek Andijon viloyatida Andijon suv ombori va Otchopar suv omborlari mavjud. GEOLOGIYaSI Andijon hududining geologik tuzilishi murakkab tarixiy geologik jarayonlar bilan bevosita bog‘liq. Orogen va plitali strukturalar Gersin va Alp tog‘ paydo bo‘lish davrlarida hosil bo‘lgan va turli katta-kichikliklardagi va yo‘nalishlardagi yer yoriqlari (razlomlari) bilan kesilgan. Mazkur yoriqlar orqali neogen davridan boshlanib, hozir ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar ta’sirida turli balandliklar ko‘tarilgan, ba’zilari cho‘kkan, natijada biz hozir ko‘rib turgan tog‘ tizmalari va tog‘ vodiylari hosil bo‘lgan. Download 64.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling