Go‘zal tarbiya tamoyillari profi university

Download 1.16 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1533884
Bog'liq
Tarbiya

GO‘ZAL TARBIYA TAMOYILLARI

Profi university

PPS 202-guruh talabasi Keldiyeva Dilsora

Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi. Bu davrda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar natijasida etnik sabrtoqat, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, halollik bilan kun kechirish kabi fazilatlar shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib sayqal topgan. Ayniqsa, kattalarga, ota-onaga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish milliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi.

Kishilarning fe’l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so‘zi ularning xulqiga bog‘liq. Yaxshi xulq egasi bo‘lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi.

Abdulla Avloniy yaxshi xulqlar qatoriga: matonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni kiritadi. «Emdi bu yaxshi xulqlarni qo‘lga olmak uchun ota-ona, muallim, ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‘lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur».

Yaxshilik – go‘zal axloqiy fazilat sirasiga kirib, inson umri davomidagi ijobiy va ezgu ishlari, munosabatlarining yig‘indisini tashkil etadi. Yaxshilik – shaxsga va jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir.

Xushfe’llik, shirinsuxanlik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy xatti-harakatlar yaxshilikni yuzaga chiqarish nuqtayi nazaridan g‘oyat muhimdir. Har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi.

Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Balki o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.

Abu Rayhon Beruniy ta’kidlaydiki, ilm cho‘qqilarini egallashning muhim yo‘llaridan biri – kishi o‘zini hammaga do‘st, yaxshilik qila olish darajasiga yetkazishdan boshlanadi. Ta’lim bilan tarbiya bir butunlikni ko‘rsatadi, faqat shunga amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi.

Ibn Sino farzand axloqi haqida: «Farzand go‘zal axloqli bolalar o‘qiydigan maktabda tahsil olmog‘i lozim. Chunki bola boladan o‘rganadi», deydi. Ta’lim muassasalari farzandlar uchun go‘zal tarbiya muhitini yaratib beradi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling