Grammatik xususiyatlari
Download 45.96 Kb.
|
YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARINING TA’RIFI, TURLARI VA
MAVZU: YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARINING TA’RIFI, TURLARI VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. Reja 1. Yordamchi so‘zlar turkumi 2. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar 3. Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no ifodalash Yordamchi so‘zlar turkumiga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kiradi. Yordamchi so‘zlar mustaqil (leksik) ma’no bildirmaydi, faqat grammatik ma’no iodalash uchun xizmat qiladi. Ko‘makchi Gapda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlar ko‘makchilar deb ataladi. Ko‘makchi o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zdan keyin kelib, so‘zlar orasidagi birgalik, payt, sabab, maqsad kabi munosabatni ifodalashga xizmat qiladi. Ko‘makchi ikki xil bo‘ladi: 1. Sof ko‘makchi 2. Ko‘makchi vazifasidagi so‘z (funksional ko‘makchi). 1. Sof ko‘makchi mustaqil ma’no anglatmaydi, kelishik affikslariga yaqin turadi. Sof ko‘makchilar quyidagicha: a) asl ko‘makchilar: bilan, uchun, qadar, sari, sayin; b) ot ko‘makchilar: burun, ilgari, keyin, boshqa, tashqari; v) fe’l ko‘makchilar: qarab, ko‘ra, qaraganda, yarasha, boshlab. Bosh kelishikdagi so‘zlar (ba’zan qaratqich kelishikdagi olmosh) bilan qo‘llanadigan so‘zlar (ko‘makchilar): bilan, uchun, kabi, singari, yanglig‘ (poetik uslubga xos), sayin, orqali, sari, uzra, sababli, bo‘yi, orqali, tufayli, chog‘li, osha, bo‘ylab, bo‘yicha, ichra, degan, chamasi, haqda (to‘g‘rida, xususda), haqida, to‘g‘risida, holda, yo‘sinda. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: tomon, qadar. ko‘ra, dovur, qarshi, qarab, yarasha, qaraganda, muvofiq. binoan, qaramasdan, qaramay, doir, asosan, qarata. Chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: so‘ng, keyin, boshqa, tashqari, bo‘lak, ilgari, burun, avval, beri, buyon, ko‘ra. 2. Ko‘makchi vazifasidagi so‘zlar: old, o‘rta, yon, orqa, tomon, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, yoqa, qosh. Download 45.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling