Grand ta'lim uchun Sarhisob


Download 22.8 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1497592
Bog'liq
hisobot roligi uchun ssenariy


Grand ta'lim uchun Sarhisob.

  1. Epizod

Kadr qora fondan ochiladi. Kadrda bir yigit, oq-qora rang.
Telefonda video tamosha qiladi. Videoda Shayx Hazratlari, kadr yaqinlashib telefonga kiradi.Ekranda Grand ta`lim markazi xisobot roligi, Filiallar haqida ma`lumot. Kadr ustida yozuv 20 dan ortiq ta'lim yo'nalishlari.
Yigit grand ta`lim markaziga keladi. Eshikdan kiradi, birinchi qadamni qo`yishi bilan kadr yorug`lashib rang kiradi. U tabassum bilan atrofga qaraydi. O`ng tarafiga qarasa. Resepshndagi yigit uni kutib oladi.
-Assalomu alaykum, hush kelibsiz !
-Salom men, kurslarga yozilmoxchi edim! Sizlarda qanday kurslar bor?!
Resepshn hodimi kulib o`ng tarafga qaraydi, kemara shu harakat bilan yurib keying sahnaga ulanadi.
1) kadrda boshqa yigit komyuter qarshisida ishlab o'tiribdi, kadr yaqinlashib yigit yuzida to`xtaydi. Yigit kameraga qarab
-kompyuter va dasturlash kurslari.
2) komp ekrani , ekranda multfilm qahramoni ishlanayabdi
fonda ovoz -3d max kursi
3) Qog'ozga hona jihozlari chizilmoqda chizayotgan qiz
kadrga qarab -interyer dizayn kurslari
4) Qo'llar orqali maxsus kitobni harflari ustidan yurib o'qish
jarayoni fonda ovoz -Imkoniyati cheklanganlar uchun Arab
tili kurslari.
5) Ustoz doska oldida dars o'tib mavzu tushuntirayabdi
kamera aylanib birinchi qatorda o`tirgan qizda to`xtaydi qiz
-Ingiliz tili
6) Qiz kitob o`qib turadi kadr uzoqdan yaqinlashadi kitob
Lev Tolstoyning “Voyna I Mir” kitobi qiz kitobni tushurib
gapiradi – rus tili kurslari
7) Dars jarayonlari , Arab tili alifbo kitobi , detal kadrda
Arab tilida yozish do`ppi kiygan yigit –Arab tili kurslari
8) 3 yigit bir-biriga qaratib qo`yilgan stol atrofida
kompyuterda ishlab o`tirishadi. Kadr ularning atrofida
aylanib to`xtaydi 1- bola kompyuter va dasturlash, 2- bola
hamda IT kurslari.
9) kichik bolalar barmoq harakatlari orqali misollar
yechishmoqda, ustoz -mental arifmetika kursi
10) Eskiz chizish jarayoni, tikuv mashinasi . Tikuvchi qiz - dizayn va tikuvchilik kurslari
11) Detal kadrlar Arab yozuvi yozish jarayonlari fonda ovoz –Xattotlik kursi
12) Kichikbolalar darslari ustoz -Maktabgacha tayyorlov
kurslari.
13) komyuterda zoom orqali ko'rishib gaplashilmoqda , ustoz zoom orqali - onlayn til kurslari.
14) Psixologiya kurslari, dars jarayonlaridan lavhalar.
15) Kastyum kiygan yigit qo`lida vatman qog`ozlari bilan
qurilish ketayotgan binoga qarab turadi.Uning orqasidan
sredniy kadr qo`yilgan. Yigit kameraga o`giriladi

  • Arxitektura kursi

Kadr kichrayib yonidan boshqa kadrlar chiqib kelib kollaj shakliga kiradi va kollaj ustida 4000 dan oshiq tinglovchilar yozuvi chiqadi ,ustozlar va hodimlar kadrlari tez tez almashib u ham kollaj shakliga keladi va 500 ga yaqin ustoz hodimlar kadr ustiga yozilib parallel ovoz ketadi.
Reseption dagi yigit sredniy kadrda
-Grand ta`lim kitobi . Detal kadrlar , svet orqali. Grand ta`lim Arab tili grammatikasi bo`yicha Madina Islom universiteti doktori. Abdurahim Faa tomonlaridan yozilgan kitob asosida o`zining 12 bosqichli Arab tili gramatikasi kitobini ishlab chiqgan.

2- Epizod


Boshlovchi yigit tadbirlar haqida ma`lumot beradi
Tadbir va bayramlarda olingan kadrlar. O'quvchi va hodimlar bilan birga sayohatlar. Yozgi qishki oromgohlar.
Sardobaga qilingan ko'mak kadrlari.
Ta'lim sohasida qilinayotgan hamkorliklar.
Eng yaxshi ta'lim brendi tanlovi.

3-Epizod
Krupniy kadr. Kadrda bog`cha tashqi ko'rinishi chizilmoqda . Kamera suratga yaqinlashib bog'cha binosiga perexod


orqali o'tadi. Yozuv: Bog'cha 2021

Tarbiyachi -Men uchun eng muhimi bu barkamol avlodni tarbiyalash !


Bog'cha fonda ovoz- Grand bog'chamizning asosiy
maqsadi odob-ahloq, ta'lim-tarbiya va bolajonlarimizni
milliy qadriyatlarimizni to'liq bilgan holda jismonan hamda
ruhan to'g'ri tarbiyalashdir. Bog'chamizda maktabgacha
bo'lgan bolalarga arab tili, rus tili , ingiliz tili ham o'rgatib
boriladi. Bundan tashqari logoped , psixolog, massaj va
gimnastika hizmatlarimiz ham bor. Sizlarni o'z
qadriyatlarimizga ega bo'lgan bog'chamizga taklif qilamiz!
Bola – men bog'chaga borishni yaxshi ko`raman!
Bog'cha honalari devorida maktab binosi rasmi osib
qo'yilgan . Kamera rasmga yaqinlashib huddi shu perexod
orqali maktab binosiga o'tadi .

4-Epizod
Maktabdan kadrlar . Yozuv: 2022 / Ustoz


– Bizning maktabimiz Xorijiy tillarga ixtisoslashgan. Maktabimiz uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan professional ustozlar va hodimlar jamoasidan tashkil topgan. Bolalar tushlikgacha darslarda bo`lib , darsdan keyin turli to`garaklar bilan mashg`ul bo`lishadi. Sport , ingliz, rus, arab tillari chuqur
o'qitiladi. Darslar mantiqiy matematika bilan integratsiyalashgan.

O‘zbekona urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarni saqlab qolgan uzluksiz ta`limni yo`lga qo`yish maqsadida “Yangi asr ” universitetiga asos soldik.

5-Epizod
Universitetda olingan kadrlar. Yozuv: Universitet 2022.Universitet yo`nalishlari haqida ma`lumot beradi.
-Universitetda jami 13 ta yo`nalish bo`yicha oliy ma`lumotli
mutaxassislar tayyorlanadi.
-Arab tili filiologiyasi
-Mumtoz sharq tillari
-O`zbek filiologiyasi
-Turk tili filiologiyasi
-Rus tili filiologiyasi
-Ingliz tili -Xitoy tili
-Boshlang`ich ta`lim
-Defektologiya
-Dizayn (interyer loyihalash)
- Maktabgacha ta`lim
-Pedagogika va psixologiya
-Tarix
-Darslarga o`z vaqtida kelib o`zlashtirilsa yetarli, hech
qanday ortiqcha uyga vazifalar yo`q

Xitoy tili fakulteti namunali talabalari uchun 3-kursdan


o`qishni Xitoydagi Nankin universitetida davom ettirish
imtiyozalari mavjud.

Universitet talabasi yo'lak bo'ylab


yurib keladi , kabinet eshigini ochib kiradi. Kabinet ichidan
kadr yigit kastyum shimda kirib kelib ustoz stoli oldiga
borib to'xtaydi. Krupniy kadr yigit kadr ichida gapiradi
- Biz qanday kelajak avlod tarbiyalashni istasak, avvalo o`zimiz shunday bo`lishimiz kerak. Maqsadlarga “Grand ta`lim” bilan birga erishamiz!

Yakuniy so`z uchun variantlar.


-Maqsadimiz ilmni targ`ib etish. Ilmli insonlar qanchalik ko`paysa biz maqsadimizga shunchalik yaqinlashamiz!

-To`g`ri qo`yilgan maqsad to`g`ri yo`lga yetaklaydi. Bizning maqsadimiz sizning orzularingizni amalga oshirib to`g`ri yo`l ko`rsatish zero sizning yutug`ingiz bizning yutug`imiz.

-Maqsadimiz eng zo`rlarini yetishtirish , maqsadimiz bilimni butun yurtga yoyish.

-Maqsadimiz ilimsiz insonlar yo`q yurtlar qatorida bo`lish

-Maqsadlarga qadam va qadam erishiladi , orzularingiz yo`lida Grand ta`lim bilan birga davom eting.

-Bizning maqsadimiz yurtimizdan yana allomalar yetishib chiqishiga o`z hissamizni qo`shish.



-Maqsadimiz yurtimizda bilim darajasini yuqori cho`qqilarga olib chiqishga o`z hissamizni qo`shish!
Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling