Yashil energiya bo‘yicha videorlikka matnlar Kadrda


Download 17.98 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.98 Kb.
#1545912
Bog'liq
yashil energiya bo\'yicha videorolik


Yashil energiya bo‘yicha videorlikka matnlar
Kadrda: (boshlovchi ilk kadrda ko‘ringan holda yurtimizdagi yashil energiya tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tadi. Ma’lumotlar yurgan holda berilib, kerakli elementar informatsiylar turli harakatlar orqali ko‘rsatib o‘tiladi).

Ma'lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85–90 foizi O‘zbekistonning tabiiy boyligi hisoblanmish ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa neft mahsulotlarini yoqish evaziga ishlab chiqariladi.


Endilikda esa, mazkur tabbiy boyliklarni katta miqdorda tejagan holda, elekter energiyasini boshqa manbaalardan olish bo‘yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda,
Ayni vatqda gap nima haqda ketayotganiligini tezda anglagan bo‘lsangiz kerak. Yashil energiya deya tez-tez tilga olinayotgan mazkur tushuncha deyarli barchaga tanish bo‘lib ulgurdi.
Kadr ortida: (boshlovchi mazkur ma’lumotlarni kadr ortida o‘qiydi va kadrda mazkur malumotlarga mos rasm hamda videolar ketadi).
Respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish bo‘yicha dadil qadamlar tashlangan. To‘g‘ri bu sohadagi rivojlanish qisqa davrga ega bo‘lsada, ammo shu vaqt ichida salmoqli natijalarga erishildi, deyish mumkin.
Jumladan, 2019-yilda qabul qilingan sohani rivojlantirish sari bosilgan dastlabki muhim qadam boʻldi. Hujjatda yashil energetika tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha barcha tashkiliy va huquqiy masalalar oʻrin olgan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston prezidenti tomonidan imzolangan sohaga doir bir qator qarorlar natijasida mamlakatda yashil energetika poydevori qurildi. Misol uchun, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qurilgan ikkita yirik quyosh stansiyalari respublikada yashil energiya davrini yangi pogʻonaga koʻtardi.

Kadrda: (boshlovchi kadrda ko‘ringan holda yashil energiya bo‘yicha qayta tiklanuvchi manbaalarni Oliy ta’lim muassasaalarida ham o‘rnatish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan fikrlar bildiradi. Shu vaqtda boshlovchi parallel ravishda o‘rnatilgan quyosh panellari ko‘rsatilib o‘tiladi).
Bunday samarali va tejamkor usulda elekter energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish endilikda Oliy ta’lim muassasalarida ham joriy etilmoqda. Jumladan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida elektr energiya samaradorligini oshirish va quyosh panellaridan foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kadr: (boshlovchi kadr ortida oliygohda bu borada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tadi. Ma’lumotlar ko‘rsatkichi turli harakatlanuvchi diagrammalar asosida boyitiladi).
Xususan, O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig‘ilishining 2023-yil 14-fevraldagi 3-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda quyosh panellari o‘rnatish dasturi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning may oyidan avgust oyiga qadar universitetning 2 ta o‘quv binosi, 3 ta TTJ va 2 ta sport inshootlari tom qismi, ya’ni 6 450 m/kvadart maydonga, jami quvvati 654 kvat/soat hajmdagi quyosh panellari o‘rnatish ko‘zlangan bo‘lib, ushbu maqsdalar uchun universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda xorijiy grantlar hisobidan 7 mlrd 190 mln so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
Agar raqamlarga murojaat qildigan bo‘lsak, 2022-yilda univesitetda jami 1mln 307 ming 600 kvat/soat elekter-energiyasi istemol qilingan bo‘lib, unga 793 mln 164 ming 600 so‘m mablag‘ sarflangan.
Mazkur o‘rnatiladigan quyosh panellari orqali esa nafaqat mablag‘larning tejab qolinishi balki elekter energiyaga bo‘lgan talab 100% miqdorida qoplanishiga erishish mumkin!
Bundan tashqari universitet talabalar turara joylari uchun 20 dona, suzish havzasi uchun 16 dona, xajmi 200 litr bo‘lgan quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilishi ham belgilangan. Bularga esa universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 400 mln so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zlanmoqda.

Kadr: boshlovchi kadrda ko‘ringan holda bugungi kungacha qilingan, ya’ni 9 qavatli TTjdagi jarayonlar haqida ma’lumotlar berib o‘tadi va videorolikka yakun yasaydi.
Download 17.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling