Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti 1-21-guruh talabasi Nazirqulova Guljahon


Download 0.64 Mb.
Sana10.09.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1675371
Bog'liq
Ahmedov SH

MAVZU: JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan 
  • soliqlar.
  • 2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.
  • 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i.
  • 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i.
  • 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i.
  • Bugungi kunda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish jarayonlarini o‘rganadigan bo‘lsak amaldagi soliq tizimida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ular to‘laydigan soliqlar ichida eng salmoqli o‘rinni egallaydi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga ko‘ra soliqlar va boshqa yig‘imlarni o‘z vaqtida, to‘la xajmda to‘lash fuqarolarning asosiy majburiyatlaridan ekanligi qayd etilgan. Har bir fuqaro o‘z daromadlaridan qonunda belgilangan miqdor, tartib va muddatlarda belgilangan soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lab borishlari kerakligi amaldagi Soliq kodeksi va soliq qonunchiligining boshqa me’yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi.
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari:
  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilardir.
  • Soliq solish ob’ekti.
  • Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob’ektidir:
  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
  • YAkka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.
  • Soliq solinadigan baza. 
  • Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
  • Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
  • Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
  • Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
  • 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
  • 4) boshqa daromadlar.
  • Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar. 
  • Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar (ushbu Kodeks 169-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bundan mustasno) deb e’tirof etiladi.
  • Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
  • rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlar;
  • kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
  • ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash.
  • Asosiy adabiyotlar:
  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
  • O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni.
  • Ziyo.net

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling