Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Download 15.16 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi15.16 Kb.
#1404848
Bog'liq
Lobar hisobot


O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI


1-KURS DOKTONRANTI
XUJANOVA LOBAR RAIMKULOVNANING
2023 YIL UCHUN 3 OYLIK


HISOBOTI

YANGIYER – 2023

I. Doktorantning ilmiy-tadqiqot faoliyati bo`yicha hisoboti
Doktorlik dissertatsiyasi ishi uchun ilmiy rahbar sifatida Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) Toshtemirova Saodat Abdurashidovna belgilandi. Ilmiy rahbar tavsiyasiga ko’ra “Bo`lajak tarix o`qituvchilarining didaktik kompetentligini rivojlantirish metodikasi (tarix)” mavzusi tanlanidi.
2023 yilning 4 yanvar kunlari “Bo`lajak tarix o`qituvchilarining didaktik kompetentligini rivojlantirish metodikasi (tarix)” mavzusi bo`yicha shaxsiy ish reja, nazariy metodologik dasturi tayyorlanib, tasdiqlash uchun ilmiy bo`limga topshirdim.
10-20 fevral kunlari Alisher Navoiy nomidagi respublika axborot resurs markazida bo`ldim. ARM da mamalakatimizda himoya qilingan dissertasiya va avtoreferatlar bilan tanishib, bibliografiya ucun ma`lumotlar olmoqdaman, ulardan keltirilgan dissertasiya mavzuga taalluqli bo`lgan materillarni umumiy tahlil qilmoqdaman.
Sirdaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi ta`lim tizimi va muammo va yechimlar nomli konferensiyada “Tarix darslarida va to`garak mashg`ulotlarini tashkil etishda amaliy usullardan foydalanish va uning natijalari” nomli maqola bilan ishtirok etdim.
Novosti obrazovaniya: issledovaniye v XXI veka jurnalida “Tarixiy bilimlar asosida faol fuqarolik konsepsiyasini shakllantirish metodikasi” mavzusida maqola chop etildi.
Doktorlik dissertatsiya ishi uchun rejalar, bajariladigan vazifalar, tadqiqotning maqsadi, predmeti, obyekti aniq belgilab olindi, tadqiqot ishi rejasi tuzildi. Ilmiy tadqiqot bo’yicha dissertatsiya mundarijasi tuzib chiqildi.


Pedagogika kafedrasi mudiri __________ p.f.n., dot. D.E. Toshtemirov
Ilmiy rahbar __________ p.f.f.d(PhD) S.A.Toshtemirova
Doktorant ___________ L.Xujanova
Download 15.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling