Guliston davlat universitetining "tarix" yo’nalishi 4-bosqich st-1-19 guruh talabasi o’razaliyev sardorjonning


Download 0.59 Mb.
Sana28.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1301606
Bog'liq
SARDORJON.KURS ISHI ,O\'ZBEKISTON T


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETINING “TARIX” YO’NALISHI


4-BOSQICH ST-1-19 GURUH TALABASI O’RAZALIYEV SARDORJONNING
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU;Somoniylarning davlat boshqaruvi va mudofaa tizimi Somoniylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Topshirdi ______________


Qabul qildi __________________

GULISTON-2023

REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.Somoniylarda Davlat boshqaruvi
2.Somoniylarda mudofaa tizimi
3. Somoniylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol
III. Xulosa

KIRISH
Somoniylar davlati (875-999) — Movarounnahr va Xurosondagi o'rta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog'liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o'z ichiga olganSomonilar davlati X asr o'rtalarida


Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida taxt uchun bo'lgan kurashda Ma'munga yordam berganliklari uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg'ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o'zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o'g'li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu'tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o'rtasida urush boshlanib, Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi.

Boshqaruv tizimi
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo'lgan. Narshaxiyning yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo'lgan savodli kishilardan tanlab olingan. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo'shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar hojib lavozimiga ko'tarilgan. Hojiblarning boshlig'i hojib ul-hujob yoki hojibi ul-buzruk deb yuritilgan. Bunday unvon somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblangan.
Somoniylar davrida turkiy hokimlar bir qator viloyatlarni boshqargan, 10-asr Fargʻona shaharlarida chiqarilgan tangalarda ko’plab turkiy hokimlar tilga olingan[1].
Bo'ri-tegin yoki Bo'ri - somoniylarning Turkiy zobiti boʻlib, 974/975—977 yillarda Gʻazna hokimi boʻlib xizmat qilgan. Somoniylarning yana bir sarkardasi, asli turkiy boʻlgan Sebuktegin Boʻri-teginni quvib chiqardi va 977-yilda Somoniylar amiri Nuh II tomonidan hokim etib tayinlandi..[2]
Somoniylar sarkardasi Simjur ad-Davatiy asli turkiy edi. U Ahmad ibn Ismoil qo‘l ostida xizmat qila boshladi va Sharqiy va markaziy Eronning turli hokimliklariga tayinlandi va Somoniylarning mintaqada o‘z hokimiyatini kengaytirishga yordam berdi. Uning avlodlari Simjuridlar sulolasi nomi bilan mashhur. Uning oʻgʻli Ibrohim ibn Simdjur 944/945 yilda Xurosonga hokim etib tayinlanadi. Ibrohim vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Abul-Hasan Simjuriy Xurosonga hokim etib tayinlanadi va qariyb o‘ttiz yil davomida bu lavozimda ishladi. Nuh I hokimiyatga kelishi bilan Muhammad Buxorodan oʻzi uchun kattaroq muxtoriyat olishga muvaffaq boʻldi[3].
Turk Alp-tegin asta-sekin Somoniylar qo'riqchilarning oliy boshlig'i, "hojiblar hojibi" darajasiga ko'tariladi (943-954). [4].
Somoniy sarkardalaridan biri turkiy Quttegining nomi Buxoro, Balx va Termizda chiqarilgan Somoniylar tangalarida yozilgan[5]. Somoniylarning turkiy sarkardasi Mansur ibn Qora-tegin Xurosonni boshqarar edi.
Somoniylar o„z davlatida juda yaxshi yo'lga quyilgan hukmronlik tizimini
o'rnatdilar. Davlat boshida juda katta vakolatlarga ega bo„lgan amir turar edi.
Somoniylar davlatining ma'muriy tuzlishi quyidagicha bulgan: dastavval boshqaruv
organi dargoh (oliy hukmdor saroyi) va devon (davlat idorasi)ga bo„lingan.
Mamlakatning ichki siyosatida amirning shaxsiy gvardiyasi katta rol o„ynagan. Bu
gvardiya turk g„ulomlaridan saralanib olinar, uning boshliqlari katta-katta davlat
mansablarini egallar edilar. Turk g„ulomlari bunday sharafga o„zoq yillar sadoqat
bilan xizmat qilishlari evaziga muyassar bo„lar edilar.
Turk g„ulomining xizmat pog„onasidan ko„tarilish jarayoini muarrix va davlat arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» asarida bayon etilgan. «Somoniylar davridayoq,— deb yozadi u,— shunday qoida mavjud edi. G„ulomlar mansab darajasi pog„onama-pog„ona, qilgan xizmatiga yarasha ko„tarilib borgan. Chunonchi, g„ulomni sotib olgach, u bir yil piyoda askar bo„lib xizmat qilar va zandoniy matosidan tikilgan qabo (kamzulga o„xshash ustki kiyim) kiyib saroy ahli qatorida yurar edi. Bular bir yilgacha xoh oshkora, xoh yashirincha otga mina olmas edilar. Sezib-bilib qolsalar u jazoga tortilardi. Bir yildan so„ng visoqboshi (3 g‟ulomga bosh bulgan kichik komandir) hojib (gvardiyachi rulomlarning oliy mansabi) bilan uning xususida gaplashar, hojib unga yugani bilan turk otini, shuningdek oddiy kamar berishii buyurar edi. G„ulom yana bir yil ot ustida xizmat qilgach, unga qorajur (uzun shamshir) berar edilar. Xizmatining beshinchi yilida unga eng yaxshi egar, yuldo„z -yuldo„z qilib bezatilgan yugan, doroy matosidan tikilgan qabo, cho„qmor berar edilar: chuqmorni g„ulom kamarining halqasiga ilib olar edi. Xizmatning oltinchi yilida u anvoyi kiyim-boshlar olar, yettinchi yili 16 kishi siradigan chodir hamda o„z otryadiga 3 g„ulomni olar edi va uni visoqboshi deb atardilar. U kumush bilan bezatilgan qora kigizdan tikilgan qalpoq, ganja qabosini kiyar edi. Uning mansabi, obro„si, birkitilgan g„ulomlari soni yil sayin oshib borar va u nixoyat dastlab xaylboshi (gvardiyachi rulomlarning hojibdan keyingi, ikkinchi mansabi), sungra hojib mansabiga sazovor bo„lar edi. U qanchalik obro„-e'tibor qozonmasin, qanchalik xizmat qilmasin, baribir 37 yil muddatdan keyingina uni viloyatlarga amir qilib tayinlar hamda unga yer-suv in'om etar edilar». Saroydagi eng ulug‟ mansabdor hojibi bo„z urg (ulur hojib) bo„lib, unga saroy ahliga ko„z-quloq bo„lib turish vazifasi yuklatilgan edi. Alohida xizmat ko‟rsatgan hojibi bo„z urglar ayrim tumanlarga hokim qilib tayinlanar edilar. Hojibi bo„zurgdan keyin sohib haras (saroy soqchilari boshlig„i) turgan. Bu mansab ummaviylar va abbosiylar davrida ham mavjud edi. U oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi shaxs bo„lgan. Bu haqida Nizomulmulk bunday deb yozadi: «Amiri haras mansabi hamma vaqt muhim mansablardan biri bo„lgan. Albatta, ulur hojib mansabi bundan mustasno. Amiri haras oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi bo„lganligi sababli, odamlar undan hukmrondan ko„ra ham ko‟proq qo„rqar edilar». So„ngra Nizomulmulk xalifa al-Ma'mun tili bilan bunday deydi: «Mening ikki amir harasim bor. Ularning har ikkisi erta tongdan to qopong„u tushganga qadar odam boshini tanasidan judo qilish bilan band, jinoyatchilarning oyoq-qo„llarini chopib
tashlaydilar, cho„qmor bilan urib zindonga tashlaydilar». Dargohning xo„jalik ishlari bilan vakil shug„ullangan. «Hamma vaqt bu ish tepasida,— deb ta'kidlaydi Nizomulmulk,— mashhur va ishonchli odam turgan Shoh oshxonasidan tortib, to may omborlari va podshoh otxonasidan doimo ogoh bo„lib, hukmdorniig saroyi, bola-chaqasi, shuningdek saroyga ta'lluqli kishilardan ko„z-quloq, bo„lib turuvchi shaxs; har oyda, balki deyarli har kuni, oliy hukmdorning kengashlarida ishtirok etgan, u bilan muloqotda bo„lgan va zarur paytda saroyga zudlik bilan yetib kelib, oliy maqomga zz fikrlarini izhor etgan hamda mamlakatda ro„y berayotgan voqyealardan uni xabardor qilgan». Keyingi o„rinda xojayi bo„zurg (ulug„ xoja) mansabidagi shaxs turgan. Xojayi bo„z urg saroy byurokratik apparatining boshida turgan. Bulardan tashqari, dargohda har xil xizmatkorlar, masalan, eshik oga, dasturxonchi kabi kichik mansabdorlar ham bulgan. Byurokratik apparat Buxoro registoni atrofida joylashgan o„nta devon tomonidan boshqarib turilgan. Narshaxiyning ta'kidlashicha, ular quyidagilar: devoni vazir (ulur vazir devoni), devoni mustavfiy (moliya ishlari devoni), keyingi vaqtlarda devoni rasoil yoki devoni insho deb atalgan devoni amir al-mulk (davlat tayanchi devoni), devoni sohib shurat (amir gvardiyasi boshlig„i devoni), devoni sohib barid (aloha xizmati devoni), devoni mushrif (amir nazoratchisi devoni), devoni addiyya (amirning shaxsiy mulklarini idora qiluvchi devon), devoni muxtasib (ko„cha va jamoa joylaridagi tartibotni tekshirib turuvchi devon), devoni vaqf, devoni qo„z zot (qozilar devoni). Shunga muvofiq mustavofiy, xojayi omid, sohib shurat, mushrif, muxtasib, qozi al-qo„z zot va boshqa mansablar bo„lgan.[4 ]Joylarda hokimiyat sipoqsolar (katta mulklarda) va hokimlar (mayda ma'muriy idoralarda) qo„lida bo„lgan. Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi, avvalambor, markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog„liq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar o„z ta sarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham davlat ma'muriyatini tashkil etadilar. U podsho dargohi va devonlar — markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir harami va qarorgohi hamda saroy a'yonlariyu navkar va xizmatkorlarining turarjoylari bo„lar edi. Narshaxiyning ma'lumoti bo„yicha, Somoniylar davlati asosan devoni vazir, mustavfiy, amidal-mulk, sohibi shurat, sohibi muayyid, mushrif, mumallikayi xos, muhtasib, avqof va qazo nomlari bilan yuritiladigan 10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma'muriy, siyosiy va xo„jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi.
Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Mustavfiy devoni xazina (moliya) kirim-chiqimlar; amidal-mulk — davlat hujjatlari va elchilik aloqalari; sohibi shurat — soqchiboshi, ya'ni harbiy, xususan, amirning muntazam turkiy saroy nav-karlari, uning ta'minoti; sohibi muayyid — maktubot va axborot, ya'ni pochta; mushrif — saroy ish boshqaruvchisi; mumallikayi xos — davlat mulklari; muhtasib — bozorlardagi toshu tarozular, narx-navo hamda fuqarolarning mafkurasi; qazo — adliya; avqof - masjid va madrasalarning vaqf xo„jaliklari bilan shug„ullanar edi. Nasr ibn Ahmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoda joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo„libgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo„lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan bir muncha xabardor bo„lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu o„rta asrlarning o„ziga xos amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy an'analarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo„lgan. Viloyatlarda, maktubot va axborot (pochta) devonidan tashqari, barcha devonlarning vakillari bo„lgan. Viloyat devonlari, bir tomondan, mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa markaziy mahkamaning tegishli devonlariga bo„ysunar edilar. Viloyat hokimlari ba'zan vazir deb yuritilardi. Ular sulolaviy xonadonga tegishli amirzodalar yoki sobiq mahalliy hukmdorlar hamda zodagon dehqonlardan tayin etilardi. Bulardan tashqari, har bir shaharda rais — shahar boshlig„i hamda muhtasib — nazoratchisi bo„lardi. Ularni hokimning bevosita o„zi mahalliy aslzodalar yoki ko„pincha oliy tabaqa ruhoniylarning nufuzli vakillaridan tayinlar edi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromad-buromadi (byudjeti) ning deyarli yarmi sarf etilardi. Shu bilan birga IX-X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulklar «ikto», unga ega bo„lgan mulkdorlar «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha, rustoq (tuman) yoki shaharlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar; sulola a'zolari — amir-zodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan-naslga o„tkazilmagan. Iqtodorlar hadyaga berilgan mulklarga hali to„la egalik qila olmaganlar. Ular iqto yerlaridai tushadigan
daromad yoki uning ma'lum qisminigina yig„ib olish huquqiga ega bo„lganlar xolos. Butun bir viloyat iqto qilib berilgan noib-vazirga ba'zan o„z nomi bilan chaqa-pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu, shubhasiz, o„z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib kelar edi. Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo„ldi. Shu boisdan ularning obro„si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko„plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome' maejidi, xonaqoh (g„aribxona) va namozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari o„kiladigan sajdagoh)lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri Buxoro shahrida qad qo„yardi. Buxoroning qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat ma'naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» nomi bilan yanada ulug„lanadi. Ustoddan keyin «xatib»lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa, xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajati uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-vaqf xo„jaligi tarkib topadi. Masalan, Narshaxiyning yozishicha, Afshona qishlog„ining ekin yerlari atrofidagi yaylovli biyobonlar Ismoil Somoniy tomonidan Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beriladi. Shuningdek, amir Registon maydoniga tutashgan va Dashtak deb shuhrat topgan keng qamishzor yerlarni Hasan ibn Muhammad Tolut ismli mulqdor arab lashkarboshidan 10 ming dirhamga sotib olib, Buxoro shahrining jome' masjidi vaqfiga qo„shib beradi. Bunday misollarni ko„plab keltirish mumkin. Lekin nima sababdan va qanday yo„l bilan masjid va madrasalar tasarrufida katta-katta yer va mulklar to„planishi hamda vaqf xo„jaligining tarkib topishi to„g„risida umumiy tushunchaga ega bo„lish uchun keltirilgan misollarning o„zi ham kifoya qiladi.
Somoniylar mudofaa tizimi
Somoniylar tashqi va ichki dushman xurujlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta e'tibor beradilar. Xususan, Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo„shinlar va maxsus muntazam saroy soqchi navkarlar sho„ratini tuzadi. Muntazam soqchilar oliy dargoh va shaxsan amirni hamda uning haramini qo„riqlash uchun turk g„ulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk o„smirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan bo„lsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy sho„rati safiga tortgan edilar. Saroy sho„ratiga qabul qilingan o„spirin turk g„ulomining harbiy xizmati ma'lum muddatda va qat'iy belgilangan tartibda o„tar edi. Xizmatning birinchi yili bo„zdan kiyim kiygan piyoda, ikkinchi yili yuganlangan otliq askar xizmatini bajarar edi. Uchinchi yili beliga qora cho„rin kamar bog„lanib, beshinchi yilga borganda u yaxshi kiyim-kechak va yulduzli yuganni olishga muyassar bo„ladi. Agarda xizmat davrida g„ulom nojo„ya harakatlar qilmagan bo„lsa, yettinchi yili unga «visoqboshi», ya'ni «chodir boshlig„i» degan unvon berilar edi va o„zi bilan qo„shib hisoblaganda 4 nafar askarga u boshliq bo„lardi. „bunday unvonga erishgan g„ulom kumush ip bilan tikilga‟'qora rangli bosma namat qalpoq va qimmatbaho ganjaviy etik kiyib yurardi. G„ulomlar orasida eng qobiliyatli va uzoq yillar xizmat qilgan ayrim navkarlar «haylboshi», ya'ni otliq qo„shin boshlig„i, so„ngra esa «hojib» degan lavozimga ko„tarilar edi. Hojiblarning boshlig„i «hojib ul xujob» yoki «hojib ul buzruk» deb yuritilgan. Bunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanar edi. Hojiblar, ayniqsa, hojib ul xujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Shu bilan birga u butun turk hojiblarining boshlig„i hisoblanar edi. Somoniylar muntazam soqchi qo„shinidan tashqari, ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo„shinlarga ham ega edilar. Harbiy qo„shinlar va ularning ta'minoti bilan «ariz» boshliq «devoni ariz» deb atalgan maxsus mahkama shug„ullanar edi. Ariz qo„shinlarga maosh berar, uning intizomi, yarog„-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi bilan shug„ullanar edi. Qo„shinlarga xizmat haqi har 3 oyda, ya'ni yiliga 4 marta to’lanar edi.

Somoniylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol
Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va
h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom
Choʻbin (6-a.) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning
Somoniylar davlati
Poytaxti Samarqand, Buxoro
Til(lar)i Fors
Dini Islom
Maydoni 2,850,000 km²
kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib
(590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va
turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan.
Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb
hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo
kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining
(Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga
sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot)
turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida
tilga olingan.
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim
maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn
Abdulloh lQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan
dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida
dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining
ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va
Ilyos ismli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va
Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga
alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.).
Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo —
Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib t`ayinlanadi. Ular
dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch
toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan,
shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan.
Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday
qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning
katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz
hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi
yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli
boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy
shaharlarida hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar
qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot
shahrida ham hokimiyat S.ning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati
tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va
tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn
Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn
Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib,
ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Shovgʻar
shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning
hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa
alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.).
Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi
koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr
magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz
qoʻliga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va
natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida
Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va
viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. S.ning kuchayib
borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib,
oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr
qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir
necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada
safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi.
Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan
Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn
Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi:
Ahmad ibn Ismoil (907—914 yillar), Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar), Nuh
ibn Nasr (943-954 yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 yillar), Mansur ibn
Abdulmalik (961—976 yillar), Nuh ibn Mansur (976—997 yillar), Mansur ibn
Nuh (997—999 yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 yillar). Shundan
keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, S.
hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000—1005
yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini
tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan S.
sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.
Maʼmuriy boshqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir
deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy
boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar,
Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy
va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari
10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta
bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar,
aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va
fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan
xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb
atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa
sipoxsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib
kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln.
dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv
tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan.
Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta
muntazam ravishda berib turilgan.
X-asr boshida S. hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan
tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob,
Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston,
Guzganon, Gʻarchiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon.
Viloyatlarda boshqaruv gʻokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan
tayinlangan. Bu mansabga koʻpincha mahalliy yer egalari va viloyat
hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar
qoʻlida boʻlib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi
davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda
simjuriylar sulolasi, Guzganonda farigʻuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda
mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chagʻoniyon, Gʻazna, Sijiston, Gʻur va
Gʻarchistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.
S.ning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar,
qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi
shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari toʻla turkiylarning
qoʻlida boʻlgan. 10-a. ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy
aholisi koʻplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli S.ning boshqaruv
tizimida ularning salmogʻi oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp
Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur,
Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular
jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu,
Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin,
Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytugʻdibek, Bilgategin,
Fategin, Shukrtegin, Aytugʻmish va boshqa gʻukmdorlar boshqargan.
Hokimiyat S. qoʻlidan ketib, qoraxoniylar qoʻliga oʻtgandan keyin
ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga oʻtishgan.
Shuning uchun Bugʻroxon 992 yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va
Buxoroni egallaganda, unga hech kim qarshilik koʻ)|satmagan. Chunki
mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning
arablargacha boʻlgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, oʻz
yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar.
Shunday qilib, S boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda
tuzilgan boʻlib, oʻzida davlatchilikning oʻsha davrda eng ilgʻor anʼanalarini
mujassamlashtirgan. Lekin qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini
teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Chunki u davrda, yaʼni 9— 10-a.larda, Abbosiylar xalifaligida markaziy
hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli
mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu
jumladan, S. ham, rasman boʻlsada, Bagʻdod xalifalariga boʻysungan edilar.
Ular faqat maʼmuriy boshqaruvda va xoʻjalik ishlarini yuritishda xalifalar
tomonidan berilgan keng huquklar va oʻzini oʻzi boshqarish vakolatlariga
ega boʻlganlar. Shariat nuqtai nazaridan gʻam, xalqaro huquq nuqtai
nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr maʼmuriy jihatdan Abbosiylar
xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning shu viloyatlardagi
hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak,
S.ning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xalifaligining
tarkibida Bagʻdoddan tayinlangan va nisbatan mustaqil ichki siyosat olib
borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi
mumkin.
Madaniyati. S. boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik
va iqtisodiy koʻtarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro,
Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy
markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Forsiydariyda nazm, nasr va ilmiy
asarlar yozila boshlandi. 9—10-a. larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy
jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qoʻlyozma
kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi.
Movarounnahrda meʼmorlik va sanʼat yangi taraqqiyot bosqichiga
oʻtdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Oʻzgan va Marv
kabi shaharlarda koʻplab saroy, masjid, Madrasa, minora, xonaqoh,
maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi.
Somoniylar davlatining vujudga kelishi
Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Fargʻona, Toshkent va
Ustrushona viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy
hayotida ham asta-sekin birmuncha oʻzgarisÛar yuz beradi. Yurtga awal
Nuh, soʻngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri oʻz hukmronligi davrida oʻz
nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar.
Ahmad vafotidan (865-yil) keyin uning oʻgʻli Nasr Samarqandni
markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chagʻonrud
(Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini
birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini koʻradi. Tohiriylar
davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay
sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto
saforiylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga
murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan
Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini
Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat
bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi.
Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli
barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga oʻtib, u oʻz mustaqilligini tiklab oladi.
Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr oʻzini butun Movarounnahrning boshlig'i
deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va
Fargʻona hokimi Asadlar oʻz nomlari bilan chaqa pul zarb etib
oʻzboshimchalik qilsalar ham, ammo u somoniylar hukmronligi tarixida
birinchi boʻlib kumush dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat
mustaqilliginmg ramzi hisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida
faqat tohiriylargina bunday dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar.
Shunday boʻlsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi.
Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora
qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi
soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida
adovat paydo boʻladi. U 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Nasr
qoʻshinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil butun
Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi.
Ismoil Somoniy
Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda
zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam
feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab,
uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini
ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar
tortdi. 8933-yilda Taraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba
berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta
yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga
boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi
boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz
qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va
mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan
boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab
turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy
hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir
Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman,
Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar
davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil
undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir
tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu
boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki
davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada,
oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular oʻrtasida boshlanib
ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar
qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan
olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday
qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos
boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat
qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi
va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan
zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Bu davlatni
somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha
idora qiladilar.
Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi awalambor
markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bogʻliq edi. Buni
yaxshigina anglagan somoniylar oʻz tasarrufidagi ulkan mamlakatni
boshqarishda dastawal ixcham davlat maʼmuriyatini tashkil etdilar. U podsho
dargohi va devonlar — markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir
xarami va qarorgohi hamda saroy aʼyonlari, navkar va xizmatkorlarining turar
joylari boʻlardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar davlati asosan vazir,
mustavfiy, amidul mulk, sohibi shurat kabi oʻnta devonlar boshqaruvida idora
etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va
davlatning maʼmuriy, siyosiy va xoʻjalik tartiboti uning bevosita nazorati
ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II
(914—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri
qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu
maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli,
ruhoniy va zodagon dehqonlardan boʻlibgina qolmasdan, shu bilan birga
muayyan bilimlarga ega boʻlishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini
puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi
biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor boʻlgan savodli asilzodalardan
tanlab olingan. Shubhasiz, bu oʻrta asrlarnmg oʻziga xos feodal-amaldorlik
madaniyati edi. Qadimiy anʼanalarga asoslangan bu madaniyat somoniylar
davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi
mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada boʻlgan. Viloyatlarda barcha
devonlarning vakillari boʻlgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy
hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga
boʻysunar edilar. Viloyat hokimlari baʼzan vazir deb yuritilardi.
Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromadi (budjeti) ning
deyarli yarmi sarf etilar edi. Shu bilan birga X asrlarda yirik
mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat kattakatta mulklar inʼom qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi.
Bunday mulkka „iqtoʻ“, unga ega boʻlgan mulkdorlar „muqtoʻ“ yoki „iqto 'dor“
deb yuritilardi. Iqtoʻ tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va
tumanlar hadya etilgan. Iqtoʻ dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar:
sulolaʼ aʼzolari—amirzodalar va yirik mansabdorlarga inʼom etilgan. Iqtoʻ
mulklari awalda bir umrga emas, balki maʼlum muddatga berilib, nasldannaslga oʻtkazilmagan. Iqtoʻdorlar hadyaga berilgan mulklarga hali toʻla egalik
qila olmaganlar. Ular iqtoʻ yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum
qisminigina yigʻib olish huquqiga ega boʻlganlar, xolos. Butun bir viloyat iqtoʻ
qilib berilgan noib — vazirga baʼzan oʻz nomi bilan chaqa pul zarb etish
huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, 0’z navbatida markaziy hokimiyatni
kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining
kuchayishiga olib edi.
Somoniylar va islom dini
Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror
topishi va uning ravnaqida islom dini mhoniylarimng hissasi katta boʻldi. Shu
boisdan ularning obroʻsi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng
nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu
jumladan jomeʼ masjid, xonaqo (gʻaribxona) va nomozgoh (iydi ramazon va
iydi qurbon ibodatlari oʻqiladigan sajdagoh) lar bino qilindi. Xuddi shu davrda
musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh madrasalardan bin Buxoro shahrida qad
koʻtardi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur
mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat maʼnaviy
hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda „ustod“ deb
atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark
etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi „shayxulislom“ nomi
bilan yanada ulugʻlandi. Ustoddan keyin „xdtib“ lar turardi. Somoniylar islom
mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa va
xonaqolar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun
katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi
yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-feodal xoʻjaligi tarkib topadi.
Somoniylar davlatida mudofaa ishlari
Somoniylar tashqi va ichki dushman xurajlaridan mamlakatni
muhofaza qilish masalasiga katta eʼtibor beradilar, Xususan Ismoil Somoniy
yaxshi qurollangan harbiy qoʻshkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar
qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan armrni hamda
uning xaramini qoʻriqlash uchun turk gʻulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va
Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk oʻsmirlarini qadimdan
doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan boʻlsa ham, ammo faqat
somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy
sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy sarbozlariga qabul qilingan oʻspirin
turk gʻulomining harbiy xizmati maʼlum muddatga va qatʼiy belgilangan
tartibda oʻtar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar „hojib“ lavozimiga
koʻtarilg Hojiblarning boshligʻi „hojibul hujob“ yoki „hojibul buzruk“ deb
yuritilar edi. Sunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon
hisoblanardi. Hojiblar, ayniqsa hojib-ul hujob saroyda katta nufuzga ega edi.
U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar
sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qoʻshinlarga ega
edilar. Harbiy qoʻshin va uning taʼminoti bilan „ariz“ boshliq devoni ariz deb
atalgan maxsus mahkama shugʻullanar edi. Ariz qoʻshinlarga maosh berar,
uning intizomi, yarogʻ-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi
taminoti bilan shugʻullanar edi. Qoʻshinlarga xizmat haqi har uch oyda, yaʼni
yiliga toʻrt marta toʻlanar edi.
Shunday qilib, IX—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda
Somoniylar davlati tashkil topdi. Oʻrta asrlar mulkchilik zamonining bu yirik
davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat
boshqaruvi anʼanalariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy
qoʻshinlarga ega boʻlgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil
qildi. Oʻrta asrlarning bu yirik davlati oʻzining boshqaruv tizimi jihatidan
shubhasiz Oʻrta Osiyoda yirik mulkdorlar davlatchiligining shakllanishi va
taraqqiyoti tarixini oʻrganishda alohida ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytamanki, O’zbekiston tarixida Somoniylar
davlatining o’rni beqiyos bo’lib bu davlatga asos solgan Ismoil Somoniydir.
U o’rta asrlarning qobiliyatli, shijoatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko
tajribalari davlat arbobi edi. So’zimning isboti mamlakatni boshqarishda
birinchi qilgan ishi mamlakat tinchligi edi, ya’ni mamlakatga xavf solib
turgan ko’chmanchi qipchoqlardan hududni tozaladi. Va Ismoil o’zini “men
tirik ekanman, Buxoro devori menman “ degan gaplari so’zimning isboti. U
Movarounnahr tarixida 1-bo’lib markazlashgan davlatga asos solgan. Uning
davrida islom dini ham rivoj topdi.
Somoniylar davridan boshlab islom dini bilan shug’ullanuvchi ustod
atamasi shayxulislom nomi bilan almashtirilgan.Mudofaa ishlari,qishloq
xo’jaligi ishlari,chorvachilik va hunarmandchilik keng rivoj topdi.Bu davrdan
boshlab yer egaligining yangi turi ya’ni “iqto’” yerlar berila boshladi,bu yerlar
davlat ishlari uchun ba’zi kishilarga beriladigan sovg’a yerlar hisoblanib ,u
merosiy emas edi va bu unvon sohiblari davlatga soliq to’lar edilar.
Keyinchalik Qoraxoniylar davriga kelganda esa bunday iqto’ yerlar maydoni
kengaya bordi va merosiy mulkka ayala boshladi. Yer egaligining
shakllaridan biriga aylana bordi. Ichki va tashqi savdoda ham rivojlanish
sodir bo’ldi. 4 xil tanga pullar zarb qilina boshladi. Bu davrdan boshlab
tashqi savdoda “sarroflik cheklari” ishlatila boshlangan. Somoniylar
hayotida 900-yillardan keyingi davr siyosiy vaziyat keskinlashuvi davri
hisoblanib, 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g’alayoni ko’tariladi.
Natijada, Somoniylar davlati nihoyatda zaiflashib qoladi.
Bugungi kunda mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan buyon esa biz yoshlar
uchun katta sharoitlar yaratilmoqda. Bizning bosh maqsadimiz mana shu
yaratuvchanlik g’oyalariga sodiq bo’lish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA ILMIY-MA’RIFIY SAYTLAR:


I.A.Karimov.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.”Sharq”.1998.
Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar anNarshaxiy, Buxoro tarixi [fors tilidan
A. Rasulev tarjimasi], T., 1991; Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii,
M., 1971; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda
i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T.,
1996; Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov (Maverannaxr i Xorasan
v IX —X vv.), Dushanbe, 1977; Karayev O., Istoriya Karaxanidskogo
kaganata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983.
A.Muhammadjonov. O’zbekiston tarixi.Toshkent.”A.Qodiriy”.2003 .
A.Muhammadjonov.O’zbekiston tarixi. T.”Sharq”.2009
B.Ahmedov.O’zbekiston tarixidan
manbaalar.Toshkent.”O’qituvchi”.1991.
Azamat Ziyo.O’zbekiston davlatchiligi tarixi.Toshkent.”Sharq”.2003 yil.
Nizomulmulk. “Siyosatnoma”. Toshkent. “Adolat”-1997
E.V Rtvelatze, A.X Saidov, Abdullayev. Qadimgi O‟zbekiston sivilizatsiyasi:
Davlatchilik va huquq tarixidan lavxalar. Toshkent. “Adolat”- 2001
. O‟zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. O‟zMU nashriyoti-2000-2001
A.Sagdullayev O‟ Mavlonov. O‟zbekistonda davlat boshqaruv tarixi. Toshkent.
Akademiya-2006
O‟zbekiston Tarixi ( qisqacha ma‟lumotnoma). Toshkent. Sharq- 2000
O‟sarov Umidjon Abdumavlonovich. Somoniylar davlatining O‟rta Osiyoda
tarixida tutgan o‟rni. Bitiruv malakaviy ishi.Toshkent-2013
Abu Bakr ibn Jafar Narshaxiy. Buxoro Tarixi T. “Kamalak” 1995
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling