Guruh fish 610-18


Download 25.09 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi25.09 Kb.
#163749
Bog'liq
21-laboratoriya



Guruh

FISH

610-18

G’aniyev Sanjar

LABORATORIYA ISHI - 21



Mavzu: Xisoblagichlar. Xisoblagich turlari, ishlash asoslari va qo'llash soxalari.

Ishning maqsadi: Xissoblagich, ketma-ketli xisoblagichlar, ayiruvchi xisoblagichlar, ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo'lgan ketma-ketlixisoblagichlar, reversivxisoblagichlar, parallel xisoblagichlarnio'rganib chiqish.

Kalit so’zlar: Xissoblagich, ketma-ketli xisoblagichlar, ayiruvchi xisoblagichlar, ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo'lgan ketma-ketlixisoblagichlar, reversivxisoblagichlar, parallel xisoblagichlar.

Bir necha triggerli chastotani, ikkiga bo'lish sxemalarini ketma-ket ulab,

Ikkilik ma’lumotlarni nafaqat saqlash, balki chastotani bo'lish va uning kirishiga kelayotgan impulslarni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslarni xisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma xisoblagich deb, agar chastota bo'lishlarini xisoblasa chastota bo'luvchi deb ataladi. Xisob natijalari xisoblagich chiqishida ikkilik son ko'ri- nishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin.

Xisoblagichlar va chastota bo'luvchilari EXM va boshqa raqamli avtomat qurilmalari, xamda aloqa va nazorat-o'lchov apparaturasida xisob-kitob amallarini boshqarishda keng qo'llaniladi.

Xisoblagichning asosiy statik parametri bo'lib, Sanoq moduli xisoblanadi. U xisobning boyish koeffitsienti va xisoblagich tomonidan o'qilishi mumkin bo'lgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. Kta impuls kelgach, xisoblagich dastlabki xolatiga qaytadi. K— 2" ga teng bo'lib, n - xisoblagichning ikkilik razryadlari sonini bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga ko'ra, xisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2 ning to'liq darajasiga teng bo'lgan) va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2 ning to'liq darajasiga teng bo'lmagan ixtiyoriy sonni qabul qilishi mumkin bo'lgan) turlarga bo'linadi.

Xisoblagichning asosiy dinamik parametribo'lib, 1k chiqish kodining o'rnatilish vaqtixisoblanadi. Bu kattalik kirish signali berilgan vaqt momentidan chiqishda yangi kod xosil boiish vaqt momenti oralig'iga teng. тК xisoblagich tezkorligini ifodalaydi.

XissoblagichlarT, D va JK- triggerlar asosida tuziladi. Talab etilgan

xollarda razryadlararo va teskari mantiqiy bog'lanishlarda MElar qo'llash mumkin. Talab etilgan elementlar sonini minimallash uchun to'rtrazryadli xisoblagich sxemalari ikkilik va o'nlik variantlarda ishlab chiqariladi.



Ketma-ketli xisoblagichlar. Soddalik uchun statik boshqaruvli uchta triggerdan tashkil topgan jamlovchi xisoblagich ishini ko'rib chiqamiz. Bunday xisoblagichning o'tishlar jadvali 1.1-jadvalda, uning funksional sxemasi esa 1.1-rasmda keltirilgan. Odatda, triggerlar, demak xisob¬lagichlar xam, qo'shimcha xisoblagich chiqishlarida oldindan belgilangan sonni o'rnatuvchi So'rnatish kirishiga yoki xisoblagichni dastlabki xolatiga qaytaruvchi signal beruvchi R olib tashlash kirishlariga ega.

1.1-jadval

Jamlovchi xisoblagichning xolatlar jadvali

м

Q3

Q2

Q1

0

0

0

0

1

0

0

1

2

0

1

0

3

0

1

1

4

1

0

0

5

1

0

1

6

1

1

0

7

1

1

1

8

0

0

0

Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q3=Q2=Q1=0) bo'lgan dastlabki xolatga keltiriladi. Buning uchun xisoblagich sxemasida R kirishlari o'rnatilgan bo'lib, ular «0 ni o'rnatish» umumiy shinasiga ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beriladi. Maolumotlari ketma-ket uzatuvchi xisoblagichlarda sanoq impulslari triggerning birinchi razryad kirishiga beriladi. Bu Skirish. Keyingi keluvchi xar bir razryad uchun qayta ulanish signallari avvalgi razryadning invers chiqishidan uzatiladi, ya`ni xisoblagich razryadlari ketma- ket qayta ulanadi. Triggerning invers chiqishlari ishlatilmaydi, So'rnatish kirishlarida esa mantiqiy 0 potensiali mavjud bo'ladi. Bu yerda m — sanoq boshidan berilayotgan kirish impulsi raqami.

Xisoblagich ishini 1.1-jadvalga asosan taxlil qilamiz. Ko'p razryadli ikkilik sonning kichik razryadiga mos keluvchi Q1 o'z xolatini xar sanoq impulsi kelishi bilan; Q2 xar ikkinchi impuls kelishi bilan, Q3 esa xar to'rtinchi impuls kelishi bilan o'zgartiradi. Uch razryadli xisoblagich impulslarining maksimal soni 7 ga teng. Sakkizinchi impuls kelganda xisoblagich 0 ga o'tadi va xisobni yangidan boshlaydi. Agar xisoblagich chiqishilarida Q3= 1, Q2=0, Q1 kombinatsiya yoki 101 ikkilik uch razryadli son mavjud bo'lsa, bu xisoblagichga beshinchi impuls kelganini anglatadi.

Ayiruvchi xisoblagichlar. Ketma-ketli ayiruvchi xisoblagichlar a navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan xisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu xisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli xisoblagichda Q1=Q2=Q3=1) yoziladi, keyin xar yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi

1.1-rasmda keltirilgan xisoblagich ayiruvchi bo'lib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishini o'zidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa birorboshlang'ich sonni o'rnatish uchun ishlatish kerak.

Ayiruvchi xisoblagichning xolatlar jadvali

1.2- jadval


М

Q3

Q2

Q1

0

1

1

1

1

1

1

0

2

1

0

1

3

1

0

0

4

0

1

1

5

0

1

0

6

0

0

1

7

0

0

0

8

1

1

1

Agar trigger 1.2-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi xisoblagich sxemasini tuzishda keyingi keluvchi trigger kirishi avvalgi triggerning to'g'ri (noinvers) chiqishi bilan ulanadi.



Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo'lgan ketma-ketli xisoblagichlar.

Umuman olganda, К≠2n bo'lgan xisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik xisoblagich sxemasiga ortiqcha xolatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng bo'lgan xisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik xisoblagichni (К= 22=4) qo'llash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng bolgan bitta ortiqcha xolatni (К= 22­­ - 1 = 3) bartaraf etish mumkin, yaoni triggerlar to'rtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga o'tishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay xisoblanadi. Ikkita JK- triggerida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng bo'lgan xisoblagich sxemasi 1.3-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli xisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy Ksonini xosil qilish mumkin.



Amaliy qism:

D-triggerlar asosida ikki bitli umumlashtirilgan xisoblagichni modellashtirilganligining Workbench dasturidagi ko’rinishi:



XULOSA:

Biz bu labaratoriya ishini bajarish jarayonida xisoblagich turlari va ularning ishlash va qo’llash asoslari haqida o’rgandik. Qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslari xisoblashni amalga oshirsa , bu qurilma xisoblagich deb , agar chastota bo’lishlarini hisoblasa chastota bo’luvchi deb ataladi. Xisob natijalari xisoblagich chiqishida ikkilik son ko'rinishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin. Xisoblagichlar va chastota bo'luvchilari EXM va boshqa raqamli avtomat qurilmalari, xamda aloqa va nazorat-o'lchov apparaturasida xisob-kitob amallarini boshqarishda keng qo'llaniladi. Xisoblagichning asosiy statik parametri bo'lib, Sanoq moduli xisoblanadi. U xisobning boyish koeffitsienti va xisoblagich tomonidan o'qilishi mumkin bo'lgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. Xisoblagichlarning har xil turlari mavjud bo’lib Ketma-ket hisoblagichlar- Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q3=Q2=Q1=0) bo'lgan dastlabki xolatga keltiriladi. Buning uchun xisoblagich sxemasida R kirishlari o'rnatilgan bo'lib, ular «0 ni o'rnatish» umumiy shinasiga ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beriladi. Maolumotlari ketma-ket uzatuvchi xisoblagichlarda sanoq impulslari triggerning birinchi razryad kirishiga beriladi. Bu Skirish. Keyingi keluvchi xar bir razryad uchun qayta ulanish signallari avvalgi razryadning invers chiqishidan uzatiladi, ya`ni xisoblagich razryadlari ketma- ket qayta ulanadi.Ayiruvchi hisoblagichlar- Ketma-ketli ayiruvchi xisoblagichlar a navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan xisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu xisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli xisoblagichda Q1=Q2=Q3=1) yoziladi, keyin xar yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi.Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo’lgan ketma-ketli hisoblagichlar- К≠2N bo'lgan xisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik xisoblagich sxemasiga ortiqcha xolatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi.
Download 25.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling