Guruh rahbarining sinfdan tashqarida o'tkaziladigan ish shakllari


Download 423.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.10.2023
Hajmi423.98 Kb.
#1693372
  1   2   3   4
Bog'liq
guruh-rahbarining-sinfdan-tashqarida-otkaziladigan-ish-shakllari



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 267
GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARIDA O'TKAZILADIGAN ISH 
SHAKLLARI
Manzura Murodjon qizi Mansurova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 
talabasi
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada "Guruh rahbari kim? U qanda vazifalar olib borishi va sinfdan 
tashqari faoliyatlar shakllari yoritib berilgan. 
Tayanch so'zlar. Guruh rahbari, yaratuvchanlik,motivator, maslahatchi, qiziqtira 
olishlilik. 
Guruh rahbari maktabda va keng jamoatchilik orasida sinf o`quvchilarining (ota-
onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Ta'lim 
muhitida o'qituvchining ro'li juda xilma-xildir.Sinfda u o'qituvchi tanqidchi, 
intizomchi, motivator, namuna va maslahatchi bo'la olishi kerak. Shu tufayli, 
o'qituvchining ishi sinfdan tashqari boshqa ro'llarni ham qamrab olishi shubxasiz. 
Ko'plab guruh rahbarlari yaxshi munosabat o'rnatish uchun yoki boshqa bir sabablarga 
ko'ra sinfdan tashqari ish faoliyatlarini ham olib borishni o'z zimmalariga oladilar. Sinf 
rahbarining o'quv muhitidan tashqaridagi ro'llariga quyidagilar kiradi: murabbiy, tadbir-
bayramlar homiysi, repititor va maslahatchi. 
O'qituvchi maslahatchi sifatida. Ko'plab maktablarda o'quvchilarning maktabdagi 
muvaffaqiyatiga ta'sir qiladigan o'quvdan tashqari muammolarni hal qilish uchun 
maslahatchilar ishlashi mumkin. Biroq sinf rahbarlar o'z talabalariga maslahatchi bo'lib 
xizmat qiladilar. Negaki, o'quvchi maktab maslahatchisidan ko'ra, allaqachon yaqin 
munosabat o'rnatgan sinf rahbariga muammo va holatini tushuntirishni afzal ko'radi. 
Deyarli har kuni o'quvchilar bilan muloqotda bo'lganligi sababli, ularning 
muammolarini eng avvalo ilar tushunib yetadilar, muqobil yechim topa oladilar. Ayrim 
maktablarda sinf rahbar bir vaqtning o'zida repetitor sifatida ish olib boradi. Hatto uzoq 
yerda joylashgan kichik maktablarga ham e'tibor kuchayganligi sababli, darsdan so'ng 
repititorlik qilishlariga imkon yaratildi. Maktabdan tashqari repititorlik qilish 
o'quvchilarning muvaffaqiyatlariga erishish ehtimolini oshiradi. 
Aksariyat o'qituvchilar o'zlarining kundalik o'qituvchilik vazifalari bilan juda band. 
Bularga sinfdan tashqari qo'shimcha ish shakllari qo'shilsa, mas'uliyat bilan yondashib 
ishga to'lib toshgan kunlarini yakunlaydilar.
Ta'lim tarbiya va uning natijalari uning qay darajada tashkil etilganligi va uning 
oxiri qanday samara bilan tugashiga bog'liq. Bu bog'liqlik esa guruh rahbarining qay 
darajada ish faoliyatini olib borayotganiga bog'liq. Bilamizki, guruh rahbarlar har kuni 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 423.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling