Guruh talabasi Zaripov Shohruhning Kompyuterni tashkillashtirish fanidan tayyorlagan hisoboti. Mavzu: Kiritish-chiqarish jarayonlarini amalga oshirish


Download 0.85 Mb.
Sana06.06.2020
Hajmi0.85 Mb.

941-18 guruh talabasi

Zaripov Shohruhning

Kompyuterni tashkillashtirish

fanidan tayyorlagan

HISOBOTI.

Mavzu: Kiritish-chiqarish jarayonlarini amalga oshirish

Men Kiritish-chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni,Kiritish-chiqarish tizimlarining manzil maydonlari. Kiritish-chiqarish modullari. Kiritish-chiqarishni boshqarish metodlari”to’g’risida bir qancha ma’lumotlarni bildim va youtube orqali videolarni tushunib tamosha qildim.So’ng bular orqali xisobot tayyorladim.



Top of Form





Slayd

Kompyuterga kiritish/chiqarish qurilmalarini ulashning eng oddiy usuli shina orqali ulanish bo’lib, u rasmda ko’rsatilgan. Shinaga ulangan barcha qurilmalar o’zaro axborot almasha oladilar. Odatda shinalar uchta to’plamli liniyadan iborat bo’ladi: adres, ma’lumot va komanda uzatish to’plamlari. Har bir kiritish/chiqarish qurilmasiga alohida adres to’plami ajratiladi. MP adres liniyasiga aniq adresni joylaganda, shu adresli qurilma boshqaruv liniyasidan kelayotgan komandaga javob beradi (uni bajaradi). Kiritish/chiqarish qurilmalari va xotira bitta adres muhitidan foydalangan xolda kiritish/chiqarishni tashkil qilinishi kiritish/chiqarishni xotirada akslanishi deyiladi.

Kiritish/chiqarishni xotirada akslanishini ishlatganda xotiraga murojaat qiluvchi har qanday mashina komandasi kiritish/chiqarish qurilmalari bilan ma’lumot almashishda ishlatilishi mumkin. Masalan, DATAIN – kirish buferi adresi bo’lsa,


Move DATAIN,R0
komandasi DATAIN dan ma’lumotlarni o’qiydi va R0 (R-nol) registrga joylashtiradi.

Xuddi shuningdek,


Move R0,DATAOUT
komandasi R0 reghistrdagi ma’lumotlarni DATAOUT adresiga (bu displey, printer va/yoki boshqa qurilma bo’lishgi mumkin) uzatadi.
Kiritish/chiqarishni xotirada akslanish texnologiyasi hamma kompyuter tizimlarida ishlatiladi. Ba’zi MP lar kiritish/chiqarish ni bajarish uchun maxsus In va Out komandalrini ishlatadilar. Masalan Intel protsessorlari maxsus kiritish/chiqarish komandalari va kiritish/chiqarish qurilmalari uchun alohida 16 razryadli adres maydoniga ega. Bu protsessor asosida kompyuter tizimini ishlab chiqishda qurilmalarni: 1) umumiy kiritish/chiqarish adres maydonidan foydalanadigan yoki 2) har birini adres maydonining bir qismi sifatida tizimga ulashi mumkin. Bunday, 2)-yondashuv dasturiy ta’minotni soddalashtirganligi sababli urfda keng qo’llaniladi. Bu yondashuvning ustunliklaridan biri qurilmalar kam sonli adres liniyalarini band qiladilar. Kiritish/chiqarishning alohida adres muhitiga egaligi, kiritish/chiqarish adres liniyalari xotiraning adres liniyalaridan alohidaligini bildirmaydi. MP dan uzatilgan signal kiritish/chiqarish tizimiga tegishli ekanligini shinadan uzatiluvchi maxsus signal aniqlaydi. Bu signalni olgan xotira uni inkor qiladi, kiritish/chiqarish qurilmalari esa shinadan kelgan adresning kichik razryadlarini analiz qilib, qaysi qurilmaga tegishliligini aniqlaydi.

Slayd