Hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi
Download 14.25 Kb.
|
hajmida monopoliyaning ulushi 26
hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi. 2003-yilda 1-yanvarida Davlat reyestrida monopol sifatida 386 ta xo’jalik yurituvchi subyektlari hisobga olingan bo’lsa, 2009-yil 1-yanvaridagi holatiga ko’ra bu ko’rsatkich 95 tani tashkil etdi.2007 yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Bu sohada mamlakatimizda katta yutuqlarga erishilgan bo’lsada bu bilan cheklanib qolinayotganligi yo’q. Buning yorqin misoli sifatida joriy 2010-yilning 26-fevralda yurtboshimizning “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Bu farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari farmonda qo’mitaning asosiy vazifalari va huquqlari aniq qilib belgilab berildi. 2010-yilning 12-noyabrida bo’lib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ham monopoliyani cheklash va raqobatni rivojlantirish haqida alohida to’ xtalib o’tdilar. Bu borada tadbirkorlikni, asosan, kichik biznesni rivojlantirishga katta e’tibor berilishi zarurligini ta’kidlab o’tdilar. O’tgan 2011-yilning “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilinishi esa so’zlarining isboti bo’ldi. Hozirgi kunga kelib, O’zbekistonda kichik biznessning yalpi ichki mahsulotdagi o’rni 50% Download 14.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling