Ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш
Download 97.5 Kb.
|
O\'zbekiston axolisiga maishiy xizmat ko\'rsatish tarmog\'ini rivojlanish taxlili
O'zbekiston axolisiga maishiy xizmat ko'rsatish tarmog'ini rivojlanish taxlili Kirish I.Bob 1.1 Hak evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari 1.2 Haq evaziga xizmat ko`rsatish turlari II.Bob 2.1 Auditorlar va auditorlik firmalari 2.2 Korxonalarning faoliyatiga yordam beruvchi audit xizmati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 maydagi «Kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida» qabul qilingan qarori bu borada muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Haq evaziga xizmat ko`rsatish xizmat ko`rsatuvchi tadbirkor bilan shu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar o`rtasida shartnoma tuzish yo`li bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomaning ta`rifi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 703-modsasida berilgan. Bu qonunda belgilanishicha, - haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi buyurtmachining topshirig`i bilan ashyoviy shaklda bo`lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish) buyurtmachi esa bu xizmat uchun haqto`lash majburiyatini oladi...». Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha bir taraf ijrochi, ikkinchi taraf buyurtmachi sifatida ishtiroj etadilar. Ijrochi bo`lib tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan xususiy firmalar, korxonalar, nodavlat korxonalari hamda davlat tashkilotlari ishtirok etadilar. Shuningdek, yakkatadbirkorlar ham ijrochi sifatida xizmat ko`rsata oladilar. Ijrochi bo`lib shartnomada qatnasha oladigan tashkilotlar, korxonalarning haq evaziga xizmat ko`rsatish faoliyati ularning ustavlarida, nizomlarida ko`rsatilgan bo`lishi, yakka tartibda faoliyat ko`rsatadigan tadbirkorlar esa belgilangan tartibda ruxsat olgan bo`lishlari shart. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa shartnomalardan farqpanadi. Bular quyidagilardan iborat: Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi ham, shuningdek, buyurtmachi ham ma`lum bir huquqdarga va burchlarS ega bo`ladi. Binobarin, ijrochi o`zi aybdor bo`lmagan holda xizmatni bajara olmagan taqsirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to`lashi shart. Bunda ijrochining xizmat ko`rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo`lgan foydasi chegirib qolinadi. Download 97.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling