Ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш


Hak evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari


Download 97.5 Kb.
bet2/5
Sana06.02.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1170358
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston axolisiga maishiy xizmat ko\'rsatish tarmog\'ini rivojlanish taxlili

1.1 Hak evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari
Haq evaziga xizmat ko`rsatish bu aholiga aloqa tashkilotlari orqali xizmat ko`rsatish, tibbiyot xizmati, veterinariya xizmati, auditorlik, maslahat, axborot, ta`lim berish, sayyohlik xizmatlari va shunga o`xshash boshqa xizmatlardir. Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ushbu xizmatlarga bo`lgan ehtiyoji tobora oshib bormoqsa.
Shu sababli xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirkorlikka davlat tomonidan alohida e`tibor berilmoqsa. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 maydagi «Kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida» qabul qilingan qarori bu borada muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish xizmat ko`rsatuvchi tadbirkor bilan shu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar o`rtasida shartnoma tuzish yo`li bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomaning ta`rifi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 703-modsasida berilgan. Bu qonunda belgilanishicha, - haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi buyurtmachining topshirig`i bilan ashyoviy shaklda bo`lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish) buyurtmachi esa bu xizmat uchun haqto`lash majburiyatini oladi...».
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha bir taraf ijrochi, ikkinchi taraf buyurtmachi sifatida ishtiroj etadilar. Ijrochi bo`lib tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan xususiy firmalar, korxonalar, nodavlat korxonalari hamda davlat tashkilotlari ishtirok etadilar. Shuningdek, yakkatadbirkorlar ham ijrochi sifatida xizmat ko`rsata oladilar.
Ijrochi bo`lib shartnomada qatnasha oladigan tashkilotlar, korxonalarning haq evaziga xizmat ko`rsatish faoliyati ularning ustavlarida, nizomlarida ko`rsatilgan bo`lishi, yakka tartibda faoliyat ko`rsatadigan tadbirkorlar esa belgilangan tartibda ruxsat olgan bo`lishlari shart.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa shartnomalardan farqpanadi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan tuziladi. Ularningayrimlari, jumladan, aloqa, tibbiyot va veterinariya, audt-orlik, huquqiy, axborot, ta`lim berish, sayyohlik kabi xizmat ko`rsatish tomonlarning o`zaro kelishuvi bilan tuzilib keyinchalik ijro ztalishi sababli konsensual shartnoma bo`lsa, fukerolarningxat-xabarlarini boshqa joyga jo`natitsqtibbiy ko`riqdan o`tkazib, sorliG`i haqida ma`lumot olish, bir martalik veterinariya xizmati, xuquqiy, maslahat kabi xizmatlarning ayrimlari xaqto`lash bilan bajarilganligi sababli aniq shartnoma hisoblanadi.
2. Haq evaziga xizmat ko`rsatish uchun aksariyat hollarda haq to`lanadi. Ayrim hollarda tekinga xizmat ko`rsatish mumkmn. Bunday hollarda tuzilgan shartnoma tekinga tuzilgan shartnomalar guruhini tashkil etadi.
3. Taraflar o`rtasida shartnoma tuzilgandan so`ng har ikki tarafda ham huquq va shunga yarasha burch paydo bo`ladi. Shu sababli bu ikki tomonlama shartnoma hisoblanady.
Ьu shartnoma aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lganligi sababli uning ahamiyati tobora muxlm bo`lib bormokda. Ana shu xususiyatlari tufayli u mutlaqo yangi shartnoma sifatida fuqarolik kodeksida o`z ifodasini topdi,
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi ham, shuningdek, buyurtmachi ham ma`lum bir huquqdarga va burchlarS ega bo`ladi. Binobarin, ijrochi o`zi aybdor bo`lmagan holda xizmatni bajara olmagan taqsirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to`lashi shart. Bunda ijrochining xizmat ko`rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo`lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtma-chining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo`lmay qolgan takdirda, shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, xizmat qiymati butunlay to`lanishi kerak. Shartnoma ijro etilishi bilan bekor bo`ladi. Shuningdek, ijrochi shartnomada belgilangan xizmatni bajarish orqali yoki qisman bajarish bilan shartnoma ijro etilgan xdgsoblanadi. Shartnomada taraflarning javobgarligi Fuqarolik kodeksining 706-moddasiga ko`ra, «ijrochi haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini umuman yoki tegashli darjada bajarmagan hollarda u keltirgan zararni buyurtmachiga batamom to`lashi shart, lekin bu to`lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar qiymatining ikki baravaridal ortiq bo`lishi mumkin emas.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasida fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta`minlash va insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish asosiy maqsad qilib qo`yilgan.

Buning uchun mamlakatimizda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o`tish, davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko`maklashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarni himoya qilish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta`minlash zarur.


Bu vazifalarni hayotga tatbiq etishda xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati muhim rol o`ynaydi.


Respublikamizda mustaqillikkacha bo`lgan davrda sobiq Ittifoq qonunchilik hujjatlaridan tashqari, yuridik xizmat to`g`risida respublika hukumati tomonidan ikkita nizom tasdiqlangan, yigirmadan ortiq normativ hujjatlar qabul qilingan.


Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida yuridik xizmat xodimlarining huquq va burchlarini tartibga solish, qonuniylikni ta`minlashda ularning roli va mas`uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib bir qator qonunlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilindi.


O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1991 yil 10 oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, muhokama qilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish Qoidalari”da qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishiga halq xo`jaligi tegishli tarmoqlarining yuridik xizmatlarini jalb qilish belgilangan. Bu bilan davlatning qonun ijodkorligi faoliyatida yuridik xizmat roli kuchaytirildi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoni yuridik xizmat to`g`risidagi qonunchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki, unda birinchi marta Adliya vazirligiga yuridik xizmat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazishni tashkil qilish vazifalari yuklatildi.


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 12 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish masalalari to`g`risida”gi 523-sonli qarori bilan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar tomonidan umummajburiy tusdagi normativ hujjatlarni Adliya vazirligiga huquqiy jihatdan ekspertiza qilish va davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun taqdim qilishni ta`minlashni hamda har 5 yilda adliya organlari bilan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish to`g`risida shartnomalar tuzishni topshirdi. Mazkur qaror bilan Adliya vazirligi haqidagi Nizom tasdiqlandi. Nizomda respublika vazirliklari, davlat qo`mitalari, idoralarining yuridik xizmatlariga uslubiy yordam ko`rsatish, ushbu idoralarning ularga qarashli respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy ta`minlash Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Shu munosabat bilan bu sohada Adliya vazirligining huquq va vakolatlari kengaytirildi. Masalan, unga boshqaruv idoralari va korxonalarning yuridik xizmatlari huquqiy ishi va faoliyati ahvolini tekshirish huquqi berildi; Adliya vazirligining yuridik xizmat faoliyatini va huquqiy ishlarni yaxshilash borasidagi yo`riqnoma va ko`rsatmalari majburiy tusga ega ekanligi qayd qilindi.


Iqtisodiyotdagi chuqur o`zgarishlar, boshqaruv tizimini isloh qilish yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish, korxonalar yuridik xizmati xodimlarining huquq va majburiyatlarini tartibga solish, qonunchilikni ta`minlash borasida ularning roli va mas`uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 2 martdagi 118-sonli qarori bilan “O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat to`g`risidagi Nizom”ni tasdiqladi.


Ushbu Nizom – mustaqil O`zbekiston Respublikasining yuridik xizmat huquqiy maqomini tartibga soluvchi birinchi normativ hujjati bo`lib, u 12 bandni qamrab olgan ko`yidagi 3 bo`limdan iborat:


1) yuridik xizmat xodimlari lavozimini egallash tartibi;


2) boshqaruv organlari va korxonalar yuridik xizmatining vazifalari;


3) yuridik xizmatning huquqi va mas`uliyati.


Mazkur Nizom nafaqat davlat boshqaruv organlari va korxonalari yuridik xizmatining, balki barcha mulkchilik shakllaridagi korxonalar yuridik xizmatining huquqlari, burchlari va mas`uliyatlarini belgilaydi.


Nizomga muvofiq oliy o`quv yurtlari keyinchalik yuridik xizmat xodimi bo`lib ishlaydigan talabalar uchun tahsilning oxirgi kursida amaliy ko`nikmalar hosil qilish uchun bevosita davlat boshqaruv organlari va korxonalarda stajirovka tashkil etadilar.


Nizom yuridik xizmatning huquqiy mazmundagi hujjat-larning qonunga muvofiqligini tekshirish borasida huquq va mas`uliyatini oshirgan. Nizomning 9-v bandiga muvofiq korxona huquqiy aktlarini, ularning amaldagi qonunga muvofiqligi to`g`risidagi yuridik xizmatning vizasi bo`lmasa, chiqarilishga yo`l qo`yilmasligi belgilangan.


Nizomda yuridik xizmat xodimlarining unda ko`zda tutilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun javobgarligi yanada aniq belgilangan va adliya organlariga yuridik xizmat xodimlarini javobgarlikka tortish to`g`risida taqdimnomalar qilish huquqi berilgan.


1997 yil 30 avgustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasida yana bir bor qonun loyihalarini tayyorlashga halq xo`jaligi tegishli tarmoqlarining yuridik xizmatlari jalb qarorilinishi ko`rsatib o`tildi. Bu bilan yuridik xizmatning qonun ijodkorligidagi ishtiroki qonun darajasida mustahkamlandi.


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo`jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to`g`risida” 1998 yil 4 martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini ta`minlash chora-tadbirlari haqida”gi 177-sonli qarorida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xo`jalik sudi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo`mitasi bilan birgalikda xo`jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish yuzasidan joylarda amaliy ishlar olib borilishini ta`minlash, bunda yuridik xizmatlar o`rnini mustahkamlashni, barcha qonun hujjatlarining amal qilishini va xo`jalik sudlari qarorlarining so`zsiz ijro etilishini nazarda tutishlari lozimligi ta`kidlandi.


Xo`jalik yurituvchi subyektlarning xo`jalik-moliyaviy faoliyatiga davlat organlari tomonidan asossiz aralashishlarni oldini olish maqsadida qonun va bir qator me`yoriy hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ularda yuridik xizmatga ham alohida e`tibor qaratilgan.


Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 noyabrdagi 496-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni o`tkazish Tartibi”da – kichik va o`rta biznes korxonalarining, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a`zolarining ishlab chiqarish va moliya faoliyatlarini barcha tekshirishlar Palata va uning hududiy tuzilmalari yuridik xizmatlarining majburiy ishtirokida amalga oshirilishi qayd qilingan.


Yuridik xizmatning shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan ta`minlanishini tashkil etish sohasidagi vazifalari va huquqlari O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi Qonunida aniq belgilab qo`yildi.


Xulosa qilib aytganda, respublikamizda amalda bo`lgan yuridik xizmat, huquqiy ishlar va unga uslubiy rahbarlik qilish to`g`risidagi qonunchilik:


- huquqiy ishlar va yuridik xizmat mazmuni, mohiyati, vazifalari va tamoyillarini ochib beradi;


- huquqiy ishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini va davlat hamda jamiyat hayotining huquqiy asoslarini mustahkamlashda yuridik xizmatning ishtirok etishini, ishlab chiqarish samaradorligini va mehnat sifatini oshirish uchun halq xo`jaligida huquqiy ish ahamiyatini belgilaydi;


- yuridik xizmatning huquqiy maqomi-funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda mas`uliyatini belgilaydi;


- mamlakatda yuridik xizmat tizimini, uni tashkil qilishni va davlat boshqaruvi organlari hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar faoliyati asoslarini belgilaydi;



Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling