Ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш


Korxonalarning faoliyatiga yordam beruvchi audit xizmati


Download 97.5 Kb.
bet5/5
Sana06.02.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1170358
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston axolisiga maishiy xizmat ko\'rsatish tarmog\'ini rivojlanish taxlili

2.2 Korxonalarning faoliyatiga yordam beruvchi audit xizmati

1. Taftish o`tkazishdan asosiy maqsad korxonalardagi o`g`rilik, ko`zbo`yamachilik va boshqa kamchiliklarni topish va uning asosida aybdorni javobgarlikka tortishdir. Auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi esa, mijoz korxona moliyaviy hisobotini buxgalteriya hisoboti bo`yicha amaldagi nizom, andoza va ko`rsatmalarga mos kelishi nuqgai nazardan baholash, bu borada unga amaliy yordam ko`rsatish va mijoz bilan o`zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilishdan iborat.


2. Taftish oldiga qo`yilgan vazifa korxona faoliyatlarining saqlanishini ta`minlash, qonunbuzarlarni va xizmat vazifasini suiiste`mol qilish hollarining odsini olishdir. Audit amalga oshiradigan vazifa esa, mijoz korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash, uning ta`sir doirasini kuchaytirish, raqobatga bardoshlilik darajasini oshirish, firma daromadining rivojlanish istiqbollarini belgalash bo`yicha maslahatlar berishdan iborat.
3. Taftish boshqaruvining bo`ysunuvchi, itoat etishi bo`yicha amalga oshirilgan tekshiruv bo`lib, asosan yuqori tashkilotlar va javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lgan muassasalar extiyojini qondirish maqsadida amalga oshirilada. Audit esa ufqiy yo`nalish buyicha tashkil etidgan tekshiruv
bo`lib, mijoz firma va u bilan shartnoma asosida bog`liq bo`lgan banklar, soliq mahkamalari, sug`urta kompaniyalari kabi hamkorlar va hissadorlar manfaatini ko`zlab amalga oshiriladi.
4. Taftish o`tkazuvchi shaxs, asosan, taftish idorasining xodimi hisoblanadi va uning xulosasi ko`pchilik hollarda rahbarning irodasiga bog`liqbo`ladi. Audit esa, mustaqil ekspert maqomiga ega bo`lib, tekshiruv bo`yicha mustaqil xulosa beradi.
5. Taftish yuqori tashkilotlar va javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lgan muassasalar tomonidan asosan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Audit esa asosan korxonaning o`z xohishlariga ko`ra, ularning murojaati asosida amalga oshiriladi.

6. Taftishning xarajatlari asosan tekshiruvni tayinlagan yuqori tashkilotlar gomonidan qoplansa, auditorlik tekshiruvining harakatlari shartnomaga muvofiq tekshiruv o`tkazilayotgan firma hisobidan qoplanadi.


7. Taftish natijalari tekshiruvni belgilangan tashkilotlarga katta miqdorda davlat mulkini talon-toroj yoki qonundan chetga chiqishlar aniqlanganda, tergov va sud muassasalariga taqsim qilishi mumkin. Auditorlik tekshiruvi natijalari esa, agar u javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lgan tashkilotlar tomonidan maxsus tayinlanmagan bo`lsa, ishga yollagan firma rahbariyatiga beriladi va zaruriyatga ko`ra, uning asosiy holatlari xissadorlar yigilishiga taqdim etilishi mumkin. Bu ma`lumotlar boshqa tashkilotlarga firma rahbariyatining ruxsati bilangina beriladi. Boshqa hollarda mustaqil auditor firmasi tomonidan sir saqdanadi.
Agar auditorlik tekshiruvi natijalari ?sosida berilgan ko`rsatmalardan tekshiruv o`tkazilgan korxona zarar qo`rsa, shu zararni mijoz, auditor yoki auditorlik firmasidan qonunda ko`rsatilgan tartibda undirib olish huquqiga ega.
8. Faoliyat xususiyatiga ko`ra taftish yuqori tashkilotlar tomo»:idan berilgan buyruq yoki ko`rsatmalarni bajarish bilan bog`liq jarayondir. Audit esa tadbirkorlik faoliyati. Auditor korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish bilan cheklanib qolmay balki mijozga haq evaziga moliya, buxgalteriya xisoboti, valyuta muomalalarini yuritish, bank ishi, yeug`urta kompaniyalari faoliyati, tashqi bozorga chiqish singari faoliyat yo`nalishlari bo`yicha maslahatlar berish bilan ham shug`ullanadi.
Taftish va auditorlik faoliyati, shuningdek tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibga ko`ra farqlanadi. Masalan, taftish o`tkazish natijalari dalolatnoma holida rasmiylashtiriladi va u korxona faoliyatida qonunchilikka rioya qilish holati to`g`risida xulosa chiqarish va aybdorlarni jazolash maqsadida yuqori tashkilotlar yoki tekshiruvni tayinlagan idoralariga taqsim etadi. Uning ma`lumotlari aksariyat hollarda keng xalq ommasiga e`lon qilinmaydi. Auditorlik tekshiruvi natijalari esa, auditor hisoboti va xulosasi holida rasmiylashtiriladi. Auditor xulosasi muhim hujjat bo`lib, u mijoz tomonidan moliyaviy xisobotlar bilan birga matbuotda e`lon qilinishi mumkin. Bu eyea u bilan qamkorlik qilayotgan va qilmoqchi bo`lgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning e`tiborini o`ziga jalb qiyaish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to`g`risidagi buyruqlarni tekshirganda yuridik xizmat ishdan bo`shatishning qonuniy va asoslanganligiga e`tibor beradi. Shu maqsadda xodimni bo`shatilishida qonun belgilagan tartibga rioya qilinganligini tekshirish kerak. Jumladan, ishdan bo`shatishga kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olinganmi (jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda), mehnat shartnomasini bekor qilishda xodim qonunda belgilangan muddatlarda yozma ravishda ogohlantirilganmi; ma`lum toifadagi xodimlar uchun belgilangan qo`shimcha kafolatlar hisobga olinganmi; buyruqda qonunning tegishli modda va bandlari to`g`ri ko`rsatilganmi.
"Bizda intizom bo`lmas ekan, - degan edi I.Karimov, - biz oldimizga qo`yilgan maqsadlarga erisha olmaymiz". Mehnat intizomini mustahkamlash-jamoat boyligining sarmoya sarflashni talab qilmay, ulkan samara beradigan zaxirasidir. Hisob-kitoblar shuni ko`rsatadiki, sanoatda ish vaqtining yo`qotilishini ikki baravar qisqartirib, mehnat unumdorligini ancha oshirish mumkin. Mehnat intizomini mustahkamlashning asosiy yo`nalish va uslublari qonun hujjatlarida belgilangan. Ular intizomni mustahkamlashga kompleks yondoshishni, intizomni buzish hisobini takomillashtirishni, korxonalar va ularning bo`linmalari rahbarlarining intizom ahvoli uchun javobgarligini oshirishni, intizomni buzuvchilarga murosasozlik bilan yondoshish faktlarini yo`qotishni, bu maqsadlarda amaldagi qonunchilik me`yorlaridan samarali foydalanishni, sidqidildan qilingan mehnat uchun moddiy va ma`naviy rag`batlantirish choralarini keng qo`llashni, mehnat jamoalari va jamoatchilik tashkilotlari rolini oshirishni, ularning huquqlaridan samarali foydalanishni o`z ichiga oladi. Ushbu yo`nalishlarning har biri bo`yicha ish huquqiy vositalardan keng foydalanishni ko`zda tutadi.
Yuridik xizmat korxonada mehnat intizomini mustahkamlash uchun huquqiy vositalardan foydalanish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Buning uchun yuridik xizmat kadrlar bo`limi bilan hamkorlikda iloji boricha jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida ham butun korxona, ham alohida tarkibiy bo`linmalar bo`yicha mehnat intizomining buzilish hollari haqidagi ma`lumotlarni vaqti-vaqti bilan tahlil qilishi, bu nuqsonlarning sabablarini aniqlashi va ularni bartaraf etishda huquqiy vositalardan foydalanish borasida takliflar kiritishi kerak. Yuridik xizmat mehnat intizomini buzuvchilarga qonunchilik normalarini qo`llash tajribalarini umumlashtirishda ishtirok etadi. Bunda huquqiy choralarni jamoatchilik ta`siri tadbirlari bilan mohirona qo`shib qo`llash, ishga kelmovchi va boshqa mehnat intizomini buzuvchilarga intizomiy choralar qrnunchilikda (Mexnat kodeksining 181-moddasida) ko`zda tutilgan jazolarni (jumladan -"hayfsan","o`rtacha oylik ish haqining o`ttiz foizidan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima", «mehnat shartnomasini bekor qilish") qo`llashga, qo`llangan choralar haqidagi axborotni jamoa a`zolariga yetkazilishiga, ya`ni oshkoralikka e`tibor berishi lozim. Chunki, intizomiy jazo chorasini noto`g`ri qo`llanilishi yoki qonunda ko`rsatilmagan chorani (masalan,"tanbeh", "ogohlantirish", "qattiq hayfsan» kabi) qo`llanishi, bunday choralarni bekor qilish yoki noqonuniy deb topishga olib keladi. Natijada, mehnat intizomini buzgan xodim haqiqatda jazosiz qolishi mumkin, chunki ko`pchilik hollarda intizomiy jazo qo`llashning bir oylik muddati o`tib ketadi. Bu o`z navbatida jamoada mehnat intizomini bo`shashib ketishiga olib keladi.
Yuridik xizmat tomonidan o`tkaziladigan ma`ruza va suhbatlar korxonada mehnat intizomini mustahkamlash, uyushqoqlik va tartib uchun barcha huquqiy vositalar hamda qonun kuchidan foydalanish zarurligini har tomonlama ta`kidlash muhimdir.


Xulosa

Xulosa qilib aytganda, mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishni ta`minlash xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e`tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog`lig`ining himoyalanishini ta`minlaydi, mehnat unumdorligining o`sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko`maklashadi.


Masalan, taftish o`tkazish natijalari dalolatnoma holida rasmiylashtiriladi va u korxona faoliyatida qonunchilikka rioya qilish holati to`g`risida xulosa chiqarish va aybdorlarni jazolash maqsadida yuqori tashkilotlar yoki tekshiruvni tayinlagan idoralariga taqsim etadi. Uning ma`lumotlari aksariyat hollarda keng xalq ommasiga e`lon qilinmaydi. Auditorlik tekshiruvi natijalari esa, auditor hisoboti va xulosasi holida rasmiylashtiriladi. Auditor xulosasi muhim hujjat bo`lib, u mijoz tomonidan moliyaviy xisobotlar bilan birga matbuotda e`lon qilinishi mumkin. Bu eyea u bilan qamkorlik qilayotgan va qilmoqchi bo`lgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning e`tiborini o`ziga jalb qiyaish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to`g`risidagi buyruqlarni tekshirganda yuridik xizmat ishdan bo`shatishning qonuniy va asoslanganligiga e`tibor beradi. Shu maqsadda xodimni bo`shatilishida qonun belgilagan tartibga rioya qilinganligini tekshirish kerak. Jumladan, ishdan bo`shatishga kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olinganmi (jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda), mehnat shartnomasini bekor qilishda xodim qonunda belgilangan muddatlarda yozma ravishda ogohlantirilganmi; ma`lum toifadagi xodimlar uchun belgilangan qo`shimcha kafolatlar hisobga olinganmi; buyruqda qonunning tegishli modda va bandlari to`g`ri ko`rsatilganmi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1 Karimov I. A.. O`zbekiston buyuk kelajak sari (O`zbekiston XXI asr bo`sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafo-latlari). T., «O`zbekiston», 2019, 567-6.
2. «Xalq so`zi», 2018 yil 15 iyun.
3. Karimov I. A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T., «O`zbekiston», 2015, 241-6.
4. O`zbekiston Respublikasining Korxonalar, Ijara, Mulkchilik to`g`risidagi qonunlari. T., «Adolat», 2017.
5. www.ziyonet.uz
Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling