Ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш


Haq evaziga xizmat ko`rsatish turlari


Download 97.5 Kb.
bet3/5
Sana06.02.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1170358
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston axolisiga maishiy xizmat ko\'rsatish tarmog\'ini rivojlanish taxlili

1.2 Haq evaziga xizmat ko`rsatish turlari
Tadbirkorlik sohasida faoliyat ko`rsatayotgan yuridik xizmatning xukuqiy maqomi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 2 martdagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat to`g`risidagi Nizom” va boshqa bir qator qonunlar va me`yoriy hujjatlarda belgilab qo`yilgan.

Shuningdek, yuridik xizmatning huquqiy maqomi tegishli tarmoq va korxonalar faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ichki nizomlar, yuridik xizmat xodimlarining mansab yo`riqnomalari va boshqa huquqiy hujjatlar bilan ham belgilanishi mumkin.


Nizomga muvofiq oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan shaxs boshqaruv organlarida va mulkchilik shaklidan qat`i nazar korxonalarda yuriskonsult bo`lib ishlashi mumkin. Vazirlik, davlat qo`mitasi, idora va respublikaning boshqa boshqaruv organi yuridik bo`linmasining boshlig`i yoki yuriskonsult lavozimini egallash uchun kamida 5 yillik yuriskonsult ish stajiga ega bo`lish zarur.
Davlat boshqaruv organlari va korxonalar, yosh mutaxassislar va homilador ayollardan tashqari, barcha yuridik xizmat xodimlarini 5 yilda bir marta O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalariga qayta tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish uchun yuborishga majburdirlar.
Respublikamizda ilgari amalda bo`lgan nizomlardan farqli o`laroq 1993 yilgi Nizomda yuridik xizmatning asosiy vazifalari alohida ko`zda tutilmagan. Biroq, xozirgi zamon talablaridan kelib chiqib korxonalar yuridik xizmatining majburiyatlari yanada aniqroq bayon qilingan.
Nizomning 9-bandida korxonalar yuridik xizmati:
a) korxona ishinining huquqiy ta`minlanishini tashkil etadi; bo`linmalarning o`zaro munosabatlarini va bo`linmalarning iqtisodiy javobgarligini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar tizimini, korxonaning ishlab chiqarish-xo`jalik va ijtimoiy faoliyatining boshqa masalalarini tayyorlash va joriy qilishda ishtirok etadi;
korxonada belgilangan ichki xo`jalik da`volarini qo`zg`ash va ko`rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
iqtisod, moliya, hisob-kitob xizmatlari va boshqa bo`linmalar bilan birgalikda korxonaning xo`jalik faoliyati natijalarini iqtisodiy-huquqiy tahlil qiladi, samarasiz xarajatlarning tarkibini va ularning kelib chiqish sabablarini, balans hisobidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o`rganadi, sud va tergov organlariga jo`natish uchun pul mablag`lari va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi va ularni o`g`rilashlar bo`yicha materiallarni rasmiylashtiradi;
b) qonunchilik aktlari, yuqori boshqaruv organlarining normativ hujjatlarini, korxona mahalliy normativ aktlarining tartibga solingan hisobini va saqlanishini tashkil etadi; boshqa bo`linmalar bilan birgalikda korxonaning idoraviy hujjatlarini tartibga solish ishlarini olib boradi;
v) korxona rahbariga imzolash uchun taqdim qilinayotgan buyruqlar va huquqiy mazmundagi boshqa hujjatlar loyihalarining qonunga muvofiqligini tekshiradi va ularga viza qo`yadi.
Korxona huquqiy aktlarini, ularning amaldagi qonunga muvofiqligi to`g`risidagi yuridik xizmatning vizasi bo`lmasa, chiqarilishiga yo`l qo`yilmaydi;
d) boshqa korxonalar bilan xo`jalik shartnomalari, shuningdek, chet el kompaniyalari va firmalari bilan kontraktlar tayyorlash, tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishga oid ishlarda qatnashadi, shartnomalar va kontraktlar loyihalariga viza qo`yadi
ye) talabnoma-da`vo ishlarini olib boradi, sudda, xo`jalik sudida, shuningdek, boshqa organlarda huquqiy masalalar ko`rilayotganda belgilangan tartibda korxona manfaatlarini himoya qiladi; talabnoma ishlari agar boshqa bo`linmalar tomonidan olib borilsa, bu ishga rahbarlikni amalga oshiradi;
j) moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish hujjatlari, buzilishlari va suiiste`molliklar topilgan taftish va qayta ro`yxatga olish aktlari bo`yicha huquqiy xulosalar beradi;
z) mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish masalalarini hal etishda, o`zini-o`zi boshqarishni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishiga yordam beradi; jamoa shartnomasini tayyorlashda va tuzishda qatnashadi, mehnat jamoasi kengashiga, kasaba uyushmasi qo`mitasiga va boshqa jamoat tashkilotlariga o`z vakolatlarini amalga oshirishda huquqiy yordam ko`rsatadi;
i) yuridik umumiy o`quvni tashkil etishda va uni amalga oshirishda, xodimlarni amaldagi qonunlar bilan tanishtiradi, ularni qo`llash tajribasini tushuntiradi;
k) korxona faoliyatida qonunchilikni buzish hollarini oldini olish yuzasidan zarur choralar ko`rish uchun rahbarni xabardor qiladi.
Nizomning 10-bandiga muvofiq yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:
a) davlat boshqaruv organi, korxona, tuzilma birliklari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishining ahvoli bilan tanishish; taftish o`tkazishlarda va qayta ro`yxatga olishlarda qatnashish;

b) mansabdor shaxslardan davlat boshqaruv organlarida, korxonalarda belgilangan tartibda hujjatlar, ma`lumotnomalar, hisob-kitoblar va o`z burchlarini bajarish uchun zarur bo`lgan boshqa ma`lumotlarni olish;


v) rahbariyatga qonun buzishlarning bartaraf etish, keltirilgan zararni qoplash, amaldagi qonunlarning bajarilishini ta`minlamagan yoxud buzayotgan bo`linmalar va xizmatlarning rahbarlarini, boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish haqida takliflar taqdim etish;
g) davlat boshqaruv organi va korxona rahbariyati bilan kelishilgan holda normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek, o`ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq yuridik xizmat tomonidan o`tkaziladigan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqa bo`linmalar va xizmatlarning xodimlarini jalb etish;

d) davlat boshqaruv organi, korxona rahbariyati tomonidan chaqiriladigan hay`at majlislarida, tegishli kengashlarda ishtirok etish.


Muayyan huquqlarga ega bo`lish bilan birga yuridik xizmat o`ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarilishi uchun, yuridik xizmat boshlig`i esa yuridik xizmat faoliyati, va o`ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Yuridik xizmat xodimlari O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq ushbu Nizomda ko`zda tutilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun intizomiy va moddiy javobgardirlar. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari davlat boshqaruv organlari, korxonalarning yuridik xizmat xodimlarini o`tkaziladigan tekshirishlar natijalari bo`yicha ular o`z xizmat vazifalarini bajarmaganliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqlidirlar.
Yuridik xizmat huquqlari va majburiyatlari mustaqil va ularga turli xildagi toifalar sifatida qarab bo`lmaydi. Agar fuqaro davlat tomonidan berilgan u yoki bu huquqdan foydalanish – foydalanmaslikni o`zi hal qilsa, yuridik xizmatga berilgan huquq esa uning davlat oldidagi bajarilishi zarur bo`lgan vazifasi ham hisoblanadi. Masalan, yuridik xizmat o`z korxonasida qonunchilikka amal qilishni tekshirish huquqiga ega bo`libgina qolmay, balki bunday tekshirishlarni amalga oshirishi ham lozimdir. Shu bilan birga yuridik xizmat huquqi korxona ma`muriyati yoki bo`linmasi uchun majburiyat hisoblanadi. Masalan, yuridik xizmatning normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun boshqa bo`linmalar va xizmatlar xodimlarini jalb qilish huquqi bir vaqtning o`zida tegishli bo`linma va xizmatlar rahbarlarining zarur xodimlarni ajratish majburiyati hamdir.
Shuningdek, Nizomning 7 bandida ko`zda tutilgan korxonaning yuridik xizmatni bir maromda ishlashi uchun sharoitlar yaratish majburiyatiga yuridik xizmatning ushbu sharoitni yaratishni talab qilish huquqi sifatida qarash mumkin.

Yuridik xizmat xodimlariga huquqiy ishlarga taalluqli bo`lmagan boshqa ishlarning yuklatilishiga yo`l qo`yilmaydi.


Yuridik xizmatga yuklatilgan vazifalarni bajarishga va unga berilgan huquqlardan foydalanishga mansabdor shaxslar tomonidan qarshilik ko`rsatilishi oqibatida qonunchilikning buzilishiga yo`l qo`yilsa, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetsa, bunday mansabdor shaxslar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari taqdimnomasi bo`yicha yuridik javobgarlikka tortiladilar.



Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling