Har yerdaki gul boʻlsa, tikon boʻlsa, ne tong
Download 18.42 Kb.
|
Zahiriddin Muhammad Boburning qarashlarida
Zahiriddin Muhammad Boburning qarashlarida, avvalo, xolislik, falsafiy teranlik ustun. Birinchi navbatda, bu jihat yaxshi bilan yomon, ezgulik bilan yovuzlik, gul bilan tikonning bir fazo va makonda yonma-yon yashab kelgani bayonida ko'rinadi. Shoir bu qarashini falsafiy, tasavvufiy talqinda ifodalab, o'z qoni tarkibida mayi nob zarralari mavjudligi, ya'ni kimki may iste'mol qilsa (bunda, albatta, mayning tasavvufiy ma'nosini ham anglash mumkin), albatta, vujudida may zarralari qolishi tabiiyligini uqtiradi. Adib manfiy va musbat xususiyatlarning bir makonda mavjudligini bildirib, masalani o'zining ijodi, she'riyatiga ko'chiradi. Uningcha, shoir qanchalik urinmasin, ijodida birovga ma'qul bo'ladigan yoki ma'qul bo'lmaydigan satrlar uchrashi, gulning tikoni bo'lgani singari, she'riyatda ham barchaga ma'qul tushmaydigan satrlar bo'lishi tabiiy hol: Har yerdaki gul boʻlsa, tikon boʻlsa, ne tong, Har qaydaki may durdidin bo'lsa ne tong. She'rimda agar hazil, agar jid, kechurung, Yaxshi borida agar yamon bo'lsa, ne tong. Qizig'i shundaki, Bobur bunda "yamon" deb she'ridagi "hazil", ya'ni satiraga moyil asarlarini nazarda tutmoqda. Demak, garchi u hazil, mutoyiba, satirik she'rni yoqtirmasada, sharoit taqozosi bilan shunday she'rlar bitgan, ammo o'zi aytganidek, ular "yamon bo'lsa, ne tong". Boburning adabiy janrlarga, adabiyotshunoslikka doir qarashlarida zomondoshi Muhammad Solih ijodi va shaxsiga oid mulohazalar alohida diqqatni tortadi. ("Boburnoma"da 1501-1502-yillar voqealari tasvirida Boburning, nazariy bilimi debochasi boʻlmish, she'r qofiyasi haqidagi ilk qarashlari bayonini kuzatamiz. She'riyat olamiga endi kirib kelayotgan Bobur oʻzi yoz- gan ruboiyni adabiyot va she'riyatdan biroz xabardor Toshkent xoniga ko'rsatib, tuzatib olmoq istagi borligini bildiradi. Bu misoldagi muhim jihat shuki, 18-19 yoshli Bobur, o'zining ta'kidlashicha, she'riyatda unchalik tajribaga ega boʻlmasa ham, she'r qadri, uning ta'sir kuchini toʻgʻri anglagan. Zahiriddin Bobur faqat adiblar, shoirlar she'rlariga baho bermagan, koʻpincha, o'z ijodiga ham nazar solib, yuqorida ko'rganimizdek, tanqidiy yondashgan. Lekin bu masalaning boshqa bir jihati ham bor. Bobur ijodi yetuklik pallasiga yetgan paytda ham turkiy adabiyotda Alisher Navoiydan so'ng nodiri davron ekanini bilardi. Xoh nasriy, xoh nazmiy asarlarida, hatto saltanat boshqarishi xususida faxriya tarzida fikr yuritar ekan, u shu ustunlikka loyiq boʻlgandagina qalam tebratgan. Ortiqcha maqtanish, soxta obro'ga intilish uning tabiatiga yot boʻlgan. Bobur fikricha, nazmdagi mazmun kishilarga faqat estetik zavq baxsh etish, chiroyli, qofiyadosh so'zlardan iborat bo'lib qolmasdan, tafakkur rivoji, shaxsning umumiy-ma'naviy savodini ("xatti savodiy") oshirishi lozim. Zero, adabiyot insonlar uchun hayot baxsh etuvchi vosita, zulmat ichra nur, basir ko'zlarni ochuvchi qudratdir. She'riyat qiyomiga yetgan, elga manzur bo'ladigan darajada zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarolsagina muallifini "bori she'rlarga sulton yanglig'" ko'tarishi mumkin: Eykim, bari she'r ahlig'a sen xon yanglig', She'ring bori she'rlarga sulton yanglig. Mazmuni aning xatti savodiy ichra Zulmat orasida obihayvon yanglig'. Boshqa ruboiyda u bir shoir she'rini mutolaa etib, o'zining tanqidiy mulohazasini bildirgan. Bunda ham munaqqid Bobur qarashlarini kuzatamiz. She'rdagi "fikri xush", ya'ni mazmunan yetuklik Boburga ma'qul kelgan. Faqat bu emas. Bobur she'r yaratish uchun shoirda yuksak savod, til va mantiq, imlo va husnixat majmuining komil bo'lishini ta'kidlaydi. Agar shoir yaratgan misralar bularga ega boʻlsa, she'rni mutolaa etuvchining ko'zi, ya'ni qalbi ravshan tortadi. Bu nazmda shakl masalasiga doir mulohazalardir. Mazmun shakldan kam ahamiyatga ega emas. Bobur xalq orasidagi "quloqni purdur qilish" iborasini qo'llagan. Durbu bezak, quloqqa taqiladigan ziraklarga zeb beruvchi vosita. So'z duri - she'r muallifining lug'at boyligi, nazm badiyatlaridan mohirona foydalanishi, shakl va mazmun birligiga erisha olgani belgisi. Xullas, bu ruboiy ham Boburning she'r san'atining mohir munaqqidi, nazmni, o'zi "yaxshi tasavvur" qiladigan olimligini yana bir bor namoyon etmoqda: She'ring eshitur fikrini Bobur qildi, Ne fikri xushu yaxshi tasavvur qildi, Ko'zni yoruq ayladi savodi birla, Mazmuni bila quloqin purdur qildi. Ta'kidlash kerakki, XV-XVI asrlarda hazil, mutoyiba, mazaxomiz she'rlarni yaratish, ularni davralarda o'qib berish rasm bo'lgan. Zayniddin Vosifiyning "Badoye' ul-vaqoye"" asarida bunga oid misollar juda ko'p. Amir Majididdinning Alisher Navoiy sharafiga Ja- honoro bog'ida bergan ziyofati paytida o'sha davrda hazil, mazax she'r aytishda mashhur bo'lgan Mavlono Abdulvose' o'z she'rlarini o'qiydi. Bu misol o'sha davrda satirik she'rga munosabatni oydinlashtirishga yordam beradi. Navoiyning "Majolis un-nafois"ida ta'kidlanishicha, Mavlono Abdulvose'ning kishiga qattiq botuvchi hazil, ko'pincha behayo she'rlarini yaratishida uni panohiga olgan amir Majididdinning hissasi boʻlgan. Vosifiy ma'lu- moticha, o'sha majlisda Abdulvose' Navoiydan boshqa qariyb barcha majlis ahli sha'niga hazil-mutoyiba she'r aytib, haqoratomiz baytlar o'qigan. Ajablanarlisi shun- daki, uning bunday she'rlari o'sha davrada katta in'omlar bilan taqdirlangan. "Boburnoma"da muallif shoir, adiblarga baho berganda hajviy she'rlardan deyarli misol keltirmaydi. Vosifiy esa "Badoye' ul-vaqoye" "da bu janr- ga keng o'rin bergan. "Boburnoma"da Vosifiyning nomi umuman tilga olinmaganini ikki jihatdan izohlash mumkin. "Badoye' ul- vaqoye" "dagi haddan tashqari erkin ifoda (ba'zan parda- siz so'zlar bilan ifodalangan voqealar), satirik vositalarning keng qo'llangani Boburga ma'qul tushmagan. Ikkinchidan, ehtimol, Vosifiyning turli sulton-u hokimlar (jumladan, Shayboniyxon) xizmatida bo'lgani ham bunga sababdir. Boburning Vosifiyga bunday munosabatidan qat'i nazar, "Badoye' ul-vaqoye"" XVI asr adabiyotining nodir asari sifatida mashhur. Download 18.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling