Harflarni bosimsiz bir tekis yozish
Download 42 Kb.
|
1 2
Bog'liqHARFLARNI BOSIMSIZ BIR TEKIS YOZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oquvchilarga yozuv texnikasini orgatish.
HARFLARNI BOSIMSIZ BIR TEKIS YOZISH Shundan so'ng noto'g'ri yozilgan harf tezda o'chirib tashlanadi va kichik u harfi qoida bo'yicha mashq qildiriladi. Agar o'quvchilar tomonidan harf laming qiyaligini to'g'ri saqlashda xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, ular quyidagicha o'xshash yordamchi chiziqlar orqali o'z-o'zini boshqarishga o'rgatiladi: Bunday mashqlarni 3-4 sinflarda ko'proq o'tkazish kerak. O'quvchilar tayyorgarlik mashqlarida harf elementlarini qatorlarga to'gri joylashtirishlari. Harf elementlarining o'ng tomonga 65 gradus qiyalikda yozishga o'rgatilishi. Bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm balandlikda bosh harflarni 6 mm balandlikda yozdirishga o'rgatish Bolalar o'z xato va kamchiliklaridan ko'ra, yonlarida o'tirgan o'rtoqlarining xatosini ko'rsatib boradilar. Shuning uchun o'zaro bir-birlarining xatolarini topish ustida ham mashq olib borish mumkin. O'zaro bir-birlarining xatolarini topish ustida mashq olib borganda o'quvchilarga mashq, topshiriq va savollar berish kerak ya'ni «harf elementlari qanday yozilgan? Harf va so'zlar orasidagi masofa to'g'ri saqlanganmi? Harflarning qiyaligi to'g'rimi?» va hokazo. Sinflardan sinfga ko'chgan sari bu mashqlarning savollarini murakkablashtirib borish mumkin. Biz yuqorida chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan usullarni ko'rsatib undan bulardan tashqari, har bir o'qituvchi o'zi mustaqil ravishda o'zuv malakasini o'stirish uchun yordam beradigan usullarni topishi va uni amalda qo'llashi mumkin. O'quvchilarga yozuv texnikasini o'rgatish. Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilishni o'rgatilgandan so'ng, o'qituvchining navbatdagi vazifasi o'quvchilarni yozuv texnikasi qoidalari bilan tanishtirishdan iborat bo'lishi kerak. Yozuv texnikasi qoidalariga asosan, harflar qiyaligini to'g'ri saqlash, bosimsiz bir xil qalinlikda yozish, bog'lanishlarni to'g'ri ifodalash kabi vazifalar kiradi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilar uchun eng muhim yozuv qoidalari ham eslatib o'tiladi. O'quvchilarni assoiy yozuv qoidalari bilan tanishtirmasdan turib, chiroyli yozuvga o'rgatib bo'lmaydi. Shuning uchun qo'lida asosiy yozuv qoidalari bilan tanishtirib o'tamiz. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling