Havoni tarkibiy qismlarga ajratish


Download 288.5 Kb.
Sana29.09.2023
Hajmi288.5 Kb.
#1689961
Bog'liq
тест 616 карор бўйича 200 ta mashinist apparatchi


915-“Havoni tarkibiy qismlarga ajratish” sexi 6-toifali kompressor qurilmalari mashinisti va gazni tarkibiy qismlarga ajratish apparatchisining malakalarini baholash uchun ishlab chiqilgan 200 dona test savollari
1. O’lchash vositasi nima?
A) O’lchashlarda qo’llaniladigan va normallashgan texnik xossalarga ega bo’lgan vositalar.
B) Ishlab chiqarishda qo’llaniladigan vositalar.
C) Ishlab chiqarishda normallashgan texnik xossalarga ega bo’lgan vositalar.
D) Normallashgan texnik xossalarga ega bo’lgan vosita
2. Satx nima?
A) Texnologik apparat ichidagi modda balandligi (sm, m).
B) Yuzaga perpendikulyar tasir etuvchi kuch
C) Jismning issiqlik darajasini xarakterlovchi fizik kattalik (°C, °K).
D) Tuzadan shiftga qadar oraliq masofani o‘lchami
3. 1 KPa ni kg·f/m2 da ifodalang?
A) 100 kg·f/m2
B) 1000 kg·f/m2
C) 10 kg·f/m2
D) 9.8 kg·f/m2
4. Tok kuchi nima?
A) Vaqt birligi ichida o’tkazgichning ko’ndalang kesimi bo’ylab zaryadlarni ko’chirishda bajarilgan ish.
B) Zaryadlangan zarralarning tartibli harakati.
C) daqiqa ichida tebranishlar soni.
D) Elektr zanjiridagi kuchlanishga to‘g‘ri proporsianal uning qarshiligiga teskari proporsianal
5. Dvigatel nima?
A) elektr energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi elektrostatik apparat.
B) Ikki yoki undan ortiq bir biridan izolyatsiyalangan plastinkalardan yig’ilgan qurilma.
C) Xarakatlanish mexanizmiga ega bo`lgan qurilma
D) To’g’ri javob mavjud emas
6. Bosim deb nimaga aytiladi ? P=F/S
A) Yuzaga perpendikulyar tasir etuvchi kuch. P=F/S
B) Yuzaga perpendikulyar tasir etuvchi kuch. N=A/t
C) Yuzaga perpendikulyar tasir etuvchi kuch. S=υ×t

7. Kuyish turlari?


A) Termik kuyish, kimyoviy kuyish;
B) Kimyoviy kuyish, elektr tokidan kuyish;
C) Termik kuyish, elektr tokidan kuyish;
D) Barcha javoblar to’g’ri
8. Bosim turlari:
A) Ortiqcha bosim; mutloq bosim.
B) Vakuum; atmosfera bosimi.
C) Ortiqcha bosim; atmosfera bosimi.
D) Barcha javoblar to’g’ri
9. Umumiy elektr jihozlari nima?
A) Umumiy foydalanishdagi elektr jihozlari - bu ma'lum maqsadga, muayyan ish sharoitlariga (burg'ulash, plitka, changyutgich) xos bo'lgan talablarni hisobga olmagan holda ishlab chiqarilgan elektr jihozlari.
B) Korhona sexlarida qo’llaniladigan jihozlar;
C) B javob to’g’ri.
10. Chiqindilarni saqlash va yo'q qilish qaerda taqiqlangan?
A) Chiqindilarni aholi punktlari erlarida, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega erlarda ko'mish taqiqlanadi; suvni muhofaza qilish zonalari va suv havzalarini sanitariya muhofazasi zonalari doirasida;
B) Fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga tahdid tug'ilishi mumkin bo'lgan boshqa joylarda, shuningdek, alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va ob'ektlarda.
C) Barcha javoblar to’g’ri
11. Atmosfera ifloslanishining manbai (emissiya manbai) nima?
A) Atmosferani ifloslantiruvchi manba bu ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga kiradigan ob'ekt (mo'ri, shamollatish shaftasi, ochiq avtoturargoh).
B) Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish manbai bu ifloslantiruvchi moddalarning paydo bo'lishi yoki ularning chiqarilishi sodir bo'lgan ob'ekt (texnik o'rnatish, qurilma, apparatlar, xom ashyo yoki mahsulotlar ombori, xom ashyo yoki mahsulotlarni qayta yuklash joyi, xavfli moddalar bo'lgan idishlar, nafas olish klapanlari, harakatlanish zonalari va boshqalar) va boshqalar).
C) Barcha javoblar to’g’ri
12. Ishlab chiqarish chiqindilari nima?
A) Mahsulotlarni ishlab chiqarishga yaroqsiz bo'lgan xom ashyo turlari, ularning ishlatilmaydigan qoldiqlari yoki texnologik jarayon davomida paydo bo'lgan moddalar (qattiq, suyuq, gazsimon).
B) Texnologik jarayon davomida paydo bo'lgan moddalar (qattiq, suyuq, gazsimon).
C) Mahsulotlarni ishlab chiqarishga yaroqsiz bo'lgan xom ashyo.
13. Prekursor nima?
A) Prekursorlar psixotrop yoki giyohvand moddalar olish mumkin bo'lgan moddalardir.
B) Portlovchi moddalar olinishi mumkin bo’lgan moddalardir;
C) Barcha javoblar to’g’ri
14. Prekursorlarni ko’rsating
A) Konsentrlangan xlorid kislota, konsentrlangan sulfat kislota, toluol, aseton, kaliy permanganat, dietil efir va sirka angidridi;
B) Konsentrlanmagan xlorid kislota, konsentrlanmagan sulfat kislota, toluol, aseton, kaliy permanganat, dietil efir va sirka angidridi;
C) Konsentrlangan xlorid kislota, konsentrlangan sulfat kislota, toluol, aseton, kaliy permanganat, metil efir va sirka angidridi;
15. Demerkurizatsiya nima?
A) Simobni ko'rinadigan miqdorini mexanik tozalash; Simob bilan ifloslangan joylarni kimyoviy tozalash, so'ngra simobni kimyoviy reagentlar bilan reaktsiyasi mahsulotlarini ehtiyotkorlik bilan olib tashlash;
B)Kaltsiy permanganatning xlorid kislota bilan kislotalangan eritmasi yoki temir xloridning 20% ​​eritmasi yordamida tozalash;
C) Barcha javoblar to’g’ri
16. Zararli ishlab chiqarish omillari nima?
A) Muayyan sharoitlarda ishchilarga ta'siri kasallikka yoki ish samaradorligini pasayishiga olib keladigan omillar.
B) Muayyan sharoitlarda ishchilarga ta'siri shikast etkazish yoki sog'lig'ining yomonlashishiga olib keladigan omillar.
C) Barcha javoblar to’g’ri
17. Kanalizatsiya turlari.
A) Sanoat yoki shartli ravishda toza chiqindi suv; maishiy chiqindi suv;
B) Kimyoviy ifloslangan (kislotali, organik chiqindi suv) chiqindi suv.
C) Barcha javoblar to’g’ri
18. Atmosfera havosi tarkibidagi kislorodning formulasi qanday?
A) O2- Мm 16gr B) O2m 32gr
C) O3- Мm 29gr D) CO-Mm 28gr
19. Atmosfera havosi tarkibidagi azotning formulasi qanday?
A) N B) N2
C) N3 D) Ni

20. Atmosfera havosi tarkibidagi argonning formulasi qanday?


A) Ag B) Ar
C) Au D) Al
21. Atmosfera havosi tarkibida kislorodning hajmiy ulushi qancha?
A) 20,65 B) 20,75
C) 21,1 D) 20,95
22. Atmosfera havosi tarkibida azotning hajmiy ulushi qancha?
A) 72,25 B) 76,02
C) 75,23 D) 78,08
23. Atmosfera havosi tarkibida argonning hajmiy ulushi qancha?
A) 0,82 B) 1,02
C) 0,932 D) 1,08
24. Kondensatlangan havoning rangi qanday bo’ladi?
A) Rangsiz suyuqlik; B) Och havo rangida;
C) Sariq rang. D) ko`k rang
25. Qaysi qator faqat valentligi o’zgaruvchan elementlardan iborat?
A) K,C,S,N, P,Fe B) Cu, Ba,N, CI, Br, Cr
C) C, Cr, Cu, P, S D) Ca, Cu, C, H, F, O
26. Havoni tarkibiy qismlarga ajratish jarayoni qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi?
A) Havoni filtrdan o’tishi va siqilishi; dastlabki yaxlatish va tozalash;
B) Rektifikatsiya, gazifikatsiya; maxsulot olish;
C) Barcha javoblar to’g’ri.
27. Musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarning o’tkazgichda bir xil tekis harakatlanishi.
A) Elektr toki B) Kuchlanish
C) tok sig`imi hosil qiladi D) Barcha javoblar to’g’ri.
28. Ikkita bir xil nuqta oralig’idagi elektr tokining yo’nalishi…
A) Elektr toki B) Kuchlanish
C) Magnit maydon to`yinganligi D) Barcha javoblar to’g’ri.
29. 60gr suvda erigan 20gr sulfat kislota (H2SO4) ning massa ulushini toping.
A) 20% B) 25%
C) 30% D) 33%
30. 100 ml suvda erigan 10gr osh tuzi (NaCl) ning massa ulushini toping.
A) 8,08 B) 9,09
C) 10,1 D) 11,3
31. 1000gr suvda erigan 250gr sulfat kislota (H2SO4) ning massa ulushini toping.
A) 20% B) 25%
C) 30% D) 35%
32. 600 ml suvda erigan 80gr osh tuzi (NaCl) ning massa ulushini toping.
A) 10,7 B) 11,7
C) 12,7 D) 10,1
33. 100gr osh tuzi (NaCl) ning tarkibida necha gram natriy mavjud?
A) 35,5gr B) 23gr
C) 58,5gr D) 44,2 gr
34. Kuchlanish pasaytirilganda elektrodvigatel statorining tok ko’rsatkichi …
A) Oshadi B) Kamayadi
C) O’zgarmaydi D) tok kuchi kuchlanishga bog`liq emas
35. Kuchlanish birligi
A) Volt (V) B) Vatt (W)
C) Gerts (Hz) D) Amper (A)
36. Quvvat nima
A) Ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati
B) Elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida ko’chiqishida bajarilgan ishiga teng bo’lgan fizik kattalik
C) energiyaning o`zgarishi
D) to’g’ri javob yo’q
37. Elektr zanjirda tok kuchi qanday asbob bilan o’lchanadi?
A) Ampermetr B) Voltmetr
C) Barometr D) Galvonometr
38. Kuchlanish qanday asbob bilan o’lchanadi?
A) Ampermetr B) Voltmetr
C) Barometr D) Galvanometr
39. Atmosfera bosimi qanday asbob bilan o’lchanadi?
A) Ampermetr B) Voltmetr
C) Barometr D) Gigrometr
40. Elektr zanjiriga voltmeter qanday ulanadi?
A) Parallel B) Ketma-ket
C) Parallel va ketma-ket D)to`g`ri javob yo`q
41. O’zgaruvchan tokning standart kuchlanishining ko’rsatkichi
A) 180V, 220V B) 127V, 400V
C) 127V, 220V, 380V D) 110V, 230V, 380V
42. Havfsiz tok ko’rsatkichi
A) 0,05A B) 0,05÷0,1A
C) 0,1A D) 0,01 A
43. Havfsiz kuchlanish ko’rsatkichi
A) 40 V gacha B) 40 V
C) 40V dan yuqori D) 36 V
44. 250gr sulfat kislota (H2SO4) ning tarkibida necha gram kislorod mavjud?
A) 153,2gr B) 163,2gr
C) 173,2gr D) 168,2 gr
45. Normal sharoitda 2 mol suvning havoga nisbati nechiga teng?
A) 1,44 B) 1,34
C) 1,24 D) 1,18
46. 2 mol suv tarkibida necha gram vodorod mavjud?
A) 2gr B) 3gr
C) 4gr D) 5 gr
47. 2 mol suv tarkibida necha gram kislorod mavjud?
A) 30gr B) 31gr
C) 32gr D) 29 gr
48. 1 mol sulfat kislota (H2SO4) ning tarkibida necha gram kislorod mavjud?
A) 2gr B) 32gr
C) 64gr D) 29 gr
49. 1 mol sulfat kislota (H2SO4) ning tarkibida necha gram oltingugurt mavjud?
A) 2gr B) 32gr
C) 64gr D) 29 gr
50. 5 mol sulfat kislota (H2SO4) ning tarkibida necha gram vodorod mavjud?
A) 10gr B) 160gr
C) 320gr D) 100gr
51. Adsorbtsiya jarayoni bu…
A) suyuqlik yoki gazlarning qattiq yuzalarga yutilishi.
B) qattiq jismning gaz holatiga o’tishi
C) bir moddaning ikkinchi moddaga to’liq yutilishi
D) to`gri javob yo`q
52. Sublimatsiya jarayoni bu…
A) suyuqlik yoki gazlarning qattiq yuzalarga yutilishi.
B) qattiq jismning gaz holatiga o’tishi
C) bir moddaning ikkinchi moddaga to’liq yutilishi
D) to`gri javob yo`q

53. Absorbtsiya jarayoni bu…


A) suyuqlik yoki gazlarning qattiq yuzalarga yutilishi.
B) qattiq jismning gaz holatiga o’tishi
C) bir moddaning ikkinchi moddaga to’liq yutilishi
D) bir muhitni ikkinchi muhitga yutilishi
54. Aerozol bu…
A) Gaz muhitida muallaq saqlanuvchi zarralar sistemasi;
B) Gaz yoki bug’ning suyuqlik qatlamidan o’tishi;
C) Turli zarrachalar, aralashmalar, turli zichliklarga ega bo’lgan suyuqliklarning bir biridan ajratish.
D) ikki muhitdagi gazlarning bir muhitga o`tishi
55. Aerozol turlari
A) Chang, tutun, tuman; B) Eritma, qotishma, aralashma;
C) Chang, aralashma; D) diffuziya, qotishma, aralashma;
56. Barbotaj bu…
A) Gaz muhitida muallaq saqlanuvchi zarralar sistemasi;
B) Gaz yoki bug’ning suyuqlik qatlamidan o’tishi;
C) Turli zarrachalar, aralashmalar, turli zichliklarga ega bo’lgan suyuqliklarning bir biridan ajratish.
D) moddalarning agregat holati.
57. Separatsiya bu…
A) Gaz muhitida muallaq saqlanuvchi zarralar sistemasi;
B) Gaz yoki bug’ning suyuqlik qatlamidan o’tishi;
C) Turli zarrachalar, aralashmalar, turli zichliklarga ega bo’lgan suyuqliklarning bir biridan ajratish.
D) gaz bug`ini qattiq muhitdan ajratib olish
58. Kimyo - ….o’rgatuvchi fan.
A) moddalar, ularning hossalari va ularning boshqa moddaga aylanishini
B) atrof-muhit va ekoligik barqarorlikni
C) tirik mikroorganizm va mavjudodlarning fiziologik rivojlanishi va tuzilishini
D) tabiatdagi barcha jismlarni o`rgaruvchi.
59. Kimyoviy element bu…
A) yadro zaryadi bir hil bo’lgan atomlar turi.
B) musbat zaryadlangan yadro va bir yoki bir nechta manfiy zaryadlangan elektronlardan tarkib topgan elektroneytral zarracha.
C) bir yoki bir necha atomlardan tarkib topgan zarracha
D) neytron, proton va elektron birligi
60. Atom bu …
A) yadro zaryadi bir hil bo’lgan atomlar turi.
B) musbat zaryadlangan yadro va bir yoki bir nechta manfiy zaryadlangan elektronlardan tarkib topgan elektroneytral zarracha.
C) bir yoki bir necha atomlardan tarkib topgan zarracha
D) Moddaning tarkibi
61. Molekula bu …
A) yadro zaryadi bir hil bo’lgan atomlar turi.
B) musbat zaryadlangan yadro va bir yoki bir nechta manfiy zaryadlangan elektronlardan tarkib topgan elektroneytral zarracha.
C) bir yoki bir necha atomlardan tarkib topgan zarracha
D) bir nechta atomning birlashishi
62. Oddiy moddalar..
A) bir xil kimyoviy element atomlaridan tarkib topgan moddalar.
B) turli xil kimyoviy element atomlaridan tarkib topgan moddalar.
C) Barcha javoblar to’g’ri.
D) suyuqlik, gaz, jism
63. Murakkab moddalar…
A) bir xil kimyoviy element atomlaridan tarkib topgan moddalar.
B) turli xil kimyoviy element atomlaridan tarkib topgan moddalar.
C) Barcha javoblar to’g’ri.
D) neytron, proton va elektron birligi
64. Modda hossalari bu...
A) bir moddani boshqa moddadan ajratib turuvchi ishoralari
B) bir moddadan yangi bir moddaning hosil bo’lishi
C) moddalarning o’lchamlari, tuzilishi yoki agregat holati o’zgarishi
D) suyuqlik, gaz, jism
65. Kimyoviy reaktsiya bu...
A) bir moddani boshqa moddadan ajratib turuvchi ishoralari
B) bir moddadan yangi bir moddaning hosil bo’lishi
C) moddalarning o’lchamlari, tuzilishi yoki agregat holati o’zgarishi
D) neytron, proton va elektron birligi
66. Fizik reaktsiya bu...
A) bir moddani boshqa moddadan ajratib turuvchi ishoralari
B) bir moddadan yangi bir moddaning hosil bo’lishi
C) moddalarning o’lchamlari, tuzilishi yoki agregat holati o’zgarishi
D) moddaning kinetik va potensial energiyaga egaligi
67. Mol (0,012 kg 12Cda mavjud bo’lgan atomlar soniga teng bo’lgan modda miqdori) nima?
A) modda miqdori n=m/M
B) moddaniga og’irligi m=n×M
C) moddaning molekulyar massasi M=m/n
D) moddaning atom massasi M=m/n
68. Oksid nima?
A) oksidlanish darajasi minus 2 ga teng bo’lgan kisloroddan va boshqa elementdan tarkib topgan murakkab modda.
B) metal ionlari va ular bilan bog’langan gidrooksidlardan tarkib topgan murakkab moddalar.
C) Vodorod atomi va kislota qoldog’idan tarkib topgan murakkab moddalar.
D) moddaning ishqor muhitni hosil qilishi.
69. Asos nima?
A) oksidlanish darajasi minus 2 ga teng bo’lgan kisloroddan va boshqa elementdan tarkib topgan murakkab modda.
B) metal ionlari va ular bilan bog’langan gidrooksidlardan tarkib topgan murakkab moddalar.
C) Vodorod atomi va kislota qoldog’idan tarkib topgan murakkab moddalar.
D) birlamchi reaksiyaga kiruvchi modda
70. Kislota nima?
A) oksidlanish darajasi minus 2 ga teng bo’lgan kisloroddan va boshqa elementdan tarkib topgan murakkab modda.
B) metal ionlari va ular bilan bog’langan gidrooksidlardan tarkib topgan murakkab moddalar.
C) Vodorod atomi va kislota qoldog’idan tarkib topgan murakkab moddalar.
D) kislotalik xossalarini nomoyon qiladigan muhit.
71. Tuz nima?
A) metal ioni va kislota qoldig’idan tarkib topgan murakkab modda.
B) metal ionlari va ular bilan bog’langan gidrooksidlardan tarkib topgan murakkab moddalar.
C) Vodorod atomi va kislota qoldog’idan tarkib topgan murakkab moddalar.
D) kislota qoldig`i
72. Yer yuzida eng ko’p tarqalgan kimyoviy element bu
A) kislorod
B) azot
C) uglerod
D) alyuminiy
73.Zichlik (ρ=m/V) nima?
A) Jism massasining hajmiga nisbati
B) Jism hajmining massasiga nisbati
C) og`irlikni ifodalovchi kattalik
D) to’g’ri javob yo’q
74. Nasos nima?
A) Mexanik energiyani dvigatel yoki mushak kuchi yordamida suyuqlikni bosim ostidagi suyuqlik oqimi energiyasiga aylantirib beruvchi gidravlik mashina.
B) Gaz yoki suyuqlik bosimni ko’tarib beruvchi va uzatuvchi texnik qurilma yoki energetik mashina.
C) Ichida turli haroratlarga ega ikki muhitning issiqlik almashinish jarayoni kechadigan texnik qurilma.
D) suyuqlikni harakatga keltiruvchi mashina
75. Kompressor nima?
A) Mexanik energiyani dvigatel yoki mushak kuchi yordamida suyuqlikni bosim ostidagi suyuqlik oqimi energiyasiga aylantirib beruvchi gidravlik mashina.
B) Gaz yoki suyuqlik bosimni ko’tarib beruvchi va uzatuvchi texnik qurilma yoki energetik mashina.
C) Ichida turli haroratlarga ega ikki muhitning issiqlik almashinish jarayoni kechadigan texnik qurilma.
D) gazni siquvchi qurilma
76. Issiqlik almashtirgich nima?
A) Mexanik energiyani dvigatel yoki mushak kuchi yordamida bosim ostidagi suyuqlik oqimini energiyasiga aylantirib beruvchi gidravlik mashina.
B) Gaz yoki suyuqlik bosimni ko’tarib beruvchi va uzatuvchi texnik qurilma yoki energetik mashina.
C) Ichida turli haroratlarga ega ikki muhitning issiqlik almashinish jarayoni kechadigan texnik qurilma.
D) Gazlarning adiabatik holati
77. Suv bilan osh tuzini aralashtirsa qanday eritma hosil bo’ladi?
A) Ishqorli eritma
B) Kislotali eritma
C) Tuzli eritma
D) sho`r eritma
78. Ishqorli eritma hosil bo’lishi uchun qanday moddalar aralashtiriladi?
A) NaOH+H2O
B) HCl+H2O
C) NaCl+H2O
D) CaCO+ H2O
79. Kislotali eritma hosil bo’lishi uchun qanday moddalar aralashtiriladi?
A) HCl+H2O
B) NaOH+H2O
C) NaCl+H2O
D) CaCO+ H2O
80. Tuzli eritma hosil bo’lishi uchun qanday moddalar aralashtiriladi?
A) NaCl+H2O
B) NaOH+H2O
C) HCl+H2O
D) CaCO+ H2O
81. 100V elektr kuchlanishga ega elektr qurilmalar bilan ishlovchi xodim elektr havfsizligi bo’yicha nechanchi gruppaga ega bo’lishi kerak.
A) 2 dan past emas
B) 3 dan past emas
C) A javob to’g’ri
D) 4 dan pasy emas
82. “Ishga tushirilmasin! Insonlar ishlamoqda!” plakati qayerda ilib qo’yiladi?
A) Kirish joyida
B) Avtomat rubilniklarida
C) Chiqish joyida
D) Ish olib borilayotgan qurilmaga
83. Tokga ulangan qismlarni yerlashtirish qanday maqsadda amalga oshiriladi.
A) Ish o’rniga yanglish uzatilgan kuchlanishdagi elektr tokidan ishchilarni himoya qilish uchun.
B) Ish o’rniga yanglish uzatilgan kuchlanishdagi elektr tokidan asboblarni himoya qilish uchun.
C) elektr qurilmani yuqori kuchlanishdan saqlash uchun
D) Hamma javoblar to’g’ri.
84. Grunt balandligidan … metr balandlikda olib boriladigan ishlar elektr qurilmalarida balandlikda ishlash deb ataladi.
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
85. Absolyut bosim datchigi bo‘sh quvurda qancha bosim ko‘rsatadi?
A) 1 MPa atrofida
B) 0 bar atrofida
C) 1 bar atrofida
D) 110 kPa atrofida
86. Zanjirdagi elektor toki kuchi qanday o‘lchanadi?
A) Ampermetrni zanjirga ketma-ket ulash orqali.
B) Ampermetrni zanjirga parallel ulash orqali.
C) Ikki usulda ham o‘lchasa bo‘ladi.
D) Voltmetrni ketma-ket ulash orqali.
87. Quyidagi jarayonlarning qaysilari kimyoviy jarayon?
1. metanning yonishi
2. alyuminiy simning cho’zilishi
3. muzning erib suyuq holga o’tishi
4. temirning zanglashi
5. suvning bug’lanishi
A) 1, 2
B) 3, 4
C) 3, 5
D) 1, 4
88. Termojuftlikning chiqish signali qaysi birlikda o‘lchanadi:
A) mkV
B) Ohm.
C) mA.
D) µH.
89. Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko’rsating
A) uzum sharbatining bijg’ishi
B) benzinning yonishi
C) yog’ning sovuqda qotishi
D) ohakning so’ndirilishi
90. Temperatura 200 Farengeytdan Selsiyga o‘zgartirilganda qanchaga teng bo‘ladi?
A) 93,30 0 C
B) 105,50 0 C
C) 80,60 0 C
D) 110,40 0 C
91. 100 N/m2 va 1,5 kPa ga teng bo‘lgan bosimni Paskalda ifodalang.
A) 100 Pa, 150 Pa.
B) 10 Pa, 150 Pa.
C) 100 Pa, 1500 Pa.
D) 10 Pa, 1500 Pa
92. Sanoatda termoelektrik termometrlar haroratni o‘lchash chegarasi?
A) 50 0 C dan 2500 0 C
B) -50 0 C dan 1000 0 C
C) -60 dan 500 0 C
D) -200 dan 2500 0 C
93. Avagadro doimiysi qiymati
A) 6,02* 1023
B) 6,002* 10-23
C) 6,03* 1023
D) 6,002* 1024
94. Moddalar necha xil agregat holatda bo'ladi ?
A)1
B) 2
C) 3
D) 4
95. Manometr qanday bosimni o‘lchaydi?
A) Atmosfera bosimini o‘lchaydi.
B) Ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi.
C) Mutloq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi.
D) Kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi.
96. Xalqaro bosim birligi Paskal quyidagiga teng…
A) 1 H/sm2
B) 1 H/dm2
C) 1 H/m2
D) 1 mm.sim.ust.
97. Quyidagi bosim qiymatlaridan eng kattasi?
A) 0,5*104 Pa
B) 9 kPa
C) 0.06 MPa
D) 0.5mPa
98. Moddaning hajmiy sarfi qanday birliklarda o‘lchanadi?
A) l/s, m3/s, m3/soat.
B) kg/s, m3/s.
C) kg/s, t/s.
D) m3/soat, kg/s, t/s.
99. Bosim o‘lchov formulasi?
A) P=F/S
B) P=ma
C) R=U/I
D) P=A/T
100. Kuch qo‘yilgan sirt yuzasi bosim bosim qanday bog‘liq
A) Bog‘liq emas
B) Yuza kichraytirilsa bosim ham kamayadi
C) Yuza kichraysa bosim ortadi
D) Yuza kichraytirilsa bosim uzgarmaydi
101. Bosim o‘lchash asbobi diapazoni 0-200 kPa, ishlash signali 4-20 mA, 50 kPa chiqish signali qanchaga teng?
A) 12 mA
B) 8 mA
C) 4 mA
D) 16 mA
102. 44,8 litr karbonat angdirid hosil qilish uchun (n.sh)da necha gramm CaC03 ni parchalash lozim.
A) 25g;
B) 50g;
C) 200 g;
D) 150g
103. Toraytirish (drossel shaybasi) qurilmalari nima maqsadda foydalaniladi?
A) Bosimni tenglashtirish maqsadida
B) Bosimni kengaytirish maqsadida
C) Moddaning amaldagi tezligini kamaytirish maqsadida
D) Bosimlar farqi paydo bo‘lishu uchun
104. Ultratovushli sarf o‘lchash asboblaridan qanday hollarda foydalaniladi?
A) Ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda foydalaniladi
B) Ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklar, shuningdek tez o‘zgaruvchan va pulslanuvchi oqimlar, distillandan suv va gaz sarfini o‘lchashda foydalaniladi.
C) toza distillangan suv va gazlar sarfini o‘lchashda foydalaniladi.
D) Gazlar va bug‘ sarfini o‘lchashda foydalaniladi.
105. Hozirgi paytda nechta kimyoviy elementlar bor?
A) 105 ta
B) 130 ta
C) 109 ta
D) 118 ta
106. Metrologiya nima?
A) O`lchovlar, ularning bir xilligini ta`minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo`llari haqidagi fan
B) Yer atmosferasi va unda sodir bo`layolgan fizik jarayonlarni o`rganadigan fan
C) Davlat organlari va yuridik shaxlarning o`lchovlari yagona birlikda bo`lishini ta`minlashga qaratilgan fan
D) O`lchov vositalarining belgilab qo`yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmui
107. Analizatorlar deb qanday asboblarga aytiladi?
A) Moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladigan o`lchov vositalaridir.
B) Tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig`indisi konsentratsiyasi haqida ma’lumot beriladigan qurilmalardir.
C) Gaz aralashmasi issiqlik o`tkazish qobiliysatining tekshirilayotgan komponent konsentrataiyasiga bog`liqligini aniqlaydigan asbobdir
D) suyuqliklarning elementar, funksional yoki molekulyar tarkibini aniqlaydigan asboblardir
108. Valentlikka berilgan to’g’ri ta’rifni ko’rsating
A) Modda tarkibining kimyoviy belgilar va indekslar yordamida ifodalanishi
B) Element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati
C) Bir xil sharoitdagi turli gazlarning br hajmidagi molekulalar soni bir xil bo’lishi
D) Kimyoviy elementlarning bir – biri bilan o’z ekvivalentlariga proporsional bo’lgan massa miqdorlarda birikish yoki almashinish
109. Elektr zaryadi o`lchov birligi?
A) Farada
B) Tesla
C) Genri
D) Kulon
110. Elektr o`tkazuvchanlik o`lchov birligi?
A) Amper
B) Kilovatt/soat
C) Simens
D) Volt
111. Induktivlik o`lchov birligi
A) Farada
B) Tesla
C) Genri
D) Veber
112. Quyida keltirilgan birikmalarning qaysilari oksidlardir
1) Li2O 2) CaS 3) P2O5 4) H2SiO3
A) 1, 2
B) 1, 4
C) 1, 3
D) 2
113. Zaryadlangan ikkita kichik sharning har birining zaryadi 2 barobarga kamaytirilsa va ular orasidagi masofa o`zgarishsiz qolsa o`zaro Kulon ta’siri qanday o`zgaradi
A) 4 martta kamayadi
B) 2 martta kamayadi
C) 4 martta ortadi
D) 2 martta ortadi
114. Kuchlanishi 24 V, ichki qarshiligi 2 Om bo`lganda EYUK li tok manbaiga 4 Om elektr qarshiligi ulandi. Zanjirgadi tok kuchini aniqlang.
A) 3 A
B) 12 A
C) 4 A
D) 6 A
115. Moddani qaysi holadiga uni siqib hajmini kamaytirish mumkin?
A) Gaz
B) Suyuqlik
C) Qattiq
D) Hamma javoblar to`g`ri, 3 ta holatda ham
116. Havoning namligini qanday asbob bilan o`lchanadi?
A) Barometr
B) Manometr
C) Termomert
D) Gigrometr
117. Elektr toki deb nimaga aytiladi?
A) Zaryadli razzalarning tartibli oqimiga aytiladi
B) O`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida o`tayotgan zaryad miqdoriga aytiladi
C) Vaqt birligida bajarilgan ishga aytiladi
D) Vaqt o`tishi bilan qiymati va yo`nalishi o`zgarmaydigan elekrt tokiga aytiladi
118. Tok kuchi qanday asbobda o`lchanadi?
A) Voltmetr
B) Ampermetr
C) Megaommetr
D) Dinamometr
119. Generator deb nimaga aytiladi?
A) Elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilma
B) Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma
C) O`zgaruvchan tokning chastotasini o`zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o`zgartirib beruvchi qurilma
D) Elektr batareyelan va akkumulyator batareyalarini tashqi manba energiyasi bilan zaryad qiluvchi elekrton qurilma
120. Qaysi elektr zaryad tashuvchilar metallarda elektr tokini hosil qiladi?
A) Elektron va musbat ionlar
B) Musbat va manfiy ionlar
C) Musbat, manfiy ionlar va elekrtonlar
D) Faqat elektronlar
121. Temirning atom massasi 56 va tartib raqami 26 ga teng bo’lsa, uning atomida nechta proton va neytron bo’ladi?
A) 30, 30
B) 30, 18
C) 28, 30
D) 26, 30
122. Ɛ=5 V va ichki qarshilik r=4 om bo`lgan 5 ta bir xil tok manbayi yopiq zanjir hosil qilib ketma-ket ulangan. Zanjirdagi tok kuchi nechaga teng?
A) 0 A
B) 1,25 A
C) 0,25 A
D) 6 A
123. Modda tarkibini kimyoviy belgilar bilan ifodalanishi
A ) elementning valaentligi *B) kimyoviy formula C) ekvivalantlar qonuni D) kislotalar
124. Diyen uglevodorodining umumiy formulasini belgilang
A) Cn+H2n+2
B) Cn+H2n
C) Cn+H2n-6
D) Cn+H2n-2
125. Vulkanizatsiya deb nimaga aytiladi?
A) Uglevodorodlarni polimerlash jarayoni
B) Kauchuk va oltingurgut reaksiyasi orqali rezina olish jarayon
C) polimerlarni parchalash jarayoni
D) To`yingan va To`yinmagan uglevodorodlarni birikish jarayoni
126. Mis sulfаt qаysi kislоtаning tuzi?
А) HCI
В) H2SO4
C) HNO3
D) HBr
127. Qaysi davrlar kichik davrlar hisoblanadi?
A) 1, 2 davrlar
B) faqat 1- davr
C) 1, 2, 3 davrlar
D) 1, 3 davrlar
128. HPO3→H+ + PO3- reaksiyada necha xil ion bor
A) 1 xil
B) 2 xil
C) 3 xil
D)4 xil
129. Donor qanday ma’noni anglatadi?
A )beruvchi
B )qabul qiluvchi
C) bog’lanish
D) elektron qabul qilish
130. Metallmaslar metallar bilan birikib qanday bog’lanishli birikmalar hosil qiladi?
A) kovalent
B) metal bog’lanish
C) ion bog’lanish
D) qutbli kovalent bog’lanish
131. KCl shu birikmada kaliy ionining zaryadi nechiga teng?
A) +1
B) -1
C) +2
D)-2
132. Birikmalarda faqat -1 oksidlanish darajasini namoyon qiluvchi elementni ko’rsating
A) Cl
B) Br
C) O
D) F
133. Elektr tokening issiqlik ta`siri qaysi muhitdan o`tganda kuzatilmaydi?
A) Vakuumda
B) Gazda
C) Metallda
D) Suyuqlikda
134. Metall atomi va gidroksid gruppadan tashkil topgan murakkab moddalar nima deyiladi?
A) asoslar
B) kislotalar
C) tuzlar
D) oksidlar
135. Fosfat kislota dissotsiyalanganda nechta ion hosil qiladi?
A) 6 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 3 ta
136. Peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi nechiga teng bo’ladi
A) -1
B) -2
C)+1
D)+2
137. Asoslar suvda erish va erimasligiga qarab nechiga bo’linadi
A)2
B)3
C) 4
D)5
138. Yadro tarkibida qanday zarrachalar mavjud?
A) proton, neytron, elektron
B) proton, yadro elektron
C) ion, neytron
D) neytron, yadro, ion
139. H2SO4 dissotsiyalanganda nechta ion hosil bo’ladi?
A)3
B)2
C)5
D)4
140. Kislorod molekulasida qanday bog’lanish mavjud?
A) kovalent
B) metal bog’lanish
C) ion bog’lanish
D) qutbli kovalent bog’lanish
141. Quyidagi keltirilgan kuchlardan qaysi biri ish bajarmaydi?
A) Lorens kuchi
B) Arximed kuchi
C) Amper kuchi
D) Kulon kuchi
142. Ortofosfat kislotani tanlang
H2SO4
B) Cl
C) HPO3
H3 PO4
143 Quyidаgi kimyoviy rеаksiyadа qаndаy mоddа CO2 bilаn rеаktsiyagа kirishаdi?
CO2+ … → K2CO3+H2O
А) KHCO3
B) KOH
C) K2O
D) KCI
144. Har qanday gazning har bir kilomoli normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?
A) 22 m3
B) 122 m3
C) 24 m3
D) 22,4 m3
145. Quyidаgi qаysi elеmеnt аtоmi o’zidаn bittа elеktrоnini оsоn bеrаdi?
А) nаtriy
B) mаgniy
C) krеmniy
D) fоsfоr
146. Quyidаgi sхеmаlаrdаn qаysi biri o’rin оlish rеаksiyagа tеgishli
А) AI+O2
B) AI+H2SO4
C) FeO+HCI →
D) CaO+CO3
147. 6 gr vоdоrоdning kislоrоddа yonishi nаtijаsidа hоsil bo’lgаn suvning mаssаsi vа miqdоrini (mоlni) аniqlаng
А) 4 mоl 65 gr
B) 1 mоl 18 gr
C) 2 mоl 54 gr
D) 2 mоl 45 gr
148. 12 gr uglеrоddа nеchtа аtоm bo’lаdi?
А) 6,05·1023
B) 6,02·1023
C) 6,05·1028
D) 6,02·1028
149. Misning simоb (II) nitrаt eritmаsi bilаn o’zarо tа’siri qаndаy kimyoviy rеаksiya turigа mаnsub?
А) birikish
B) аlmаshinish
C) o’rin оlish
D) pаrchаlаnish
150. Quyidаgi rеаksiya tеnglаmаlаrining qаysi biridа kislоtа hоsil bo’lаdi?
А) SO3+NaOH →
B) N2O5+H2O →
C) Na2O+H2O →
D) CaO+H2O →
151. Kаrbоnаt аngidridning zichligini ko’rsiting
А) 2,01 g/l
B) 1,61 g/l
C) 1,96 g/l
D) 2,21 g/l
152. Tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydigan jarayonni belgilang
A) Izotermik
B) Izoxorik
C) Izobarik
D) Adiabatik
153. Mendeleyev-Klaperon tenglamasini ko`rsating
A) PV=(m/M)*RT
B) PV=0
C) PV=-PV
D) PV=RT
154. Ichki energiyaning o`zgarishi qanday harf bilan belgilanadi?
A) ∆U
B) ∆A
C) ∆V
D) Q
155. Hajm o`zgarmas jarayon formulasini toping?
A) P1/T1=P2/T2
B) PV=(m/M)*RT
C) PV=-PV
D) PV=RT
156. Bosim o`zgarmas jarayonni toping?
A) P1/T1=P2/T2
B) PV=(m/M)*RT
C) PV=-PV
D) V1/T1=-V2/T2
157. Harorat o`zgarmas jarayon formulasini toping?
A) P1/T1=P2/T2
B) ∆Q=0
C) PV=const
D) V1/T1=V2/T2
158. Ichki energiyani ifodalovchi kattalikni toping?
A) Temperatura
B) Bosim
C) Hajm
D) Issiqlik miqdori
159. Kelvindan Selsiyga o`tish formulasini toping?
A) C=°t-273,15
B) C=°t +273,15
C) C=°t +32
D) C=32-°t
160. Хlоr iоni qаysi ishqor yordаmidа аniqlаnаdi?
А) Fe(OH)2,
B) Cr(OH)2,
C) KOH
D) Ba(OH)2
161. Atom qanday zarrachalardan tashkil topgan va uni yadrosida qanday zarrachalar bor?
A) Yadro tarkibida proton bo`ladi, atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanuvchi eletronlardan tashkil topgan elektro neytral zarracha
B) Atom- musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan elektro neytral zarracha
C) Atom – musbat zaryadlangan yadro va atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarracha, yadro tarkibida elekrton mavjud
D) Atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakalanuvchi elektronlardan tashkil topgan elekrtoneytral zarracha, yadro tarkibida proton va neytron mazjud
162. Molyar massa nima va nisbiy massadan farqi nima?
A) Molyar massa-har qanday moddaning 1 molining massasi nisbiy massadan farqi yo`q
B) Molyar massa-har qanday moddaning 1 molining massasi bo`lib nisbiy massadan farqi o`lchov birligi litrda bo`ladi
C) Molyar massa-har qanday moddaning 1 molining massasi bo`lib, nisbiy massadan farqi birligi grammda bo`ladi
D) Molyar massa-har qanday moddaning 1 molining massasi bo`lib, nisbiy massadan farqi birligi hajmda bo`ladi.
163. oksidlanish nima?
ionlanish energiyasi
B) elektronning atomdan ajralishi
C) elektron berish jarayoni
D) to’g’ri javob yo’q
164. Po’latning tarkibida qancha uglerod bor?
A) 10%
B) 20%
C) 2%
D) 5%
165. Kаrbоnаt аngidridning zichligini ko’rsiting
А) 2,01 g/l
B) 1,61 g/l
C) 1,96 g/l
D) 2,21 g/l
166. Kimyoviy xodisalarga kirmaydigan jarayonlarni ko`srating
A) Binzenning yonishi
B) Uzum sharbatining bijg`ishi
C) Ohakning so`ndirilishi
D) yog`ning sovuqda qotishi
167. Kimyoviy elеmеntlаrning kimyoviy bеlgisi 1814 yil kim tоmоnidаn tаklif qilingаn?
А) Ya. Bеrtsеlius;
B) D.Mеndеlееv;
C) M.Lоmоnоsоv;
D) А.vа C.
168. Kimyoviy reaksiya turlari nechta?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5ta
169. Quyidagi o`zgarishlarning qaysilari kimyoviy jarayonlarga ta`luqli?
1. Kislorodning ozonga aylanishi
2. Kislorodni suyultirilgan havodan olish
3. simob(II) oksiddan kislorodni olish
4. Kaliy permanganatdan kislorod olish
A) 2,3,4
B) 1,4
C) 1,3
D) 1,3,4
170. Faraz qilinki, taroining chap pallasiga 12,04·1023 dona temir atomlari, o`ng pallasiga esa xuddi shuncha kremniy atomlari joylashtirilgan. Tarozi pallalarini muvozanatga keltirish uchun nima qilish kerak?
A) chap pallasiga 12,04·1023 dona temir atomlarini qo`shish kerak
B) o`ng pallasiga 12,04·1023dona kremniy atomlarini qo`shish kerak.
C) chap pallasiga 12,04·1023 dona kremniy atomlarini qo`shish kerak
D) o`ng pallasiga 6.02·1023 dona temir atomlarini qo`shish kerak
171. Quyidagi hodisalardan qaysi biri kimyoviy hodisaga misol bo’ladi?
A) suvning qaynashi
B) shishaning sinishi
C) qog’ozning yonishi
D) suvning bug’lanishi
172. N2O5 da azotning valentligi nechiga teng?
A ) 1
B) 2
C) 4
D) 5
173. 2.Massasi 245 gr bo’lgan Bertole tuzi parchalanishidan hosil bo’lgan kislorod molekulalarining sonini hisoblang.
A) 6,02 x1023
B) 12,04 x 1023
C) 18,06 x 1023
D) 24,08 x 1023
174. Dixromat kislotaning struktura formulasida nechta sigma va pi bog’ bor?
A) 10 ta δva 4 ta π
B) 11 ta δva 5 ta π
C) 12 ta δva 3 ta π
D) 9 ta δva 6 ta π
175. Bir xil miqdordagi metall 0,2 gr kislorodni yoki 3,17 gr galogenni biriktirib oladi. Galogenni ekvivalentini hisoblang.
A) 19
B) 35,5
C ) 80
D) 127
176. 0,64 gr metallningsuvbilano’zarota’siridan 183,7 ml vodorod ajralib chiqsa , metallning ekvivalentini aniqlang.
A) 9
B) 39
C) 31,25
D) 22,9
177. Elektronningkvantsonlari : n=3 ,l=2, ml=0 ,ms=-1/2 bilanifodalanuvchielementning electron konfiguratsiyasiasosidauni toping.
A) Fe
B) Co
C) Ni
D)Cu
178. xrom elementining electron konfiguratsiyasi asosida kvant sonlari qiymatlari berilgan qatorni toping.
A) n=3 ,l=2, ml=0 ,ms=-1/2
B) n=3 ,l=2, ml=+1 ,ms=+1/2
C) n=3 ,l=2, ml=+2 ,ms=+1/2
D) n=3 ,l=2, ml=-3 ,ms=+1/2
179. Izotop yadrosida 81 ta neytron bo’lib u yadroning 59,13 % ini tashkil etadi . Izotopning nisbiy atom massasini toping.
A)137
B)127
C)131
D)119
180. Tarkibida 2,408 x 10 23ta kislorod atomi bo’lgan kaliygidroksidning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,1mol
B) 0,2mol
C) 0,3mol
D) 0,4mol.
181. Elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p63d14s2 bo`lgan elementning yuqori oksidini ko`rsating.
A) EO2
B) E2O3
C) EO
D) E2O5
182. 4d105s1 va 6s26p2 egabo`lganelementlarqaysijihatdano`xshash?
A) uchuvchan birikmalar hosil qiladi;
B)diagonal o`xshashlik mavjud;
C) elektro manfiyligi bir xil;
D) tashqaridan oldingi qavatidagi elektronlar soni bir xil.
A) a,b,c
B) b,c
C) c,d
D) b,c,d
183.metanga nisbatan zichligi 4 bo’lgan gazning havoga nisbatan zichligini toping.
A) 2,2
B) 2,5
C) 3,2
D) 3,4
184. 10,6 gr natriy karbonatning modda miqdorini toping.
A) 0,1 mol
B)0,5 mol
C) 0,25 mol
D) 0,75 mol
185. Tarkibida 12,04 x 1023 ta kislorod bo’lgan Na2SO4ning massasini toping.
A) 71 gr
B) 142
C)144
D)74
186. 8 gr NaOH 7,1 gr kislota bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishi ma’lum bo’lsa, noma’lum kislotaning ekvivalent miqdorini aniqlang.
A) 49
B) 35,5
C) 63
D) 33
187. Elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p63d64s2 bo`lgan elementning yuqori oksidi tarkibida 27,58 % kislorod bo’lsa, uni ko`rsating.
A) EO2
B) E2O3
C) E3O4
D) E2O5
188. Tarkibida 6,02 x 1024 ta kislorod bo’lgan suvning massasini toping.
A) 18 gr
B) 180 gr
C) 360 gr
D) 36 gr
189. Zichligi 0,0893 g/l (n.sh) bo’lgan gaz tarkibiga kiruvchi bitta atomning massasi qanday bo’ladi?
A) 1,33 x 10-24
B) 1,66 x10-24
C) 3,66 x 10 -24
D) 1,55 x10 -23
190. Uglerod (IV) oksid 22 0 C da va 500 kpa bosimda hajmi 20 litr bo’lgan idishda saqlanadi. Uning massasini hisoblang.
A) 179,5
B) 184,6
C) 158,9
D) 201,6
191. Havoga nisbatan zichligi 1,103 ga teng bo’lgan gazning geliyga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 8
B) 16
C) 22
D) 14
192. 8 gr vodorod yonganda hosil bo’lgan suv molekulalari sonini toping.
A) 2,4 x 1024
B) 6,02 x 1024
C) 1,2 x 1024
D) 1,8 x 1023
193. Tarkibida 6,02 x 10 23 ta uglerod atomi bo’lgan buten necha litr hajmni egallaydi.
A) 2,8
B) 5,6
C) 22,4
D 13,44
194. Uglerod (IV) oksid 22 0 C da va 500 kpa bosimda hajmi 20 litr bo’lgan idishda saqlanadi. Uning massasini hisoblang.
A) 179,5
B) 184,6
C) 158,9
D) 201,6
195. Havoga nisbatan zichligi 1,103 ga teng bo’lgan gazning geliyga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 8
B) 16
C) 22
D) 14
197. Moddalar massasining saqlanish qonuni qanday ta`riflanadi?
A) har qanday murakkab moddasning tarkibi, qaysi usulda olinishidan qat`iy nazar, bir xil bo`ladi
B) elektorda ajralib chiqqan modda massasi elektrolitdan o`tgan tok kuchiga bog`liq bo`ladi.
C) agar ikki element o`zaro bir necha birikma hosil qilsa, bir element boshqa elementning bir xil va muayyan miqdori bilan birikadigan og`irlik miqdorlari o`zaro kichik butun sonlar kabi nisbatda bo`ladi.
D) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo`ladi
198. Molekulyar og`irliklari yig`indisi eng katta bo`lgan moddalar qatorini ko`rsating
A) ammiak, azot(IV) oksid, vodorod
B) suv, metan, azot (IV) oksid
C) azot (II) oksid, suv, azot (IV) oksid
D) suv, ammiak, metan
199. Izotopyadrosida 81 ta neytronbo’lib u yadroning 59,13 % initashkiletadi . Izotopningnisbiy atommassasini toping.
A)137
B)127
C)131
D)119
200. Tarkibida 2,408 x 10 23ta kislorodatomibo’lgankaliygidroksidningmiqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,1mol
B) 0,2mol
C) 0,3mol
D) 0,4mol.
Download 288.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling