Havoning nisbiy namligini avgust psixrometri


Download 192.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi192.61 Kb.
#1378473
  1   2
Bog'liq
№8 HAVONING NISBIY NAMLIGINI AVGUST PSIXROMETRI



LABORATORIYA ISHI №8 
HAVONING NISBIY NAMLIGINI AVGUST PSIXROMETRI 
BILAN ANIQLASH. 
Ishning maqsadi: havodagi absolyut va nisbiy namlik tushunchasi bilan 
tanishish va ularni aniqlash. 
Kerakli asboblar: psixrometr, batist parchasi, menzurka, suv. 
Nazariy qism 
Yer atmosferasida har doim ma’lum miqdorda suv bug‘i bo‘ladi. Hisoblashlar 
ko‘rsatadiki, bir yil davomida okean, dengiz, ko‘llar, daryolar sathidan o‘rtacha 
4.25∙10
4
𝑡 suv bug‘lanadi va shu bug‘langan massaning 1/4 qismi quruq yer sahniga 
qor, yomg‘ir sifatida tushadi. 
Atmosferadagi suv bug‘ining miqdori fasllarga qarab bulut, tuman, shudring 
paydo qilishi mumkin. Havoning suv bug‘ining miqdori ob-havo sharoitini 
aniqlashda eng asosiy ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi. Ob-havo sharoitini 
oldindan aniqlay olish esa (meterologiya) qishloq xo‘jaligida, aviasiya va 
kemasozlikda, baliqchilikda alohida ahamiyatga egadir. Namgarchilik oz yoki 
ko‘pligiga qarab dehqonchilik hosili, yem-xashak bazasi, binobarin uning 
mahsuldorligi aniqlanadi.
Havo namligini aniqlash maxsus meva, poliz, mahsulotlarini saqlovchi 
omborlarda, ularni quritish korxonalarida, chang-to‘zon ko‘tarilishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan sanoat korxonalarida, ipak qurti boqishi lozim bo‘lgan joylarda katta 
ahamiyatga ega. Bunday joylarda havo namligi faqatgina o‘lchanibgina 
qolmasdan, ma’lum me’yorda ushlanib ham turiladi. 
Havoni tashkil etuvchi komponentlardan biri suv bug‘idir. Suv bug‘i miqdori 
odatda to‘yinish darajasidan ancha uzoqda bo‘ladi. 
Yer atmosferasidagi suv bug‘ining miqdorini havoning namligi xarakterlaydi. 
Amalda absolyut va nisbiy namlik tushunchalari ishlatiladi. 


1m
3
havoda bor bo‘lgan suv bug‘i miqdorining grammlar bilan olingan 
hisobiga absolyut namlik deyiladi. Absolyut namlik tushunchasi suv bug‘ining 
to‘yinish darajasiga qanchalik yaqin yoki uzoq ekanligini xarakterlamaydi. 
Shuning uchun ham nisbiy namlik tushunchasi kiritiladi. 
Nisbiy namlik deb, absolyut namlikning shu temperaturadagi to‘yingan bug‘ 
miqdorga nisbatiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda nisbiy namlik absolyut 
namlik miqdori havoni to‘yintirishi lozim bo‘lgan bug‘ miqdorining qancha 
qismini tashkil etishini ko‘rsatadi. Odatda nisbiy namlikni foizlarda o‘lchaydi: 
𝜑 =
𝜌
𝜌
𝑇
∙ 100% (1) 
Nisbiy namlikni havodagi suv bug‘i bosimi P ni o‘lchash orqali ham 
aniqlash mumkin. Chunki suv bug‘ining zichligi ρ uning bosimi P ga to‘g‘ri 
proporsionaldir. 
Shuning uchun ham ρ ni P bilan,
𝜌
𝑇
esa 
𝑃
𝑇
to’yingan bilan almashtirsak: 
𝜑 =
𝑃
𝑃
𝑇
∙ 100% (2) 
To‘yingan suv bug‘i havoning temperaturasiga bog‘liq bo‘lganligi tufayli 
havoning nisbiy namligi faqat absolyut namlikkagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, 
havoning temperaturasiga ham bog‘liq. Nisbiy namlikni aniqlashda P
t
va ρ
t
miqdori maxsus jadvaldan olinadi. 
Suv bug‘ining 0
0
C va 30
0
C temperatura oralig‘idagi zichligi va bosimi 
jalvallarda keltirilgan. Bu jadvaldan foydalanib shu temperaturadagi to‘yingan suv 
bug‘i bosimini aniqlash mumkin. φ esa tajribada aniqlanadi, (2) formula orqali 
nisbiy namlik topiladi. 
Absolyut namlikni shudring nuqtasini aniqlash orqali ham topish mumkin. 
Shudring nuqtasi deb havodagi suv bug‘ining to‘yingan bug‘ga aylantirilgandagi 
temperaturasiga aytiladi.
Umuman aytganda to‘yinmagan bug‘ni ikki xil usul bilan to‘yingan bug‘ga 
aylantirish mumkin: 1) temperaturani pasaytirish; 2) bosimni oshirish.
To‘yingan bug‘ hosil bo‘lganligini shudring-suv tomchilarining paydo 
bo‘lishi orqali bilish mumkin. Agar havoda suv bug‘ining miqdori juda kam


bo‘lsa, havoni shudring nuqtasidan past temperaturagacha ham sovitish mumkin. 
Bundy hollarda shudring hosil bo‘lmaydi. Bu vaqtda hosil bo‘lgan bug‘ga o‘ta 
to‘yingan bug‘ deyiladi. O‘ta to‘yingan bug‘ to‘yingan bug‘ hosil bo‘lishi uchun 
zarur bo‘lgan kondensasiya markazlari bo‘lmaganligi tufayli sodir bo‘ladi. Bunday 
bug‘ga ozgina zaryadlangan zarrachalar va ayniqsa ionlarning kiritilishi 
kondensasiya markazi bo‘lib xizmat qiladi. 
Havo namligini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan 
usullardan biri psixrometrik usuldir. Bu usulning mohiyati quyidagicha: ikkita bir 
xil termometr bir xil havo oqimida olinadi. Bunday holda har ikkala termometrning 
ko‘rsatishi bir xil bo‘ladi. Agar termometrlardan birining simob sharchasi 
ho‘llangan batist bilan o‘ralsa, termometrning ko‘rsatishi 2 xil bo‘lib qoladi. 
Ho‘llangan termometr quruq termometrdan past temperaturani ko‘rsatadi. 
Termometrlar ko‘rsatgichi orasidagi farq havoning namligi qancha kichik 
bo‘lsa, ular orasidagi farq shuncha katta bo‘ladi. Ho‘llangan termometr 
ko‘rsatgichi batistdagi suv bug‘langanligi va shu tufayli bug‘lanish paytida sovish 
yuz berganligi uchun pasayadi. Pasayish miqdori esa havoning namligiga bog‘liq. 
Ho‘llangan termometrdagi suv bug‘lanishi uchun sarflanadigan issiqlik miqdori Q
1
atrof-muhitdan termometrga keluvchi issiqlik miqdori Q
2
bilan tenglashganda 
ho‘llangan termometr ko‘rsatishi doimiy bo‘lib qoladi. 
Vaqt birligi ichida suv bug‘lanishi tufayli sarflanadigan issiqlik miqdori 
Nyuton qonuniga ko‘ra 
𝑄1 = 𝛼(𝑡
q
−𝑡
h
)
𝑆
(3) 
bu yerda α -proporsionallik koeffitsienti, (
𝑡
q
− 
𝑡
h
) termometrlar orasidagi eng katta
farq, S- ho‘l termometrnig ho‘llangan sirti. 
Dalton qonuniga binoan vaq birligi ichida bug‘lanayotgan suv bug‘i massasi 
𝑀 =
𝐶𝑆(𝑃
𝑇

−𝑃)
𝐻
(4) 
bilan aniqlanadi. 



M-bug‘lanuvchi suv massasi. 
P -quruq termometr ko‘rsatgan temperaturadagi suv bug‘ining bosimi 
(mm.sim.ust da). 
S-bug‘lantiruvchi sirt yuzasi. 
H-havo bosimi ( mm.sim.ustda). 
P
h
-ho‘l termometr ko‘rsatgan temperaturadagi to‘yingan suv bug‘i bosimi 
(mm.sim.ust da). C-havo oqimi tezligiga bog‘liq bo‘lgan proporsionallik 
koeffitsienti 

Download 192.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling