Hdd va ssd xususiyatlari


Download 1.29 Mb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1577332
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hdd va ssd xususiyatlari


hdd va ssd xususiyatlari
Hozirgi zamonaviylashuv davrida HDD disklarga ega kompyuterlar o‘rnini SSD disklar ega kompyuterlar egallab bormoqda. Xo‘sh SSD yoki HDD disklar o‘zi nima? Nega siz HDD diskga ega kompyuterlarni emas aynan SSD diskga ega kompyuterlarni tanlashingiz kerak?
HDD (ing. hard (magnetic) disk drive, HDDHMDD) – qattiq disk yoki magnitli qattiq disk bo‘lib, ma’lumotlarni saqlovchi kompyuterning asosiy qismi hisoblanib, ishlash prinsipi esa magnitli yozish hisoblanadi. kompyuteringizdagi video, rasm, musiqa va boshqa fayllaringiz aynan shu qismda saqlanadi.
SSD (ing. solid-state drive, SSD) — bu ham qattiq disk hisoblanib buni HDD diskdan farqli jihati SSD mikrosxemali xotiraga ma’lumotlarni qayd etishi natijasida kompyuterdan energiya ta’lab qilmaydi. SSD da mikrosxemali xotiradan tashqari boshqaruvchi kontrollerlar ham mavjud.
SSD disklar HDD disklarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega hisoblanadi. Bu afzalliklar haqida quyidagi jadvaldan ma’lumot olishingiz mumkin:

Turi

SSD

HDD

Ishlash tezlik

SSD 35 dan 100 mikrosekundgacha ish tezligiga ega, bu esa HDD dan deyarli 100 marta tez degani. Bunday yuqori tezlik dasturlarni nisbatan tezroq ishlashiga sabab bo'ladi. Bu esa katta xotira talab qiladigan dasturlar ishlatish paytingizda ayniqsa seziladi.

Odatda HDD ishlash tezligi 5000-10000 mikrosekund atrofida bo‘ladi.

Narx

SSD disklar HDD disklarga qaraganda bir muncha qimmat hisoblanadi va shu sababli SSD diskli kompyuterlar xotirasi bor yo‘g‘i bir necha yuz gigabaytgagina ega bo‘ladi.

Bunday disklar SSD disklarga qaraganda anchagina arzonroq hisoblanadi, ayniqsa 500 Gb dan yuqorilari.


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling