Maruza 15 Reaksiyalar tezligiga omillar ta’siri. Aktivlanish energiyasi


Download 83.8 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi83.8 Kb.
#1572267
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 8 .1


Maruza 15
Reaksiyalar tezligiga omillar ta’siri. Aktivlanish energiyasi
Reja:

  1. Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar.i

2. Massalar ta’siri qonuni
3.Kimyoviy muvozanat
4. Kimyoviy reaksiyalarning yo‘nalishi
5.Aktivlanish energiyasi


Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar. Reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi, bosim, temperatura, katalizator va moddalarning tabiati hamda agregat holati ta’sir etadi.
Reaksiyalar tezligi bosim, temperaturaga, katalizatorga bog‘liq bo‘lib, moddalarning konsentratsiyasi (yoki parsial bosimi) ga bog‘liq bo‘lmaydi.
Temperaturaning ta’siri.
Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri, Vant-Goff qoidasi. Haroratning ortishi, odatda reaksiya tezligining keskin ortishiga sabab bo‘ladi. reaksiya tezligining haroratga miqdoriy bog‘liqligini Vant-Goff qoidasi bilan aniqlanadi: harorat har 100C ga ko‘tarilganda reaksiya tezligi 2-4 marta ortadi. Bu qoidaning matematik ifodasi quyidagicha:

bunda V t2 harorat t2 gacha ko‘tarilgandan keyingi reaksiya tezligi;
V t1 – reakiyaning t1 haroratdagi boshlang‘ich tezligi;
– reaksiyaning harorat koeffisienti, ya’ni harorat 100S ko‘tarilganda reaksiya tezligining necha marta ortishini ko‘rsatuvchi son.
Misol: Agar reaksiyaning harorat koeffisienti 4 ga teng bo‘lsa, harorat 100C dan 500C ga ko‘tarilganda reaksiya tezligi qanday ortadi? Bu quyidagicha echiladi:

bundan:
Demak, reaksiya tezligi 256 marta ortadi.
Kimyoviy reaksiya sodir bo‘lishi uchun zarrachalar o‘zaro to‘qnashishi kerak, lekin har qanday zarrachalarning o‘zaro to‘qnashuvlari reaksiya sodir bo‘lishiga olib kelavermaydi. Faqat ortiqcha energiyaga ega bo‘lgan aktiv zarrachalar orasidagi to‘qnashuvlargina kimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi.
Passiv zarrachalarni aktiv holatga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha energiya aktivlanish energiyasi deyiladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyada ishtirok etaYOtgan qattiq moddalarning sirt yuzasiga va maydalanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar reaksiyaga kirishuvchi qattiq moddaning sirt yuzasi qanchalik katta YOki maydalanish darajasi yuqori bo‘lsa, reaksiya tez, aksincha bo‘lsa, sekin boradi.
Kimyoviy reaksiyalarda gaz moddalar ishtirok etadigan hollarda jaraYOnning tezligiga bosimning o‘zgarishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Bosimning o‘zgarishi bilan reaksiyaga kirishuvchi gazlarning konsentratsiyasi o‘zgaradi, demak reaksiya tezligi ham o‘zgaradi.
Masalan: agar reaksiyaning tezligi minutiga 0.3 mol/l bo‘lsa, 1 l dagi dastlabki moddaning konsentratsiyasi xar minutiga 0.3 mol kamayadi.
Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddaning tabiatiga, dastlabki moddalarning konsentratsiyalariga, temperaturasiga, bosimiga, katalizatorning ishtirok etish va etmasligiga, moddalar sirtining katta-kichikligiga, erituvchi tabiatiga, yorug‘lik ta’siriga va boshqa faktorlarga bog‘liq.

Download 83.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling