Maruza 15 Reaksiyalar tezligiga omillar ta’siri. Aktivlanish energiyasi


Reaksiya tezligiga konsentratsiya ta’siri


Download 83.8 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi83.8 Kb.
#1572267
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 8 .1

Reaksiya tezligiga konsentratsiya ta’siri. Massalar ta’siri qonuni. Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liq. Moddalar konsentratsiyasi qancha katta bo‘lsa, hajm birligida shuncha ko‘p molekula bo‘ladi, shuning uchun ular tez-tez to‘qnashadi va reaksiya mahsulotiga aylanadi. Natijada reaksiya shuncha tez boradi. Vaqt o‘tishi bilan kimyoviy reaksiya tezligi kamayadi. CHunki reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi kamayib, ularning to‘qnashishlar soni kamayadi.
Reaksiya kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi bilan reaksiya tezligi orasidagi bog‘lanishi massalar ta’siri qonunida o‘z ifodasini topgan. Bu qonun 1867 yilda norvegiyalik olimlar K.Gudberg va P.Vaage tomonidan kashf etilgan.
Massalar ta’siri qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalarning ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsionaldir.
Masalan:

reaksiya uchun massalar ta’siri qonuni

tenglama bilan ifodalanadi.
Bu erda, V reaksiya tezligi; [A] va [B] – moddalar konsentratsiyasi; K – tezlik konstantasi.
Agar [A]  [B ]  1 bo‘lsa V K bo‘ladi.
Demak, kimyoviy reaksiyaning tezlik konstantasi K – reaksiyaga kirishuvchi har qaysi moddaning konsentratsiyasi 1 moll bo‘lgan holdagi reaksiya tezligiga son jihatdan tengdir.
Agar reagentlarning stexiometrik koeffisientlari birdan boshqa songa teng bo‘lsa, masalan: aA  vB  cC umumiy reaksiya uchun massalar ta’siri qonunining matematik ifodasi quyidagicha bo‘ladi:

Misol:
N2 + 3H2 → 2NH3
Reaksiyasi uchun

Massalar ta’siri qonunidan foydalanib, konsentratsiyaning o‘zgarishi bilan reaksiya tezligining o‘zgarishini hisoblab topish mumkin.
Kimyoviy reaksiya sodir bo‘lishi uchun zarrachalar o‘zaro to‘qnashishi kerak, lekin har qanday zarrachalarning o‘zaro to‘qnashuvlari reaksiya sodir bo‘lishiga olib kelavermaydi. Faqat ortiqcha energiyaga ega bo‘lgan aktiv zarrachalar orasidagi to‘qnashuvlargina kimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi.
Passiv zarrachalarni aktiv holatga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha energiya aktivlanish energiyasi deyiladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyada ishtirok etaYOtgan qattiq moddalarning sirt yuzasiga va maydalanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar reaksiyaga kirishuvchi qattiq moddaning sirt yuzasi qanchalik katta YOki maydalanish darajasi yuqori bo‘lsa, reaksiya tez, aksincha bo‘lsa, sekin boradi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari reaksiya davom etgan sari kamayadi; maxsulotlarniki, aksincha ortib boradi. Kupincha, dastlabki moddalar konsentratsiyalari kamayishidan foydalaniladi. Masalan; agar reaksiyaning tezligi minutiga 0.3 mol/l bo‘lsa, 1 l dagi dastlabki moddaning konsentratsiyasi xar minutiga 0.3 mol kamayadi.
Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddaning tabiatiga, dastlabki moddalarning konsentratsiyalariga, temperaturasiga, bosimiga, katalizatorning ishtirok etish va etmasligiga, moddalar sirtining katta-kichikligiga, erituvchi tabiatiga, yorug‘lik ta’siriga va boshqa faktorlarga bog‘liq.



Download 83.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling