Hisоbоt. Shartnoma hisоbоt
Download 349.45 Kb.
|
13.HISОBОT. SHARTNOMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisоbоt mаtni nаmunаsi
HISОBОT. SHARTNOMA Hisоbоt - muаyyan vаqt uchun rеjаlаshtirilgаn ishlаr yoki shаxsning zimmаsigа yuklаtilgаn vаzifа vа tоpshiriqlаrning bаjаrilishi, аmаliy dоlzаrb ishlаr, xizmаt sаfаrlаri yakunlаri hаqidа mа`lumоt bеruvchi rаsmiy hujjаt. Hisоbоtdа kеltirilgаn mа`lumоtlаr аniq, ishоnаrli hаmdа ishlаb chiqаrish, ijtimоiy-siyosiy аhаmiyatgа mоlik bo‘lishi lоzim. Hisоbоtning hаr bir bаndidа, аsоsаn: nimа mo‘ljаllаngаn, qаndаy kimchiliklаrgа yo‘l qo‘yildi, ulаrni bаrtаrаf etish uchun kеlgusidа nimаlаr qilish kеrаk, аniq tаkliflаr yoritilmоg‘i lozim. Hisоbоt оxiridа muаyyan tоpshiriq bаjаrilmаgаn bo‘lsа, uning sаbаbi ko‘rsаtilаdi, bu bоrаdа tаkliflаr qаyd etilаdi. Rеjаlаshtirilgаn ishlаr hаqidаgi hisоbоtlаr аmаldа kеng qo‘llаnаdi. Bundаy hisоbоtlаr quyidаgi zаruriy qismlаr аsоsidа yozilаdi. 1. Hisоbоt sаrlаvhаsi: hisоbоt qаysi dаvr uchun, qаndаy ishlаr (o‘quv ishlаri, jаmоаt ishlаri, sеssiya nаtijаlаri, ilmiy ishlаr, pаxtа yig‘im-tеrimi yakuni vа bоshqаlаr) yuzаsidаn, kim tоmоnidаn bеrilаyapti (аgаr shаxsiy ish rеjаlаri hisоbоti bo‘lsа). 2. Hujjаtning nоmi. (Hisobot) 3. Hisоbоt mаtni. 4. Hisоbоt bеruvchining lаvоzimi, ism-familiyasi, imzоsi. 5. Sаnа. Hisоbоt mаtni nаmunаsi Termiz davlat universitetiO’zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabalarining 18-iyundan 14-iyulgacha davom etgan 2018-2019-o’quv yilidagi malakaviy amaliyot HISOBOTI O’zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabalarining 18-iyundan 14-iyulgacha davom etgan malakaviy amaliyotida fakultetning 302-305 gurux talabalariga O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchilari Shoira Omonturdieva va Zaynura Qodirovalar rahbarlik qilishdi. 302-guruxning 24 nafar, 304-guruhning 6 nafar talabasiga Sh. Omonturdieva, 305-guruxning 23 nafar va 304-guruhning 5 nafar talabasiga Z. Qodirova biriktirildi. 17–iyun kuni amaliyot o’qituvchilari talabalar bilan yig’ilish o’tkazib, ularga amaliyot bilan bog’liq ma’lumotlar va tavsiyalarni berdi. Talabalar shahar va tumanlardagi matbuot nashrlari, televidenie va radioga shartnoma asosida jo’natildi. Ish dasturiga asosan talabalar ommaviy axborot vositalari, tahririyat bo’limlari bilan tanishish, matn yaratish, tahrir amaliyoti bilan tanishish, materiallarni tahrirlash va taqrizlash malakasini xosil qishish, korrektura, tuzatish belgilaridan foydalanib, matn ustida ishlay olish malakasini shakllantirish, maqolalarni e’lon qilishga tayyorlashning barcha bosqichlari bilan to’liq tanishish, texnik muharrirlik ishlarini bajarish kabi vazifalarni bajarish ko’nikmasini egallashlari nazarda tutilgan. Amaliyotchilar belgilangan vaqt davomida biriktirilgan nashriyot xodimlarining ish jarayonlari bilan tanishib, ular tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishdi. Ular amaliyot davomida mustaqil ravishda maqola yozish, uni tahrir qilish, korrektura ishlarini bajarish, materiallarni to’plash va joylashtirish, sahifalash kabi ishlarni amalga oshirdi. Amaliyot so’ngida talabalarga tahririyatning tavsifnomasi berildi. Talabalar belgilangan xujjatlari asosida amaliyot jarayonlari aks etgan taqdimotlarni o’tkazdi. Shunga ko’ra talabalarning olgan baholari quyidagicha bo’ldi: 302-gurux talabalarining reyting qaydnomasi quyidagicha ko’rinish oldi: (86-100) 4 ; (71-85)6 ; (55-70) 14 ; (54 va undan past) 0 304-gurux talabalarining reyting qaydnomasi quyidagicha ko’rinish oldi: (86-100) 2 ; (71-85) 3 ; (55-70) 18 ; (54 va undan past) 0 305-gurux talabalarining reyting qaydnomasi quyidagicha ko’rinish oldi: (86-100) 5 ; (71-85) 8 ; (55-70) 10 ; (54 va undan past) 0 O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchilari: Sh. Omonturdieva Z. Qodirova 2019.20.07 Download 349.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling