Hissiyotlarni sotish haqida


Download 15.99 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi15.99 Kb.
#1539871
Bog'liq
Hissiyotlarni sotish haqida


Hissiyotlarni sotish haqida
Kiyim-kechak, poyabzal, uy yoki mashina qancha turadi? Miyangizda qandaydir javob bor. Bu degani ularning o’z narxlari mavjud ya’ni har qanday moddiy buyum o’z qiymatiga ega. Lekin hech hissiyotlarni sotish haqida o’ylab ko’rganmisiz? Hissiyotlarning narxi bormi? Bo’lsa ular qancha turadi? Ular moddiyatning ma’lum qiymatlarini o’zgartira oladimi? Bugun shu haqida gaplashamiz.
Tasavvur qiling, 4 ta yigit yo’lda ketyapti, aytaylik, istirohat bog’ida yoki bozorning ichida va ularning ro’parasidan boks meshogi chiqib qoldi. Ya’ni siz meshokga urganingizda kuchingizni taxminan o’lchab beradigan ko’ngilochar atraksion, u albatta pulli (narxi taxminan 10-15 ming atrofida) va yonida egasi ham turibdi (hozir bunaqa boks meshoklari ko’p joyda uchraydi va siz ham albatta ko’rgansiz). Xo’sh, yigitlarga qaytsak, yigitlar yosh va hozir ularning aynan kuch-quvvatga to’lgan payti, demak nima qilish kerak? Albatta, orasidan kim eng kuchlisi ekanligini aniqlab olish kerak? Bu yigitlarga moddiy nimadir beradimi? Yo’q, lekin bu hissiyot beradi, ya’ni o’zini ko’rsatish va o’zidan qoniqish hissini. Agar 4 ta yigit ham kamida bir martadan ursa bu degani tayyor 60 ming so’m pul. Endi o’ylab ko’ring, agar bu meshok odam gavjum joyga qo’yilsa, bunday yigitlardan yana nechtasi o’z kuchini sinab ko’radi. Xizmat ko’rsatuvchidan talab qilinadigan narsa esa shunchaki qulay joy topish va odamlarga o’z kuchini sinab ko’rish imkoniyatini berish, tamom. Qolgan ishni insondagi hissiyotlar bajaradi.
Yoki yana bir zamonaviy va qiziqarli misol: “Ayol Taksi”. Nomining o’ziyoq sizda qiziqish uyg’otdimi? Ha, bu rostdan ham taksi xizmati lekin, faqatgina ayollar uchun. Tasavvur qiling, siz ersiz ya’ni xotiningiz bor va xotiningiz taksi xizmatidan foydalanishiga to’g’ri kelyapti. Ko’pchilik singari, u ham “Yandex Taksi” xizmatidan foydalanishi mumkin. “Yandex”da esa ko’pchilikka sir emaski, haydovchi sifatida asosan erkaklar ishlashadi. Mana shu joyida esa, yaqindan boshlab bozorga “Ayol Taksi” o’z xizmatlarini taklif etishni boshladi. Sababi bu xizmatda hatto haydovchilar ham faqat ayol kishilardan iborat va bu er sifatida sizga biroz bo’lsa ham xotirjamlik beradi. Narxi odatdagidan qimmatroq? Nima qilibdi? Muhimi bu xotiningiz uchun nisbatan xavfsizroq va ishonchliroq. Xotiningiz uchun biroz ko’proq pul “jalka” emas-ku to’g’rimi? Va bu joyda ham biz hissiyotning sotilishiga va uning xizmat narxini o’zgartirishiga guvohi bo’lishimiz mumkin. Ya’ni bu yerda rashk hissi sotilyapti, xotiningni begona erkaklar ko’zidan himoya qilmoqchimisan? Marhamat qilib ko’proq to’lab qo’y.
Shuningdek, hissiyotlarning savdosini musiqa sanoatida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, Konstaning yangi albomini olaylik, Konsta yangi albom yozdi va uni sotishni boshladi. Bu albomni sotib olish sizga hech qanday moddiy naf keltirmasligi mumkin, lekin o’ylab ko’ring, hayot faqat moddiyatlardan tashkil topgan emas, ya’ni unda hissiyotlar ham mavjud. Bu albom sizga aynan shu hissiyotlarni bera oladi. Siz muallif bilan birga kuylaysiz, birga quvonasiz va birga qayg’urasiz ya’ni emotsiyalarni birgalikda his qilib ko’rasiz. Yorqin va sizga ma’qul hissiyotlar uchun esa ba’zan to’lashingizga to’g’ri keladi. Bu musiqa albomi esa aslida unchalik qimmat ham emas (atigi 8$). Lekin siz o’z ich-ichingizdan tuygan hissiyotlaringiz uchun muallifga “rahmat” aytib qo’yishingiz kerak, bu “rahmat” esa bozor iqtisodiyotida pul ko’rinishida ifodalanadi. Ya’ni siz arzimagan 80 ming so’m uchun o’zingizga bir dunyo quvonch sotib olasiz. Konstaning o’zi aytganidek, sifatli musiqa uchun ham to’lash kerak, bu degani, siz hissiyotlaringiz uchun to’lashingiz kerak.
Umuman olganda, yuqoridagi misollar orqali ham ko’rishimiz mumkinki, hissiyotlarni sotish, sotib olish va uni moddiylik yoki xizmatlarning narxlariga ta’sir qilish uchun ishlatish mumkin. Ya’ni hissiyotlar ham sotiladi, ularning narxi esa holati va vaziyatiga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
O’zingiz uchun hissiyotlar sotib oling va think about it!
Download 15.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling