Holat fe’llarini toping? a tasvirlamoq, kuylamoq, unmoq b qotmoq, o’ylamoq, qaytarmoq


Download 29.55 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi29.55 Kb.
#1082423
Bog'liq
Fe\'l so\'z turkumi


Fe’l

  1. Holat fe’llarini toping?

a)tasvirlamoq, kuylamoq, unmoq b)qotmoq, o’ylamoq, qaytarmoq
c)ikkilanmoq, porlamoq, o’smoq d)qotmoq, porlamoq, eshitilmoq
2. Fe’llar qaysi xususiyatiga ko’ra harakat va holat fe’llariga bo’linadi?
a)bajarilish-bajarilmasligiga ko’ra b)nimani atab kelishiga ko’ra
c)bajaruvchining harakat va holat jarayonidagi ishtirokiga ko’ra d)ish-harakatning paytga munosabatig ko’ra
3. Qaysi gapda harakat nomi hol vazifasida kelgan?
a)Uning bu boqishida Sobirning bilag’onligiga qoyil bo’lishdan tashqari ajablanish ham bor edi.
b)Berilgan barcha gaplarda harakat nomi hol vazifasida kelgan.
c)Nasiba ertalab barvaqt kelish sharti bilan dugonasini ketishiga ijozat berdi.
d)Jo’yakda cho’zilib soya-salqinda dam olish uchun ariq bo’yiga keldi.
4. Orttirma nisbat ma’noni kuchaytirgan so’zni toping?
a)chiqarishdi b)lketkazishdi
c)ishlatishdi d)o’qittirdi
5. Berilgan gapda qaysi nisbatdagi fe’llar ishtirok etgan? Mashhura qora qashqa ayg’irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da,
dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi.
1)aniq nisbat; 2)orttirma nisbat; 3)o’zlik nisbat; 4)majhul nisbat; 5)birgalik nisbati;
a)1,2 b)1,2,3 c)1,2,5 d)1,2,4,5
6. Qaysi javobda o’zlik nisbatda qo’llana olmaydigan fe’llar berilgan?
a)otmoq, qurmoq, hidlamoq
b)jonlanmoq, o’pkalamoq, ekmoq
c)ayirmoq, kavshamoq, kelmoq
d)uxlamoq, o’qimoq, minmoq
7. O’timli fe’llarni toping?
a)almashmoq, jilmaymoq
b)kiymoq, quvonmoq
c)so’roqlamoq, so’ramoq
d)o’xshamoq, so’rattirmoq
8. Berilgan fe’llardan o’timlilarni toping?
a)eshitmoq, to’plamoq, kelishmoq
b)keltirmoq, kulmoq, kelishmoq
c)kelishmoq, keltirmoq, eshitmoq
d)sog’inmoq, keltirmoq, kutmoq
9. Quyidagi keltirilgan qaysi maqolda ham o’timli, ham o’timsiz fe’l qo’llanilgan?
a)Eksang, o’rasan.
b)Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib.
c)Yer-to’ydirar, o’t-kuydirar.
d)Qunt bilan o’rgan, hunar, hunardan rizqing unar.
10. Quyidagi qaysi so’z chiqar so’ziga tobelanganida fe’l tarkibidagi –ar qo’shimchasi faqat orttirma nisbat ma’nosini ifodalaydi?
a)o’quvchilardan b)o’quvchilarni c)o’quvchilar d)o’quvchilarga
11. Nisbat qo’shimchasi vositasida o’timsiz fe’lga aylanishi mumkin bo’lgan o’timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang?
a)yuvmoq, yayramoq
b)quvonmoq, jilmaymoq
c)kiymoq, taramoq
d)qochmoq, yonmoq
12. Aniq nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping?
a)Osmonda xiragina kemtik oy ko’rindi.
b)Salim har yili ta’tilni ona qishlog’ida o’tkazdi.
c)U do’stining dov-daragini surishtirib yuribdi.
d)Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi.
13. O’zlik nisbatidagi fe’l ishtirok etgan gapni toping?
a)Ammo kampirning dodiga odam tez to’plandi.
b)Qobil yugurib borib do’konxona eshigidan ko’chaga qaradi.
c)Belbog’imga bitta kulcha tugilgan.
d)Tushga yqain dadam bizga ovqat keltirib berdi.
14. Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping?
a) Ammo kampirning dodiga odam tez to’plandi.
b)Xat Sharifa tomonidan yozildi.
c)Sharifa darsga puxta tayyorlandi.
d) Tushga yqain dadam bizga ovqat keltirib berdi.
15. Harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda bo’ladigan fe’l nisbati qanday nomlanadi?
a)majhul nisbati b)aniq nisbati c)orttirma nisbati d)o’zlik nisbati
16. O’zlik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping?
a)Ra’no javob berish o’rniga birdan yig’ladi, ancha vaqt ko’z yosh to’kib turdi.
b)Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga kata e’tibor berilmoqda.
c)U yuziga belbog’ini tashlab, ko’rpachaga cho’zildi.
d)Ho’kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi.
17. Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping?
a)Bir bor ekan, bir yo’q ekan, dunyoda hamma narsa yaratilgan ekan-u, ammo xushnavo bulbul yaratilmagan ekan.
b)Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy 1441-yili tug’ilgan.
c)Qor siyrak yog’ayotgani uchun, uzoq-uzoqlar ko’rindi.
d)Yaltiraydi, doim tovlanar, oy nuriga cho’miluvchi tosh.
18. Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashmagan gapni toping?
a)Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi.
b)Havaskorlarni yig’ib tomoshalar ko’rsatdi.
c)Shayxzoda jurnalistika sohasida qalam tebratdi.
d)Avloniy yangi zamonaviy ta’limni ilmiy-amaliy asoslab berdi.
19. Berilgan gapdagi fe’llarning qaysi nisbatdaligini aniqlang? Dalalardan yengil hovur ko’tarilib(1), qirlarda anvoyi chechaklar ochildi.(2)
a)1-majhul nisbat, 2-o’zlik nisbat
b)1-o’zlik nisbat, 2-majhul nisbat
c)1,2-o’zlik nisbat
d)1,2-majhul nisbat
20. Otlashgan sifatdosh qatnashgan gapni toping?
a)Guliston dugonasini ko’rgani kasalxonaga kelgan edi.
b)Chol labini tishlagancha o’ylanib qoldi.
c)Uning aytgani aytgan, degani degan edi.
d)Gulbahor bu gapni dugonasidan tasodifan eshitib qoldi.
21. Aniq nisbatdagi harakat nomi qatnashgan gapni aniqlang?
a)Abdulla Avloniy yangi zamonaviy o’qitishni ilmiy asoslab berdi.
b)Yupatolmas kitob va qalam, Misralarim ko’tara nola.
c)Tez kunlarda yangi maktabning ochilish marosmi o’tkaziladi.
d)Abdulla Avloniy o’z ishini maktab ochishdan boshladi.
22. Qaysi maqolda fe’lningikki xil nisbat qo’shimchasi qo’llangan?
a)Qoqilsang, toshdan o’pkalama!
b)Aytilgan so’z- otilgan o’q.
c)Bilgan topib gapirar, bilmagan qopib.
d)O’ylamay qilingan ish, boshga keltirar tashvish.
23. Matndagi fe’llar qaysi nisbatda? Qayumxon Olimovichning uyida zo’r tantana. Shaharning ko’zga ko’ringan odamlari taklif etilgan.
Ikki qavatli kattejning hovlisi taxta so’rilar, institut oshxonasidan keltirilgan stol, stullar bilan bezatilgan.
a)o’zlik, majhul nisbati b)o’zlik, orttirma nisbati
c)mahul nisbati d)majhul, orttirma nisbati
24. Sifatdosh qo’shimchalarini toping?
a)-gan(-kan, -qan); gani(-kani,-qani); -(a)r;
b)-gan(-kan, -qan); -(a)yotgan; -(a)r; -ydigan (-aydigan);
c) gani(-kani,-qani); -(a)y; -(a); yotgan; -(a)r;
d)-(i)sh, -v(uv), -moq, -mak
25. Quyidagi berilgan parchadagi ravishdoshlar qaysi nisbat shaklida kelgan? …O’ng ming uyli Qo’ng’irot elining boyvachchalari bilan yig’ilib, bir yerga jam bo’lib, bir baxmal o’tovni tikib, shu o’tovning ichida hamma boyvachchalar bilan qimiz ichib, o’z kayf-u safosi bilan o’tirar edi.
a)o’zlik va orttirma nisbat b)aniq va orttirma nisbat
c)o’zlik va aniq nisbat d)majhul va aniq nisbat
26. Fonetik yzouv asosida yozilgan sifatdoshni toping?
a)ko’chgan, tiqqan b)o’sgan, tug’gan
c)tikkan, boqqan d)kelgan, ekkan
27. Ushbu gapdagi fe’lning qaysi nisbat shakli qo’llangan? Ahmoq yolg’onga to’n kiygizdi, boplab, bor-yo’g’i bir hamroh emish-a, qaysi nodon ishonar
bunga.
a)birgalik nisbati b)o’zlik, aniq, orttirma nisbati
c)aniq, orttirma d)orttirma
28. Sifatdosh ishtirok etgan gapni toping?
a)Boshida tashvishi bo’lishiga qaramay, bolani erkalshga, tarbiyalashga vaqt topdi.
b)Bilish ayb emas, bilmaslik ayb.
c)Ke’ng fe’l, ketmas davlat bersin.
d)Musiqa tingach, qattiq uyquga ketdi.
29. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari bor? Bilmaslik ayb emas, bilmaganni bo’yniga olmaslik ayb.
a)2ta harakat nomi, 1ta ravishdosh b)2ta ravishdosh, 1ta sifatdosh
c)1ta sifatdosh c)2ta harakat nomi, 1ta sifatdosh
30. Berilganlardan shakl yasovchi qo’shimcha sifatida o’zaro omonimlik xususiyatiga ega bo’la oladigan qo’shimchalarni belgilang?
1)-ar; 2)-ish; 3)-ma; 4)-m; 5)-choq;
a)1,2,4 b)1,2,5 c)1,2,3,4,5 d)1,2,3,5
31. Ushbu gap tarkibida nisbat qo’shimchalari qatnashgan yasama fe’llar soni nechta? Tasviriy insholar o’quvchilarning fikrini o’stiradi, kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi.
a)1ta b)2ta c)3ta d)4ta
32. Ravishdoshning qaysi shakli harakatning faqat holatini bildiradi?
a)-(i)b; -a(y);
b)-gancha (-kancha; -qancha)
c)-gach (-kach; -qach), -guncha(-kuncha; -quncha)
d)-gani (-kani; -qani; -gali)
33. Ushbu gapda qaysi nibatdagi fe’llar ishtirok etgan va ularning sonini toping? Ota o’g’lini o’zga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha
berarkan, “balo-qazolardan saqlaydi”degan ma’noda
farzandining qo’liga non tutqazgan.
a)2ta aniq, 2ta orttirma nisbat b)1ta aniq, 3ta orttirma nisbati
c)1ta aniq, 2ta orttirma nisbat d)3ta orttirma nisbati
34. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar ishtirok etgan va ularning sonini toping? O’zbekiston xalq shoiri Habibiy domla aruzni chuqur o’rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz an’analarini baholi qudrat davom ettirgan.
a)1ta aniq nisbat, 2ta orttirma nisbat b)3ta aniq nisbati
c)2ta aniq nisbat, 1ta orttirma nisbat d)1ta aniq nisbati, 1ta orttirma nisbati, 1ta o’zlik nisbati
35. Qaysi gapda o’zlik nisbatidagi fe’li shtirok etmagan?
a)Uning og’ilga kirib qolgan taftishi Qobil boboga bir umid vag’ishlagan edi.
b)Nurga to’ldi dara, to’ldi soy, nur yog’ildi qorong’i jarga.
c)Yaltiraydi, doim tovlanar Oy nuriga cho’miluvchi tosh.
d)Shu boisdan u 30-yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib o’yilgan.
36. Fe’lning qaysi vazifa shakli kelishik bilan turlangan so’zni boshqara oladi?
a)faqat sifatdosh b)faqat ravishdosh
c)faqat harakat nomi d)fe’lning barcha vazifa shakllari
37. Ushbu gapda ishtirok etgan fe’l nisbatlari haqidagi to’g’ri hukmni toping? Shoir o’z afoliyati bilan XVasr o’zbek adabiyotini mislsiz
tarraqiyot cho’qqilariga ko’tarib, uyg’onish davri sifatida
atalayotgan bu davr madaniy va adabiy hayotini o’z ijodi
bilan bezadi.
a)1ta orttirma, 1ta aniq, 1ta majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan
b)3ta aniq, 1ta majhul,nisbatdagi fe’l ishtirok etgan
c)2ta aniq, 1ta majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan
d)2ta aniq, 1ta orttirma, 1ta majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan
38. Birgalik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping?
a)Yaxshini badnom qilib bo’lmaydi.
b)Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash.
c)Allaqayda bulbul to’lib-toshib kuylaydi.
d)Mehmonlar, qorovulning qistashiga qaramay, ichkariga kirishmadi.
39. Yasama o’timsiz fe’llarga qo’shilgan orttirma nisbat qo’shimchasini toping?
a)kiyintirmoq, zavqlantirmoq b)boshatmoq, birlashtirmoq
c)kuldirmoq, yig’latmoq d)kuylatmoq, so’roqlatmoq
40. Yasama o’timli fe’llarga qo’shilgan orttirma nisbat qo’shimchasini toping?
a)yig’latmoq, shodlantirmoq b)yozdirmoq, o’qitmoq
c)o’ynatmoq, sarflatmoq d)gullatmoq, yaltiratmoq
41. Ushbu gapda harakat nomi qanday sintaktik vazifani bajargan? Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganish buning uchun hamma sohalardan xabardor bo’lishi kerak.
a) ega b)kesim c)to’ldiruvchi hol
42. Qaysi gapda harakat nomi shakli ega vazifasida qo’llanmagan?
a)Bilim o’qish va takrorlash mevasidir.
b)O’qish - koni foyda.
c)Ertalab turish, bet-qo’lini yuvish,boshqalarga salom berish insoniylik belgisidir.
d)hammasida ega vazifasida qo’llangan.
43. Qaysi maqolda fe’lning vazifa shakli aniqlovchi vazifasida kelgan?
a)Baxilning bog’i ko’karmas.
b)Bemaza qovunning urug’i ko’p.
c)Betga aytganning zahri yo’q.
d)Kishining hurmati oz’ qo’lida.
44. Qaysi maqolda fe’lning vazifa shakli ega vazifasida kelgan?
a)Aytilgan so’z – otilgan o’q.
b)Betga aytganning zahri yo’q.
c)Bilgan topib gapirar, bilmagan qopib.
d)Sinamagan otning sirtidan o’tma.
45. Qaysi javobda quyida berlgan gapdagi sifatdoshning zamoi to’g’ri ko’rsatilgan? Mustafo Galatepaning chekkarog’ida, Ubaydullo Maxsumning hovuzi turtib chiqqan qir tumshug’ida, yashaydi.
a)o’tgan zamon b)hozirgi zamon
c)kelasi zamon d)gapda sifatdosh qatnashmagan.
46. Ushbu gapda nechta ravishdosh qatnashgan? Boysariboy o’n ming uyli Qo’ng’irot eli bilan ko’chib borgach, Ko’kqamish ko’li
atrofidagi mollarini semirtirib, yaylovda yayrab yotardi.
a)2ta b)3ta c)4ta d)5ta
47. Qaysi gapda ravishdosh holat ma’nosini bildirgan?
a)Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak.
b)Aslida,qosh qorayguncha yetib olish kerak.
c)Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi.
d)Kechga yaqinlashgach, havo aynib, shamol turdi.
48. Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha ta’sirida asosda tovush o’zgarishi bo’lgan soz’ qatnashgan gapni toping?
a)Dor qurilgan maydonda bolalar arqonga osilib o’ynamoqda.
b)Endi qayrilish bilmasin bu qanot.
c)Bir umr shu xonadonga o’rnashib olishga harakat qildi.
d)Ota olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oladigan o’g’lidan g’ururlandi.
49. Qaysi gapda birgalik nisbatidagi fe’l ishtirok etmagan?
a)Bir burchakdagi katta stol atrofida yoshlar o’tirishib shaxmat, shashka o’ynashardi.
b)Vodil qishlog’ining choyxonasi yo’l chetidagi ikkita keksa chinorning soyasida joylashgan.
c)Barcha gaplarda birgalik nisbatdagi fe’l qatnashgan.
d)O’tgan yili qishloq jamoasi choyxonani ta’mirlashdi.
50. Qaysi gapda ravishdosh payt ma’nosini bildirmagan?
a)Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo’ydi.
b)Taxtga chiqqach, adolat bilan ish tutibdi.
c)Shamol tinavermagach, toqqa chiqishini qoldirdi.
d)hammasida payt ma’nosi ifodalangan.
51. Quyidagi keltirilgan she’riy parchada orttirma nisbatdagi fe’llar qaysi sintaktik vazifasida kelgan?
Nadir millat qudratining tamadduni?
Amir Temur haykalidan so’rang buni.
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
Jahongiri bexonumon yurt edi bu.
a)faqat kesim b)to’ldiruvchi, kesim
c)hol, kesim d)hol, to’ldiruvchi
52. Qaysi javobdagi gapda harakat nomi qo’shimchasi nisbat qo’shimchasidan keyin qo’shilgan fe’l ishtirok etgan?
a)Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo’lida qurbon bo’lishga tayyor ekanliklarida aks etadi.
b)Millatni sevmoqlik – baxt, kurashib yashamoq –saodat.
c)Ilm qog’ozga yozish va chizish bilan emas, balki uqmoq va o’qimoq bilandir.
d)Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog’i kerak.
53. Quyida keltirilgan matndagi fe’lning vazifa shakli miqdorini toping? Sobiq dengizchi Rinaldo Selsdtrem gazetalarda “dengiz kasalligi”
dan qutulishning bezarar, oson, arzon, yuz foiz kafolatlangan
usulini bilishini yozgan va bor-yo’g’i uch kronaning bahridan
kechishga rozi bo’lganlarning barchasiga yuborishga va’da qilgan.
a)7ta b)6ta c)8ta d)9ta
54. Quyida keltirilgan she’rdagi otlashgan sifatdoshlar sonini toping? O’z nafsini mag’lub etolgan marddir.
G’iybatlardan uzoq ketolgan marddir.
Nomard tegib o’tar yiqilganlarga,
Ojizlar qo’lini tutolgan marddir.
a)2ta b)3ta c)4ta d)5ta
55. Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan?
a)Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi.
b)Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo’ydi.
c)Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak.
d)Murodxonlarnikiga qarab sekin yo’lga tushdim.
56. O’timsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida o’timli fe’lga aylanadi?
a)tushum kelishigi shakli b)o’zlik va majhul nisbat shakli
c)bosh kelishik shakli d)orttirma nisbat shakli
57. Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi?
a)harakat nomi b)sifatdosh
c)ravishdosh d)sifatdosh va ravishdosh
58. Ushbu gaplardagi cho’zildi so’zining nisbatini aniqlang? 1.U yuziga belbog’ini tashlab, ko’rpachaga cho’zildi.
2.Lag’mon ingichka qilib cho’zildi.
a)1-gapda majhul nisbati, 2-gapda o’zlik nisbati b)1-gapda o’zlik nisbati, 2-gapda majhul nisbati
c)1-gapda aniq nisbati, 2-gapda majhul nisbati d)har ikkala gapda majhul nisbati
59. Ushbu gaplardagi fe’llar nisbatini aniqlang? 1.Gul ochildi. 2.Yig’ilish ochildi.
a) 1-gapda o’zlik nisbati, 2-gapda majhul nisbati b) 1-gapda majhul nisbati, 2-gapda o’zlik nisbati
c) 1-gapda aniq nisbati, 2-gapda majhul nisbati d) har ikkala gapda majhul nisbati
60. Ushbu gapdagi fe’lning nisbatini aniqlang? Otasi hovlining chekkasidagi zax uyga ko’chirdi.
a)aniq nisbat b)o’zlik nisbat c)majhul nisbat d)orttirma nisbati
61. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a)-gach, -t, -ir, -n, -I b)-guncha, -la, -in, -il, -gan
c)-gach, -guncha, -gani, -ib d)-in, -t, -ir, -ish, -il
62. Qaysi qo’shimchalar fe’llarga qo’shilib, bajaruvchining harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini ifodalaydi?
a)shaxs-son qo’shimchalari b)mayl hosil qiluvchi qo’shimchalar
c)nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalari d)zamon ma’nosini ifodalovchi qo’shimchalar
63. Quyidagi keltirilgan gaplardagi fe’l nisbatlarini aniqlang? 1.Yigit otasini hovlining chekkasidagi uyga ko’chirdi.
2. Mashqni qunt bilan ko’chirdi.
a)orttirma va o’zlik nisbat shakllarida b)barchasi orttirma nisbat shakllarida
c)orttirma, aniq va o’zlik nisbati shaklllarida d)orttirma va aniq nisbat shakllarida
64. Qaysi qatorda holat fe’llari berilgan?
a)unmoq, jimirlamoq, ikkilanmoq b)yiqilmoq, bo’yalmoq, o’ylamoq
c)porlamoq, ketmoq, tegmoq d)sarg’aymoq, tekislamoq, bermoq
65. Qaysi qatorda o’timli fe’llar qo’llangan?
a)almashmoq, joylashmoq, kuymoq b)o’xshamoq, jiringlamoq, so’ramoq
c)o’qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq d)joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko’rmoq
66. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan? Bir kuni chol bechora qo’li titrab osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi.
a)o’zlik, majhul, orttirma nisbati shallarida b)aniq, majhul, orttirma nisbati shakllarida
c)orttirma, birgalik, aniq nisbati shakllarida d)majhul, birgalik, aniq nisbati shakllarida
67. Qaysi gapda o’zlik nisbati shaklidagi gap berilgan?
a)Ammo kampirning dodiga odam tez yig’ildi. b)Belbog’imga bitta kulcha tugilgan.
c)Yigit otasini hovlining chekkasidagi uyga ko’chirdi. d)Baxtni har kim o’zicha tushunadi.
68. Ushbu gaplardagi fe’llarda qo’llangan –ish qo’shimchasi haqidagi qaysi huk to’g’ri?
1.Qushlar uni yaxshi ko’rishib, Mayna deb ism qo’yishibdi.
2.Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo’lishi kerak.
a)har ikkala gapda birgalik nisbati shaklini hosil qil;gan
b)1-gapda harakat nomi, 2-gapda birgalik nisbati shaklini hosil qilgan
c)1-gapda birgalik nisbati, 2-gapda harakat nomi shaklini hosil qilgan
d)har ikkkala gapda harakat nomi shaklini hosil qilgan
69. Ushbu gapda nechta ravishdosh qo’llangan va ular qaysi nisbat shakllarida?
Boysariboy o’n ming uyli Qo’ng’irot eli bilan ko’chib borgach, Ko’kqamish ko’li atrofida mollarini semirtirib, yaylovda yayrab yotadi.
a)3 o’rinda: o’zlik, orttirma, aniq nisbatlarda b)4 o’rinda: aniq, orttirma nisbatlarda
c)2 o’rinda: aniq va o’zlik nisbatlarida d)3 o’rinda: aniq va orttirma nisbatlarida
70. Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi?
a)o’timsiz fe’llar b)o’timli fe’llar c)holat fe’llari d)harakat fe’llari
71. Holat fe’llari berilgan qatorni toping?
a)uxlamoq, o’kinmoq b)qizarmoq, g’azablanmoq
c)sug’ormoq, yashamoq d)o’tmoq, quvonmoq
72. Qayis nisbat qo’shimchasi qo’shilsa, ishla fe’li o’timli fe’lga aylanadi?
a)o’zlik nisbat qo’shimchasi b)majhul nisbat qo’shimchasi
c)birgalik nisbat qo’shimchasi d)orttirma nisbat qo’shimchasi
73. O’zlik nisbat qo’shimchasi ta’sirida o’timsiz fe’liga aylangan fe’llarni aniqlang?
a)yuvindi, tarandi b)yuvildi, cho’zildi
c)quvontirdi, jilmaytirdi d)kiyindi, tarqaldi
74. Nisbat hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalardan qaysilari doim o’timli fe’llarga qo’shiladi? 1)-in; 2)-t; 3)-sh; -ish; 4)-tir
a)1,2,3,4 b)2,4 c)3 d)1
75. Titramoq so’zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub?
a)nutqiy-faoliyat fe’li b)aqliy-faoliyat fe’li
c)jismoniy-faoliyat fe’li d)holat fe’li
76. Qaysi qatorda o’zlik va majhul nisbatdagi fe’llar juftligi berilgan?
a)tarandi-taraldi, kiyindi-kiyildi b)ajraldi-ajratdi, maqtadi-maqtandi
c)eshitdi-eshitildi, tashladi-tashlandi d)yuvundi-yuvdi, chaqirdi-chaqirildi
77. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi?
1)-(i)b, a(y); 2)-gancha; 3)-gani; 4)-gach.
a)1,2 b)2,3 c) 3,4 d)1,4
78. Fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri egalik qo’shimchasi qo’shilganda tovush almashishi yuz beradi?
a) harakat nomi b)ravishdosh c)sifatdosh d)ravishdosh va sifatdosh
79. Qaysi qatorda o’timsiz fe’llar vosita yordamida o’timli fe’lga aylangan?
a)joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq b)o’qishmoq, yig’latmoq, ko’rsatmoq
c)bajartirmoq, o’qitmoq, berishmoq d)quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq
80. Quyidagi fe’llarning qaysilari o’zlik nisbat shaklida qo’llana olmaydi?
1)o’ylamoq; 2)gullamoq; 3)yaraqlamoq; 4)uzmoq; 5)otmoq; 6)kulmoq; 7)turmoq.
a)2,3,6,7 b)1,2,3,4,5,6 c)2,6,7 d)2,3,5,6,7
81. Quyidagi birikmalarning qaysi birida orttirma nisbat shakli qo’llanilgan?
1)suvni to’lat; 2)pulni to’lat; 3)mehmonlarni kuzat; 4)darvozani yangilat.
a)1,2,4 b)1,2,3 c)1,2,3,4 d)2,3,4
82. Qaysi qatordagi harakat nomining shakldosh (omonim) mavjud?
a)kerish, bilish b)ilmoq, quymoq c)chiqish, tasvish d)qolish, tanishish
83. Bo’lishsizlik shaklidagi ravishdosh ishtirok etgan gapni toping?
a)Donishmand el boshqacha yo’l tutibdi b)Bebosh suvni maslahat bilan yo’lga solishibdi.
c)O’jarni urmay-so’kmay yo’lga sol deganlari bejiz emas ekan. d)U hozir charog’bonlik qilayotgan emish.
84. Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gapda qo’llangan?
a)Ular cho’lda bog’ o’stirishdi, paxta ekishdi.
b)Bu yerda odamlar choy ichishadi, chaqchaqlashadi, ish yuzasidan maslahat qilishadi.
c)Mehmonxona yaxshi sitilgan, katta stolga dasturxon yozishgan edi.
d)Yaxshilik qilishga, yomonlarni qo’llamaslikka intil.
85. Quyidagi gapda qo’llangan sifatdoshni aniqlang? Sirojiddin ikki cheti pishiq g’ishtdan ishlangan naqshinkor darvoza burchagidagi
qo’ng’iroq tugmasini bosdi
a)naqshinkor b)ishlangan c)ikki cheti pishiq g’ishtdan ishlangan
d)qo’ng’iroq tugmasi
86. O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gap tarkibida qo’llangan?
a)Feruza katta yo’lning toshlariga qoqilib, idora binosiga yetib keldi.
b)Texnika gektarga qarab bo’lib berildi.
c)U soatiga qaradi: besh yarim.
d)Bir burchakda yoshlar gazeta va kitob o’qishdi.
87. Ushbu parchadagi fe’lning sifatdosh shakli hosil qiluvchi nechta qo’shimchasi ishtirok etgan? Turnalar samoda chizsa guldasta,
Qoyadek bo’lsa-da burgut viqori.
Toshlar orasidan mo’ralab asta,
Ko’kargan maysani ko’rdim yuqori.
a)1ta b)2ta c)3ta d)4ta
88. O’timli fe’llar qatorini toping?
a)ko’rdi, jonlandi, kuldi, qaradi b)ichdi, ko’rdi, almashdi, quvontirdi
c)so’rattirdi, joylashdi, o’xshadi, yuzlandi d)terildi, ko’rishdi, qaradi, quvondi
89. Sifatdosh qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni toping?
a)-v (-uv), -vchi, -fach, -ib b)-gani, -v, -ajak, -r (-ar)
c)-y (-ay), -gani, -adigan d)-r(-ar), -adigan, -gan
90. Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gapda qo’llangan?
a)Keng fe’l, ketmas davlat bersin. b)Yurgan daryo, o’tirgan bo’yra.
c)Biror xalqning axloqini bilmoq uchun uning adabiyoti bilan tanish
d)Eng xush ko’rgani- qaymoq surtilgan non.
91. Berilgan gapda fe’lning qaysi xoslangan shakli qo’llangan? Bulbul gulzorni izlar, boyo’g’li esa hamisha vayronani ko’zlar.
a)ravishdosh b)sifatdosh c)harakat nomi d)vazifa shakli qo’llanmagan
92. Berilgan gapdagi o’ylanib fe’li qaysi nisbat shaklida? Chol labini tishlagancha o’ylanib qoldi.
a)aniq nisbat b)majhul nisbat c)o’zlik nisbat d)birgalik nisbati
93. Sifatdosh otlashgan gapni toping?
a)Jimirlab oqayotgan daryo bo’yiga borib, yuz-qo’llarini yuvib, bir-ikki qultum suv ichishdi.
b)O’z ko’zim bilan ko’rganlarimni, kechirganlarimni qalamga olgim kelib qoldi.
c)Eshon otasining gapiga amal qilib,to’rdan joy tegmaydigan, pokgakda choy tegmaydigan biro dam bo’lib yetishibdi.
d)Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko’tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi.
94. Ravishga oid so’z bilan ifodalangan kesim qaysi qatorda berilgan?
a)Shamol qo’zg’alib, daraxtning uchi silkina boshladi.
b)Tog’ni yaqindan sira ko’rmaganman.
c)Samarqand tog’lari shavqli, farahli.
d)Shoshilgan ishning pushaymoni ko’p.
95. Birdan ortiq nisbat qo’shimchalari olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi?
a)nisbat hosil qiluvchi qo’shimchaga qarab
b) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab
c)o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab
d)tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi
96. Yuvintirishdi fe’li qayis nisbatdaligini aniqlang?
a)aniq nisbat b)majhul nisbat c)o’zlik nisbat d)birgalik nisbati
97. Isitildi so’zida qaysi nisbatlarni hosil qliuvchi qo’shimchalar mavjud?
a)majhul nisbati b)aniq va birgalik nisbati c)o’zlik va majhul nisbati d)orttirma va majhul nisbati
98. Majhul nisbati qo’shimchasi qo’shilganada fe’l asosida qanday tovush o’zgarishlari kuzatiladi?
a)TT b)TT va TA c)TT va TO d)TO
99. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari ishtirok etgan? Bilib bilmagandan bilmay bilgan yaxshiroq.
a)ravishdosh, harakat nomi b)sifatdosh va ravishdosh
c)faqat sifatdosh d)faqat ravishdosh
100. Fe’l yasalganda o’zakda tovush tushishi ro’y bergan so’zlarni toping?
1)sana; 2)qiyna; 3)yasha; 4)pasay; 5)susay; 6)ata; 7)ulg’ay; 8)o’yna
a)2,3,4,5,8 b)2,4,5,7,8 c)2,4,5,8 d)4,5
Download 29.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling