I bob sifatdosh haqida ma`lumot. Fe'lning sifatdosh shakli


Download 32.84 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi32.84 Kb.
#1101241
  1   2
Bog'liq
sifatdosh s



KURS ISHI

Mavzu: Sifatdosh o'ramli hollar semantikasi.




MUNDARIJA

KIRISH:……………………………………………………………………….…. 3


I BOB Sifatdosh haqida ma`lumot.

1. Fe'lning sifatdosh shakli ………………………………...5


II. BOB Sifatdosh o'ramli hollar semantikasi
2.1 Sifatdoshning leksik-semantikasi ……….…….12
2.2 Sifatdosh o'ramli hollar semantikasi …....15
Xulosa…………………………………………………………………………….18

KIRISH
Har bir til, shu jumladan o’zbek tili, sifatdoshlar kategorial semantikasini ifodalovchi vositalarga ega. Bu vositalarni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Sifatdosh - o’zbek tili morfologiyasi eng muhim tarkibiy qismlarlaridan biri bo’lib, nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Biror bir grammatik kategoriyani so’z turkumi sifatida ajratish uchun uchta belgining bo’lishi shart: morfologik, leksik, sintaktik belgi. O’zbek tilida sifatdosh yuzasidan olib borilgan kuzatishlar bu belgilarning sifatdoshda mavjud ekanligini, shunga ko’ra, sifatdoshni alohida so’z turkumi sifatida ajratish mumkin va zarurligini ko’rsatdi. Masalaning mohiyatini to’g’ri payqab olish uchun, hozirgacha bo’lgan sxemadan bir qadar uzoqlashmog’imiz kerak.


Maktab grammatika darsliklaridagi tasnifga ko’ra, sifatdosh fe’l sistemasiga kiritib qaraladi. Bu hol har ikki grammatik kategoriya ya’ni fe’l va sifatdosh haqida konkret tasavvur hosil qilishga imkon bermaydi. Natijada, har ikki grammatik kategoriyaning tub mohiyati, ulardan har birining o’ziga xos xususiyatlari ochilmay qoladi. Boshqacha aytganda, sifatdosh tushunchasi fe’l tushunchasi bilan birikib ketadi. Shu bilan fe’lning tabiati ham xiralashadi. Albatta, bunday hollar o’zbek tili grammatikasining hali ilmiy asosda yetarli ishlanmagani orqali yuz bergandir.
O’zbek tilshunoslaridan sifatdosh haqida dastlab mukammalroq to’xtagan tilshunos R.Jumaniyozovdir. R.Jumaniyozov M.Asqarova bilan hamkorlikda ravishdosh va sifatdoshga bag’ishlab e’lon qilgan risolasida sifatdoshni ancha chuqurroq tahlil etib bergan. Risolada asosan sifatdosh fe’lning xoslangan shakli sifatida tadqiq etiladi. Bunda u predmetning harakat belgisini sifatlovchi vazifasini bajaradi, shu xususiyatiga ko’ra sifatga yaqin turadi deb ko’rsatadi. R.Jumaniyozov sifatdoshni asosan morfologik kategoriya sifatida qaragan va talqin etgan. Quyida o’zbek tili va ingliz tilidagi sifatdoshlarning strukturaviy-funksional xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi, gapda aniqlovchi bo’lib kelishi bilan sifatga o’xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg’un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o’zgarish, harakat belgisini ifodalaydi.

Download 32.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling