Ta’mirchi-me’mor o’z faoliyatida shunday hollar bilan uchrashadiki
Download 24.18 Kb.
|
Ta’mirchi-me’mor o’z faoliyatida shunday hollar bilan uchrashadiki, ular maxsus bilim talab kiladi. Bu hollar tarix yodgorliklarini, xiyobonlarni, sa’nat asarlarini ta’mirlashdan, yuq bo’lib ketgan yodgorlikni qayta qurishdan va usti ochik mo’zeylarni tashqil qilishdan iborat. Tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash ham umumiy, ya’ni me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash koidalariga buysunadi. O’ziga xos xususiyati shundan iboratki, muayyan tarixiy davrga aloxida e’tibor beriladi. Yodgorlikning tarixiy kiymatini ochishda ikki karama-karshi yul bor. Birinchisi: yodgorlikka tarixiy xujjat deb karaladi va asosan konservasiya hamda jo’z’iy ta’mirlash bilan kifoyalanadi. Ikkinchisi: birinchisiga karshi yul bo’lib yodgorlikni muayyan, tarixan kiymatli shaxs va vokea bilan boglik davrdagi holat qaytariladi. Tomoshabin O’sha davrga kirib ketganday buladi (“effekt prisutstviya”). Ikkinchi yul kup hollarda tula ta’mirni talab kiladi. Ba’zan soxtalikka yaqinlashtirib kuyadi. Birinchi yul zamonaviy ta’mir nazariyasiga mos kelsada, amalda ikkinchi yul kup kullaniladi. Ikki yulidan birini tanlashda muayyan sharoitga karaladi. Yechim tanlashda ichki jixozning (mebel, buyumlar) ning ham ta’siri nazarda tutiladi. Tarixiy yodgorlik ayni vaqtda me’moriy yodgorlik ham bo’lganda, tarixiy asliyatni saqlab kolish istagi badiiy jixatlarni tula ochish istagiga karshi turishi ham mumkin. Muammoni hal qilishda ko’pchilikning fikriga tayanish kerak buladi. Bog va xiyobonlar ta’mirlash chukur maxsus bilimlarni talab etadi. Kadimgi bog, xiyobonlarda tabiatga munosabatning, dunyo karashning aks ettirilishi, "yashil arxitekturaning" mavsumiy va yillar davomida usib utgan sari va xar faslda tabiiy ravishda o’zgarishi bu xildagi ta’mirni shartli ekanligini kursatadi. Uning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, eski holga kaytish daraxtlarni yuq kili orkaligina erishiladi. Vujudga keladigan ziddiyatni kompromis (kelishuv) orkali yumshatish mumkin. O’zi usib chikkan va kompozisiyani bo’zayotgan usimliklardan tozalash choralari bog, xiyobonlarni ta’mirlashda begumon To’g’ri choralardan biri deb xisoblanadi. Manzaraviy xiyobonlarda o’zi usib chikkan daraxtlar umumiy kompozisiyani bo’zmasa hamda xiyobonning dastlabki holatiga urgu berish uchun xizmat kilsa ularni mustasno sifatida qoldirish maksadga muvofik buladi. Manzaraviy xiyobonlarda eski daraxtlar urniga yosh daraxtlar nihollar utkazish xiyobonlarni asta-sekin boskichma-boskich yangilash imkoniyatini beradi. Bunda xiyobon kurinishida keskin o’zgarish yo’z bermaydi. Daraxtlarni yoppasiga yoshartirish muntazam (regulyar), xiyobonlarda kullaniladi. Bog va xiyobonlarni ta’mirlash jarayonida bir necha kiyinchiliklarga duch kelinadi. Chunonchi, yosh va kari daraxtlarni yonma-yon usishi kiyin kechadi. Usimliklarning ba’zilari xozir yuq bo’lib ketgan yoki xiyobonlar avvalgidek ozchilikka emas, balki ko’pchilikka muljallanishi mumkin. Shark boglarining o’ziga xos xususiyatlari bor. Ular ichidagi asosiysi mevali va manzarli daraxtlarning birlikda keng kullanilishi. Ularni ta’mirlash usullari maxsus tadkikotlar utkazishni talab kiladi. Ba’zan me’moriy yodgorliklardagi san’at asarlarini ta’mirlash katta ahamiyatga ega. Naksh, surat, mebel, xaykal, ichki jixoz-shular jumlasidandir. Boshka maxsus soxadagi ta’mirchilar ham jalb kilinadi, ta’mirchi me’mor u bilan birga ishda albatta ishtirok etishi. Mo’zey ishida san’at asarlarini ta’mirlashning bir necha usullari shakllangan. Asosan mustaxkamlash kullaniladi. Kir, iflosliklar tozalanadi. Kushimchalar kam ishlatiladi. Aslidan anik farkdaydigan usullar kullaniladi. Rang kuchgan joylar levkos moddasi bilan tuldiriladi va ustidan shartli holda buyaladi. Tushib ketgan qism urni ba’zan gips bilan tulgaziladi. Me’moriy yodgorlikdagi devoriy surat, xaykallarni ta’mirlashda mo’zey ishidagi usullardan foydalaniladi. Amaliy-dekorativ san’at asarlarini ta’mirlash vaqtida katta xajmdagi ishlar kilinishi mumkin. Qaytariluvchi (tirajlangan) unsurlar ba’zi yodgorliklarda joyini egallaydi. me’morchiligida girixlar kup ishlatilgan. Ularni ta’mirlash nisbatan yengil. Islimiy nakshlarni ta’mirlash kiyinrok, chunki unda o’zgarish unsurlarning joyi girixnikidek boglangan emas. Yozuvlarning tushib ketgan qismi anik bo’lsa, masalan Kur’on oyatini tula ta’mirlash To’g’ri deb xisoblanadi. Amaliy san’at asari namunasi bulmish buyumlarni avvalgi vaqtida kupinchalik yangitdan ishlanar yoki kurinishini dastlabki holiga yaqinlashtirilar va yaltiratilar edi. Xozirgi vaqtda bunday kilinmaydi. Asliyat mustaxkamlanadi, iflosliklardan tozalanadi, tuldirilgan qismlar butikrok rangga buyaladi. Ba’zan yangi joylarga asliyat ta’ssurotni berish uchun su’niy ravishda asrlar gardi beriladi Butunlay yuq bo’lib yangitdan kurilgan “obidam moxiyatan yodgorlik emas. Bu yangilik yoki asl kattaligidagi maketdir. Biroq, bu kabi ishni kilmaslikni ilojisi bulmaganda ishni kadimgi me’morlikni yaxshi biladigan mutaxasisga topshirish kerak. Yangilikni qo’llash katta, masalan, shaxarsozlik muammolarini hal qilishda o’zini okdaydi. Venesiyadagi avliyo Mark maydonida kungirokxona, Moskva Kremlining 1812 yilda portlatilgan burjlari, Mixaylovskoye usadbasi kabi obidalarda kullanishi To’g’ri deb topilgan. Kdyta kurilayotgan bino albatta o’z urnida bulishi, atrofi esa o’zining asosiy sifatlarini saqlab kolgan holda bulishi kerak. Bo’zilib ketgan binoning bo’zilishdan avvalgi shaxarsozlik holati keyingi o’zgarishlari bilan tiklanadi. Yodgorlik o’z muxiti bilan chambarchas boglangan ekan, u o’z joyida saklanishi kerak. Venesiya xartiyasida yodgorlikni joyidan kuchirish man kilingan. Faqat saqlab kolish maksadidagina kuchirishga ruxsat etiladi. Suv ostida kolib ketadigan, yodgorlikka yetib borishi juda kiyin bo’lgan hollardagina uni urnidan kuchirish mumkin. Kadimgi kishlok imoratlarini ham tevaragi tez o’zgarishi natijasida kuchirishga To’g’ri keladi. Rusiyada ikkinchi jaxon urushidan keyin suv ostida kolib ketadigan yogochdan kurilgan me’moriy yodgorlikni boshka joylarga kuchirish ommaviy tus oldi. Ular kuprok roxibxonalarga (monastirlarga) kuchirildi. Bu ularni saqlash imkoniyatini bersada, biroq ular yangi joylardagi inshotlarga mos kelmas edi, yot edi. Bu soxadagi keyingi boskich-usti ochik mo’zeylar tashqil qilish bo’ldi. Dastlabki bunday mo’zeylarda ham tajribasizlik bilindi. Chunonchi, Kiji pogosti majmuasining yonida rus yogoch me’morligining namunalari xech kanday tizimsiz (sistemasiz) kuyildi. ^ozirgi vaqtda kuchirilib kelingan yodgorliklarni joylashtirishda ancha tajribalar tuplanib kolgan. Me’moriy mo’zeylar inshootlar yigimi emas, balki yaxlit organizm sifatida to’zilishi kerak. Ularda nafaqat qurilish madaniyati aks etadi, balki biror xududning (tuman, noxiyaning) moddiy madaniyati aks ettiriladi. Bu soxadagi yana boshka yul-me’moriy-etnografik mo’zey tashqil qilishdir. Xududiy mo’zeylar-tarmok tarikasida tashqil etilishi maksadga muvofikdir. Xar bir mo’zey tuplanilgan va urganilgan material buyicha mayda xudud va etnik alomatlarga ko’ra aloxida-aloxida zonalarga bulinishi kerak. Zonalardagi inshootlarning tarkibi va o’zaro joylashuvini mumkin kadar o’z joyida xukm surgan xos usullarda takrorlash zarur. Xar bir zona o’ziga xos parda, tusik vazifasini utaydigan daraxtlar bilan tusilishi kerak. Mo’zeylarga kuprok katta yullardan o’zokda joylashgan, o’z urnida saklana olinmaydigan inshootlar olib kelinadi. Tajriba shuni kursatadiki, mo’zeylarga juda yaxshi, kimmatli inshootlarni olib kelishga xarakat qilish noTo’g’ri. Chunki, xududlar o’zlarining yuqsak darajali yodgorliklaridan maxrum buladilar. Mavjud me’moriy majmualardan muxim inshootlarni olish kolganlarini saqlab kolishga zarar yetkazadi. Mo’zeylarning maxsus turlari mo’zey - kurikxona (yoki mo’zey - rezervatlardir). Ular me’moriy va etnografik jixatlardan tarixiy inshoatlar kuprok sakdangan shaxar qismlarida va kdshlokdarda tashqil etiladi. Ularning saqlash zonalarini ajratilib kuyilishi zarur. Mo’zey- rezervatlar obidalarni kuchirib olib kelishidagi kusurlarni kamaytirishga imkoniyat beradi. Download 24.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling