Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur


Download 33.21 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi33.21 Kb.
#1782604
Bog'liq
Hozirgi kunda har bir mutaxassis o


Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i zarur.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan mukammal nazorat-o‘lchash asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir.
Metrologiya Standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini o‘rganish talabalarda metrologiya bo‘yicha asosiy tushunchalarni, atamalarni, ta’riflarni, o‘lchash usullari va vositalari hamda ularning metrologik tavsiflarini, o‘lchash xatoliklari va ularni baholash kabi masalalarni bilishini taqozo etadi.
Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlashda, eng muhimi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ta muhim masalalardan biri sanaladi.
Metrologiya faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan “Muhandislik va muhandislik ishi”, “Ishlab chikarish va qayta ishlash tarmoqlari”, “Atrof-muhit muhofazasi”, “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani” yo‘nalishlari va sanoatimizning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan har turli mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me’yoriy hujjatlarning belgilangan talablariga mos bo‘lishini, iste’mol mahsulotlarining aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu borada etarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
SHu sabablarga ko‘ra, ushbu o‘quv uslubiy majmua respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohotlarga yondoshgan holda yaratishga harakat qilindi.“Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani nuqtai nazaridan sharq falsafasining tutgan o‘rnining kiritilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda va rivojlantirishda munosib o‘rin egallaydi deb hisoblaymiz.


Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanining maqsad va vazifalari

Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan.


Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birliligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. SHuning uchunham metrologiya asoslarini bilish, uni o‘zmutaxassisligidoirasidatushunish va amaliy qo‘llashtexnikavatexnologiyasoxalaridagibakalavriatyo‘nalishlari bitiruvchilariuchun muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Metrologiya fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya asoslari bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik masalalar bilan shug‘ullanish borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya asoslari bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiq
Download 33.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling