Hozirgi kunda o'qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madanyatini takomillashtirish muammolari reja


Download 35.74 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi35.74 Kb.
#1240487
  1   2
Bog'liq
08.Hozirgi kunda o\'qituvchi tarbiyachilik mahoratining asosiy tamoyillari


HOZIRGI KUNDA O'QITUVCHI NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANYATINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI


Reja:

1. O’qituvchining tarbiyachilik mahorati haqida tushuncha.


2. Tarbiyachilik mahoratining to’zilishi: ijtimoiy, estetik, etik, texnologik va boshqalar.
3. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mahorati.
Tarbiyachi shaxsiga xos sifatlardan yana biri insonga, bolaga bo’lgan ishonch, o’z ishining to’g’riligiga, uning foydali ekanligiga ishonchning komilligidir. Tarbiyachi – o’qituvchi uchun adolatli bo’lish – bola ishonchini kozonish demakdir. Adolatli bo’lish uchun esa har bir bolaning ma‘naviy dunyosining eng nozik joylarigacha bilish kerak. O’qituvchi munosabatlarida va alokalarida kutarinki ruh va yaxshi kayfiyatga ega bo’lsagina ishida har on duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni oson yenga oladi.
O’qituvchi uchun o’z ishida ijod qilishga intilish, kolipga tushgan ish formalaridan voz kecha olish, yangiliklar kashf eta bilish, suxbatda yangi fikrni bayon kila bilish, ishda yangilik kiritib, shijoat ko’rsata olish muxim fazilatdir.
O’qituvchining tarbiyachilik mahorati, odobi, emotsional madaniyati yuksak bo’lsagina, u odamlarga nisbatan mehribon, saxovatli bulla oladi, ularni hamma xurmat kiladi. Buning uchun u ochikkungil, kat‘iy bo’lishi, o’zini tuta bilishi, bardoshli bo’lishi bilan qiyinchilik oldida esankirab, o’zini yuqotib kuyib, muomalada ko’pollik qilishdan saqlana olish, o’ziga va bolalarga nisbatan talabchan bo’lishi bilan birga o’z shaxsiga tankidiy nuktai nazardan karay olishi kerak.
O’qituvchining shaxsiy sifatlari, tarbiyachilik, pedagogik faoliyatiga oid malaka va kunikmalar o’z – o’zidan vujudga kelmaydi. Moxir o’qituvchiga, o’z ishining ko’zini biladigan soxibkorga faqat ukishga ongli munosabatda bo’lish, o’z zimmasiga kasbi yuklaydigan mas‘uliyatni tula xis qilishi tufayli, har kuni mexnat qilish, kollektiv xayotida aktiv ishtirok etish orkaligina bu sifatlarni shakllanishi mumkin.
Tarbiyachi ijtimoiy, estetik va etik normalarini o’zlashtirib olishi, tajribada kullashi, o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan takkoslashi lozim. Fikrlash va xis etish natijasida, turmushda sinab ko’rish natijasida pedagogik etikaning koidalari tarbiyachining o’z e‘tikodiga, intilishiga, o’z axloqiy sifatiga aylanadi. Bular tarbiyachining dunyoqarashi, fikr va muloxazalari bilan kushilib, insoniyatning kelajagiga ta‘sirini belgilaydi. Pedagogik etikaning normalari tarbiyachining shaxsiy va axloqiy fikriga, e‘tikodiga aylanishi lozim.
Bu axloqiy e‘tikod tarbiyachining tarbiyaviy ishlarida, o’quvchilar va bashqa kishilar bilan munosabatlarida, muomalasida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishida ko’zga tashalanadi. Pedagogik takt tarbiyachi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Tarbiyachi axloqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirning samaradorligida axloq tarbiyasi soxasida erishilgan yutuklarida namoyon bo’ladi.
Tarbiyachining mavkei : bashqaruvchi, ko’zatuvchi va xokazo. Tarbiyachining mas‘uliyati : mas‘uliyat tushunchasining butun mazmunini saklagan holda muallimning faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas‘uliyati yuklanadi. Tarbiyachi o’quvchini xayotga, mexnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan bir, u boladagi mavjud layokati va qobiliyatlarini paykab, individual munosabatda bo’lishi, mavjud bo’lgan ijobiy, axloqiy sifatlarini ustirishi lozim.
Tarbiyachi jamiyatning vakili sifatida o’quvchilar kollektivi bilan yolgiz o’zi ish olib boradi. Bunday sharoitda o’qituvchining mas‘uliyati uning xulqini tartibga solib turadigan, bashqaradigan kuch, regulyator, o’quvchilarga ta‘sir o’tkazish darajasining asosiy mezoni xisoblanadi. Jamiyatning kelajagi, umidi, insonning nuridiydasi -- farzandining takdiri, istikboli uning kuliga ishonib topshirilgan. Yaxshilik, adolat, sha‘n, kadr – kimmat, insoniylik kabilarning mavjudligiga bolada ishonchni vujudga keltirish ham o’qituvchining mas‘uliyatiga bog’liq. Shunisi ham borki, buni ko’pincha nazorat kilib bulmaydi. Bu tarbiyachining vijdoniga xavola kilinadi.
Tarbiyachilik kilayotgan kishilar o’z zimmasiga kanchalik yuksak va sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim. Oliy va o’rta maxsus pedagogika o’quv yurtini bitirib, muallimlik yoki tarbiyachilik faoliyatini boshlagan kishi barcha o’quvchilarga o’zini yakin tutishi, odobi, odilligi bilan bolalarga ijobiy axloqiy namuna ko’rsatishi zarurligini yoddan chikarmasligi kerak.
Kishining kadr – kimmati, avvalo o’z kadrini bilishi, umumiy ishga kushayotgan xissasining salmogi va sifatidadir. Xalol mexnat kishining kadrini, izzat – xurmatini oshiradi. Kishi o’z mexnatining kadriga yetishi, u bajarayotgan ish jamiyatga ahamiyatli ekaniligini tushunishi. Insonning kadr – kimmati uning mansabiga, kasbiga bog’liq emas, balki o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq. Bu pedagogik etikasida muallimning kadr – kimmati deb ataladi. U, avvalo, muallimdan o’z ishining ustasi bo’lishini, kamtar bo’lishini, shu bilan birga pedagogik va o’qituvchilar jamoasida o’zini tuta bilishi kerak.
Tarbiyachi maktab raxbarlari, hamkasblari va bashqalar bilan muomala – munosabatida kattakonlik, kibr – xavo, manmanlik kilmasa, uning o’quvchilar ko’zi oldida obrusi oshadi.
Har bir ishda, har bir masalada tarbiyachi o’z e‘tikodiga sodik, kat‘iy printsipial bo’lishi, pedagogik faoliyatiga va mahoratiga har bir kadamiga unga amal qilishi lozim. Ma‘lumki, tarbiyaviy ishni maktabda va maktabdan tashkarida ham pedagoglar kollektivi amalga oshiradi. O’qituvchi va tarbiyachilarning kuchi va ta‘siri birlashtirilgan takdirdagina tarbiyaviy ishdan ko’zda tutilgan maksadga erishish mumkin.
Bashqa kasblarga karaganda pedagogik faoliyat odobli bo’lishni takozo kiladi. Odatda inson axloqi uning odobida ifodalanadi. Tarbiyachining har bir so’zi, har bir bosgan kadami ibrat, tarbiya, urnakdir. Uning katta – kichiklar, o’quvchilar bilan qanday salomlashishi, kattalarga, kichiklarga, Xotin – kizlarga munosabati, muomalasi, kuchada yurishiga, tarbiya faktori xisoblanadi. Har bir ishni o’z paytida, anik bajarishi, bergan va‘dasining ustidan chikishi, o’zini tuta bilishi, irodasi – bularning barchasi o’quvchilar xulqiga ta‘sir etibgina kolmay, bolalarda axloqiy ongning shakllanishiga yordam beradi.
Pedagogik odobga ega bo’lgan tarbiyachi o’quvchilar orasida obruga ega bo’ladi. O’qituvchi – tarbiyachi kanchalik ko’proq obruga ega bo’lsa, ta‘lim va tarbiya vazifalari shunchalik yaxshi va muvaffakkiyatlirok bo’ladi.
Pedagog, tarbiyachi unlab, yo’zlab bolalarga, mexnatkashlarga ilm – ma‘rifat, nur, ziyo tarkatishdan, o’z kasbidan mamnun, baxtiyor ekanligini xis etishi, ruhiy bardam, vijdoni pok bo’lishi, o’quvchilarni istikbolga katta ishonch bilan qarashga o’rgatishi lozim. Ertaga kuvonch inson xayotining xakikiy omilidir. Odamni tarbiyalash unda kelajakka ishonchni tarbiyalash demakdir.
Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyati turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan kishining qobiliyati bilan belgilanadi.
Qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffakkiyatli bajarishga bo’lgan layokati darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.
O’qituvchining tarbiyachilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har o’qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan mujizalar yaratadi, ijodkorlik hamisha uning hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk, ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa Yana iste‘dod va zexn, ya‘ni inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat ham bo’lishi zarur. Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi psixik xususiyat tarakkiy etadi.
O’qituvchining tarbiyachilik mahoratining muxim fazilati kishilar bilan tez el bula olishi, ko’pchilikka aralasha bilishi, ulfatijonlik, dilkashlik bo’lib, bu uning aloka madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki o’qituvchiga hamisha odamlar bilan aloka qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. O’qituvchining ishidagi muvaffakkiyatni kundalik faoliyatida kattalar va bolalar bilan, ayrim gruppa va yakka shaxslar bilan alokaga kirisha olish qobiliyati ta‘minlaydi.
O’quv tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish. Xozirgi vaqtda ta‘lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirishning moxiyati va yullari to’g’risida ko’plab munozaralar olib borilmokda. Zero, xakikiy insoniylashtirishgina ta‘lim tizimini yangi sifat boskichiga kutarishi mumkin.
Ta‘lim va tarbiyaviy faoliyatni insonparvarlashtirish uning moxiyati va mazmunini ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanish va o’z – o’zini anglashi huquqini ta‘minlaydi. Shuningdek, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik vazifasini ham utaydi. Bu munosabat asosida insonga ishonch, uning kadriyatini xurmat qilish kabi fazilatlar yotadi. Bu huquqlarga kafolat beruvchi va bu kadriyatlarni ximoya kiluvchi ijtimoy – pedagogik yaratilsagina insoniylashtirish xakikiy kuchga aylanadi.
Umumiy ta‘lim maktablarida tajriba ishlarining utkazilishi pedagogik shart – sharoitlar yaratish va o’quvchilar orasidagi insoniy fazilatlarni tarbiyalash imkoniyatini berdi. Rejalarda ko’rsatilgan insoniylashtirish ishlarini amalga oshirish uchun ishimizni tezlashtirdi. Masalan : biz Karshi shaxridagi 5 – maktabda va 4 – xunar – texnika kollejida pedagogik amaliyot bilan katnashib, bu bilim dargoxlarining o’quv – tarbiya jarayonini o’rgandik va o’z oldimizga qo’ygan quyidagi reja bilan ish ko’rdik:
• Pedagogik jamoaning tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilishga tizimli yondoshish
• O’quvchilarning gumanitar tayyorgarligini kuchaytirish;
• Pedagogik muloqotni insoniylashtirish;
• O’zaro ishonch muxitini yaratish;
• Pedagogik jamoaning birligiga erishi;
• O’quv yurtlarini estetik jixozlash;
• Jamoaning bir – birlariga bo’lgan munosabatlarida xushmuomalalik bilan murojaat qilish orkali o’quvchilar orasidagi insoniy fazilatlarni kuchaytirishga erishish;
• Doimo xushkayfiyatda bo’lish kabi ma‘naviy – ruhiy muxit xosil qilish
• O’quvchi va o’qituvchilarga raxbarlik qilishning xalqchil uslubini yaratish.
O’quv joylarida barcha tashkiliy tizim maksadga yunaltiruvchilik harakteriga ega bo’lishi, o’quvchilarning ma‘naviy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bu qilingan ishlar shaxs tarbiyasini insoniylashtirish uchun muxim yullanma bo’lib xisoblanadi.
Tarbiyaviy faoliyatni tashkil qilishga doimiy va tizimli yondoshish -- tarbiyaviy faoliyatda bir yunalish bo’lib, ma‘lum bir maksadni amalga oshirishga karatilgan bo’ladi. Tarbiyaviy faoliyatning mazmuni turtta bo’lib, bular birlashtirilsa, ko’zlangan maksadga erishiladi :
1. Mafko’raviy tarbiya;
2. ma‘naviy tarbiya;
3. O’quv ishlab chikarish;
4. Sport – soglomlashtirish kompleksi.
Agarda bilim yurtlarida, kasb – kor kollejlarida biz sanab ko’rsatgan kompleks o’quv – tarbiya jarayonining turtta maksadini ifoda etadi. Bu maksadlar quyidagilardan iborat:
1. Ilmiy dunyoqarash va siyosiy madaniyatni shakllantirish;
2. SHaxsning ma‘naviy sifatlarini shakllantirish;
3. Kasb – kor tayyorgarligi sifatini ta‘minlash;
4. Jismoniy madaniyatga, soglom turmush tarziga extiyojni rivojlantirish;
Bu kuyilgan maksadlarni amalga oshirish va uni anglash, uni o’quvchilarda shakllantirish tarbiyaviy jarayonning maksadi bo’lib xisoblanadi. Ko’p yillik maktablarda va oliy o’quv yurtlarida ishlash jarayonida, shu narsaga doimo sistemali va maksadga muvofik reja bilan ish tutilsa, ko’zlangan maksadga erishish mumkin ekanligini ko’rsatadi. Palapartish, rejasiz olib borilgan tarbiyaviy ishlar xech qanday natija bermasligi ma‘lum buldi. Xal kilinishi kerak bo’lgan tarbiyaviy jarayonni loyixalash, yangi pedagogik texnogiya asosida tashkil qilish, ta‘lim va tarbiyaning eng yangi usul va yullarini kullagan holda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish ko’zlangan maksadni albatta berishi ma‘lum buldi.
Har bir tashkil kilinishi lozim bo’lgan ta‘lim va tarbiviy ish loyixalashtirish orkali tarbiyaviy faoliyatni insoniy yunalishga ega bo’lgan fazilat paydo bulayotganligidan darak beradi.
Yukorida biz ko’rsatgan maksadli yondoshish tarbiyachi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Buning uchun uygunlashgan o’quv dasturi to’zilib, o’zida bir necha fanlarni birlashtiradi. Maslan, «Mafko’raviy» fazilat yoki ma‘lum dunyoqarashni, siyosiy yunalishni tarbiyalamokchi bo’lsa, ( albatta, tarix, geografiya, jamiyatshunoslik, huquq asoslari kabi fanlardan ) foydalaniladi va bu bilan sinfdan tashkari ishlarni ham kamrab olgan bo’ladi. Bu tadbirlardan ko’zlangan maksad esa, ham olingan bilimlar mustaxkamlanadi, ham siyosiy madaniyatni tarbiyalashda tayanch kunikmalar shakllanadi.
Shaxsni insoniylik asosida tarbiyalash dasturini kullagan holda o’quvchiga ta‘sir etishning samarali shakllaridan – dars, umumiy tematik, operativ, siyosiy axborotlar, davra suxbati, konferentsiya, miting, munozara, tarixiy o’quvlar, tarbiyaviy soatlardan foydalanish. Guruhlarda olib boriladigan siyosiy axborotlar operativ harakterga ega bo’lib, unga barcha o’quvchilar jalb kilinsa, vaqti – vaqti bilan tematik axborotlar utkazilib turilsa insoniylikni tarbiyalashga yanada ko’proq yondoshilgan bo’ladi.
Agarda maktab yoki litseyda turli – tuman tugarak, klub ish olib borsa, ular o’zining rejasi, o’z faollari, amalga oshirilayotgan ishlar yo’zasidan tutilgan kayd qilish daftarlariga ega bo’lishi lozim. Har bir tugarak yoki klubni ishini yuritish uchun birorta muallim berkitilib kuyilsa, ular o’quvchilar bilan birgalikda mazko’r klub yoki tugurak ishi uchun javobgar xisoblanadilar.
Yoki siyosiy axborotlar kengashi, siyosiy axborotlarni olib boruvchi shaxsga topshirilgan bo’lib, u axborotlarni o’z vaqtida olib borilishi va sifati, o’quvchilarga ta‘sir kuchi kay darajada ekanligi uchun ham javobgar. Xuddi shuningdek, matbuot guruhi o’zining olib borayotgan ishi yo’zasidan turli – tuman gazetalar chikarib turadi. Xuddi shuningdek, bashqa guruhlarda ham o’zining to’zilishi va ish mazmuniga qarab turli – tuman tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Xozirgi sharoitni xisobga olib davlatimiz ichki va tashki siyosati, bashqa mamlakatlar bilan olib borilayotgan ishlar, kushma korxonalar to’g’risida ham «Dalillar va faktlar» mavzusi ostida turli – tuman ishlar kilinishi mumkin. «Davra suxbati» o’quvchilar orasida olib boriladigan goyaviy – siyosiy ishlarning markazi xisoblanadi. Davra suxbatining maksadi o’quvchilarni buyuk siyosatdonlar misolida tarbiyalashdan, jamiyat rivojiga ilmiy nuktai nazaridan qarash, bulajak shaxsning ijtimoiy – mexnat faoliyatini tashkil qilishdan, suxbatga katnashganlarning ijtimoiy aktivligini oshirishdan iborat.
Bundan tashkari o’quv – tarbiyaviy ishni insoniylashdan maktab yoki bilim yurtlarida tashkil kilinadigan maxsus klub ishlari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday klub o’z kengashiga ega bo’lib, tukkiz kishi unga a‘zo bo’ladi va uch yil muddatga saylanadi. Agarda klubni maxsus tajribaga ega bo’lgan kishi bashqarsa, uning ishi rang – barang bo’ladi. U boy tajribaga ega bo’lgan kaxramon shaharlarga sayoxatlar uyushtiradi. Har yili klubning ma‘lum oyda xaftaligi utkazilib turiladi. Ko’rikda o’z – o’zini bashqaruvchi organlari, ijtimoiy fan kabinetlari, siyosiy axborotchilar, tarix va bashqa fanlardan attestatsiyalar utkazilib, uning natijalari xisobga olinadi va kelgusidagi ishlarga taxminiy reja to’ziladi.
Yoki «Tengdosh» deb atalmish maxsus mavzu tanlab, bu mavzu ostida jumxuriyatimiz kabi biz ukib to’rgan bilim yurtida ham turli millat vakillari ukishi: o’zbek, rus, tatar, tojik, turkman, uygur va bashqa millat vakillari ta‘lim olishadi, bunday sharoitda ularni yagona jamoaga jipslashtirish ham muxim masalalardan bo’lib xisoblanadi. Shu maksadda turli yullar bilan erishilayotgan yutuklarimiz jumxuriyatimizda ko’rilayotgan kushma korxonalar bashqa bordi, keldi alokalarimizni o’quvchilar ongiga yetkazish ham insoniylikni tarbiyalashda katta yordam beradi. Bunday tadbirlar o’quvchilarni ma‘lum bir jamoaga birlashtiradi. Bundan tashkari turli konferentsiyalar, bashqa kardosh mamlakatlarga sayoxatlar ham insoniylikni tarbiyalashga yordam beradi.
Shuningdek, yoshlarni xozirgi sharoitdagi o’rni va roliga bagishlangan, chet ellarda ta‘lim olayotgan talabalar va o’quvchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish, chet El vakillari suxbatlariga katnashtirish yaxshi natija beradi. Agarda o’quv yurtlarida turli – tuman anjumanlar, klublar tashkil kilinib, o’quvchilar unga katnashtirilib borilsa, insoniylikni tarbiyalashdan tashkari:
Belgilangan yunalishda o’quvchilar xayotini tashkil kiladi;
 O’quvchilar izlanish ishlari olib borishga odatlanadilar;
 Ommaviy ishlar tashkil qilishga o’rgatadi.
 Tarbiyachi va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantiradi.
Bu olib boriladigan ishlarning hammasi sinfdan tashkari vaqtda tashkil kilinib, ko’pincha nazariy ta‘lim darslari maksadidan kelib chikadi va ularni tuldiradi, mazmunini boyitadi.
O’quv – tarbiya jarayonini insoniylashtirishning yana bir yuli bu -- muxitdir. O’quvchiga muallim shaxsiga xurmatni o’quv yurti bagrida ham tarbiyalash mumkin. Chunki o’quvchi o’zining juda ko’p vaqtini maktabda yoki bilim yurtida utkazadi. O’quv yurtiga kirishda har bir zal, har bir bino did bilan estetik bezatilgan bo’lsa, u o’quvchi shaxsiga nixoyatda katta ta‘sir etadi. O’quv yurti jamoasi o’quvchilar yaxshi ukishi, bilim olishi, jismoniy va ma‘naviy rivojlanishi uchun jon – dildan xizmat kilsa, sport zallari, elektron
xisoblash xonalari, labaratoriya va badiiy xavaskorlik tugaraklari ishlab tursa, o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun imkoniyat yaratilsa, bolalar vaqti – vaqti bilan stadion, basseyn, kutubxonalardan foydalansa, insoniylikni tarbiyalash uchun zamin yaratilgan bo’ladi.
Bu borada Karshi davlat universitetini tilga olish urinlidir. 2006 yil «Umid nihollari» Respublika spartakiadasi utishi munosabati bilan talabalarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar yaratildi.
Ayrim maktab va bilim yurtlarida o’quvchilar yotib ukiydilar, shunday takdirda ko’rgazma zal, kechko’run ko’rish uchun kino zali, EXM, magnitafon, didaktik materiallar va bashqa ta‘lim vositalari mavjud bo’lsa o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun zamin yaratilgan bo’ladi.
O’quv yurtlarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash uchun usha o’quv yurtining moddiy bazasi ham xal kiluvchi ahamiyatga ega. Ayniksa, bilim yurtlarida har bir ixtisosga oid o’quv ustaxonasi, labaratoriya, har bir o’quv predmeti uchun kabinet – degan muammolar xal etilgan bo’lsa, ish asosan quyidagi yunalishda olib boriladi:

 O’quvchilar, muallimlar, tarbiyachilar, mexnat ta‘limi ustalari uchun yaxshi shart – sharoit yaratish;


 Ilg’or ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish;
 Pedagogik kadrlar malakasini oshirish;
 O’quv – tarbiya jarayonini raxbarlik usullarini takomillashtirish;
 Barcha kabinetlarda, labaratoriyalarda, ustaxonalarda maxsus metodik ko’rsatmalar tayyorlash;
 Tashkil qilingan ko’rgazmalarni, maketlarni, tarkatma materiallarni, o’quv adabiyotlarini, diafilm, kinofilmlarni foydalanish uchun doimiy ravishda tayyorlab borish;
 Muallim va ustalarning ish joylarini zarur texnik vositalar bilan jixozlab qo’yish;
 Har bir kabinet va labaratoriyalarni jixozlashda yagona didaktik va gigenetik, texnik talablar hamda texnik xavfsizlik koidalarini xisobga olgan holda jixozlash. Zaruriy ta‘lim vositalarini iloji boricha o’quvchilar kuchi va kuli bilan tayyorlansa, ba‘zi korxonalar imkoniyatlaridan foydalanilsa, o’quvchilar yanada bir – birlari bilan inok va dust bo’lib qolaveradilar.
O’quvchilarni ish joyida kerakli adabiyot, lugat, darslik, darslarning tayanch konspektlari bilan ta‘minlab qo’yish darslar va darsdan tashkari mashgulotlarning o’z vaqtida samarali olib borilishini ta‘minlash ham ma‘lum darajada insoniy fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi. O’quvchilar Fan kabinetlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashkari vaqtlarda ham foydalanadilar. Darsdan tashkari olib boriladigan konsultatsiyalar faqat dars mashgulotlariga yordam beribgina kolmasdan, keyinchalik oliy o’quv yurtlariga ukish uchun ham zamin yaratadi.
Dam olish kunlarida shug’ullanish uchun ashula, raks tugaragi, milliy ansabl ishlab tursa, har bir o’quv yurti o’zining vokal cholgu ansambliga ega bo’lsa, teatr va o’z studiyasiga ega bo’lsa o’quvchilar o’rtasida dustlik, bir – birini tushunish kabi goyalar usib boradi, yanada insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chikarish ta‘limi bo’lgan o’quv yurtlarida ustaxonalarning tarbiyachilari bilan tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabati o’quvchilardan tanlangan kasblariga bo’lgan munosabatlariga to’g’ridan – to’g’ri ta‘sir etadi. Chunki ustalar o’quvchilar bilan hammadan ko’proq birga bo’ladilar. Shuning uchun usta, masterlarga talabchanlikni kuchaytirish, ularni insoniylikka, diyonatli bo’lishga da‘vat etadi.
Ta‘lim – tarbiyani insoniylashtirishning Yana bir shakli butun o’quv rejasini bir maksadga yunaltirilganligidir. Masalan, «Jamiyatdagi inson», «Barkamol avlod» va «Uygunlashgan shaxs» va bolalar bunday ko’rslarda ma‘lum soat ajratib, ko’proq inson tarbiyasi va chet El madaniyati kabi fanlarni o’qitish maksadga muvofikdir. Bunday ishlab chiqilgan maxsus ko’rslar usib kelayotgan yosh avlodni barkamol shakllanishi, o’z xayotini to’g’ri ko’rishi, kelajagining to’g’ri tashkil etilishi belgilab boradi.
O’quv yurtlarida tarbiyaviy faoliyatni, butun pedagogik tarbiya tizimini insoniylashtirishning Yana bir muxim sharti, bu pedagogik jamoaning ham ta‘lim soxasida, ham ma‘naviy kadriyatlar soxasida birlikka erishishdir.
Ma‘lumki, shaxsni faqat shaxslar tarbiyalaydilar. O’z – o’zidan faqat insoniy jamoagina insoniy shaxsni tarbiyalashi mumkin. Shuning uchun o’quv yurti o’qituvchi – tarbiyachilari bunday birlikka erishishi uchun quyidagilarga aloxida e‘tibor berishi kerak, deb xisoblaymiz.
 Pedagog jamoaning goyaviy – ma‘naviy jipslashishi;
 O’zaro mas‘uliyat asosida hamkorlikdagi faoliyatni tashkil qilish;
 Estetik muxit yaratish;
 O’quv yurti raxbarining bevosita o’quvchilar tarbiyasiga ishtirok etishi;
 O’quvchilar jamoasi va o’quvchilar o’z – o’zini bashqaruv organlarining kuch – gayratlarini birlashtirish;
 Bulajak shaxsni shakllantirish o’quv yurti pedagogik jamoasi tarbiyaviy faoliyatining yagona maksadi bulmogi lozim.
O’qituvchi – tarbiyachining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mahorati. Ma‘lumki, maktabda utiladigan darslarning tematik (kalendar) rejasi bo’lishi bilan bir katorda sinf raxbarining ham tarbiyaviy ish rejasi bo’ladi.
Sinf raxbari o’quv yilining boshida yangi o’quv yili uchun taxminan quyidagicha tarbiyaviy ishlarni rejalashtiradi. Tarbiyaviy ish reja har bir sinfning raxbari tomonidan usha sinf bolalarining yoshlik xususiyatlari, ularning pedagogik – psihologik holatlarini xisobga olgan holda to’ziladi. O’quv yili davomida shu to’zilgan rejadan unumli foydalanish lozim bo’ladi. O’quv yili uchun to’zilgan reja taxminan quyidagi masalalarni o’z ichiga olishi mumkin:
1. Tashkiliy kundalik tarbiyaviy ishlar. Bu bandga kichik bandchalar kirgizilib, o’quv yili davomida bajarilishi kerak bo’lgan kundalik ishlar rejalashtiriladi.
2. Goyaviy tarbiya. Bu bandga mustakillik goyalari, tinchlik, ulkashunoslik, jumxuriyat tarixiy kunlari, davlatning ichki va tashki siyosati sinf xajmiga mos ravishda rejalashtiriladi.
3. Milliy an‘analar va baynalmilal ruhda tarbiyalash. Unda o’zbek xalqining milliy, ijobiy urf – odatlari, an‘analari, zamonaviy yangi kelib chikkan urf – odatlari, kondosh va kardosh xalqlarning o’rganishi mumkin bo’lgan an‘analarni aks etadi.
4. Vatanparvarlik tarbiyasi. Bu bulim O’zbekiston tarixi, xozirgi kuni, kelajagi o’quvchilar ongiga, xakikiy fukaro, Vatan ximoyachisi ruhini singdirishi lozim bo’lgan ishlardan iborat bo’ladi.
5. Mexnat va kasb – kor tarbiyasi. O’quvchining mexnatsevar, xalol, kasb – korini sevuvchi, kishi uchun kerakli bo’lgan xususiyatlarini o’zlashtirib olish imkoniyatlarini beruvchi bandchalar kirgiziladi.
6. Soglomlashtirish va jismoniy tarbiya. Bu bulim shifokor va jismoniy tarbiya o’qituvchisi bilan kelishilgan holda ish olib boriladi.
7. Xayotiy xavfsizlik tarbiyasi. Bunda texnika, elektr, yul harakati va bashqa xavfsizlik koidalarini o’rgatish sinf xajmi va bola yoshiga qarab rejalashtiriladi.
8. Milliy muomala va go’zallik tarbiyasi ( etika va estetika) Bu bulimda o’zbek xalqining asriy muomala madaniyati, qiyinishi, jamoat va bashqa joylarda o’zini tutishi to’g’risidagi tarbiyaviy ishlar o’z aksini topadi.
9. Milliy axloq va huquq – targibot tarbiyasi. Axloq odobning sinfga mos bo’lgan holatlari, huquq – targibot to’g’risidagi bandchalar tarbiyaviy ishlarda foydalaniladi.
Yukorida sanab utilgan bulimlar sinf raxbarining ijodkorligiga qarab har biri bir necha bandchalardan iborat bo’lgan reja asosida ko’paytiriladi. Tarbiyaviy ishlarning rejasi o’zining to’zilish tartibiga ega bo’lib, uning asl mazmuni utkazilish vaqti, Kim tomonidan bajarilishi anik rejalashtiriladi.

O’QITUVCHI MAhORATINI TAKOMILLASHTIRISH


YO’LLARI VA SHART – SHAROITLARI.
O’qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish. (Bu mavzu Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti G.Sultonovaning «Pedagogik mahorat» (ma‘ro’zalar matni)dan tulik olindi. Toshkent, 2001 yil, 33 – 36 bet). Har qanday mexnatning muvaffakkiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mexnatni uyushtirishga, ta‘sir etadigan shart – sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yullariga bog’liq. Demak, o’qituvchi mexnatining samarasi ham o’qituvchi o’z ishini qanday tashkil etishiga hamda bunga ta‘sir etadigan shart – sharoitlarning qandayligiga bog’liq. Har qanday mexnatni bajaruvchi shaxs kabi o’qituvchi ham o’z ishini tashkil etishga o’ziga ma‘kul bo’ladigan, o’zi yaxshi egallagan mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika tarakkiyoti davrida yashamokdamiz. Demak, o’z ishimizni tashkil etishimizda ham Fan – texnika yutuklariga asoslanishimiz kerak. Bu degani o’qituvchi ham o’z mexnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi demakdir.
O’qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni bashqarish uchun pedagogika va psihologiya fanining eng sunggi yutuklaridan foydalangan holda o’z ishini ijodiy tashkil etib, yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mexnati uning vaqti bilan bog’liq, bu ishning muvaffakkiyati vaqtdan unumli foydalanish, o’zining imkoniyatlarini tula xisobga olish, o’quv va tarbiya jarayonida o’zini namoyish etish va o’zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga kodir ekanini tasdiklash bilan bog’liq.
O’qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish, birinchi navbatda, o’zining ijodiy imkoniyatlariga ishonish demakdir. O’qituvchi ta‘lim jarayonini tula tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini, qonuniyatlarini, bolaning bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak.
Mexnat shaxsning bir maksadga yunaltirilgan jitimoiy – foydali faoliyati bo’lib, u akliy, jismoniy kuch, zur gayratni talab etadi.
O’QITUVCHI MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH
YO’LLARI VA SHART – SHAROITLARI.
O’qituvchi mahoratini ilmiy tashkil etish. ( Bu mavzu Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasining dotsenti G.Sultonovaning «Pedagogik mahorat» (ma‘ro’zalar matni)dan tulik olindi. Toshkent. 2001 yil. 33 – 36 bet). Har qanday mexnatning muvaffakkiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mexnatni uyushtirishga, ta‘sir etadigan shart – sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yullariga bog’liq. Demak, o’qituvchi mexnatining samarasi ham o’qituvchi o’z ishini qanday tashkil etishiga hamda bunga ta‘sir etadigan shart – sharoitlarning qandayligiga bog’liq. Har qanday mexnatni bajaruvchi shaxs o’qituvchi ham o’z ishini tashkil etishga o’ziga ma‘kul bo’ladigan, o’zi yaxshi egallagan mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika tarakkiyoti davrida yashamokdamiz. Demak, o’z ishimizni tashkil etishimizda ham fan – texnika yutuklariga asoslanishimiz kerak. Bu degani o’qituvchi ham o’z mexnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi demakdir.
O’qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni bashqarish uchun pedagogika va psihologiya fanining eng sunggi yutuklaridan foydalangan holda o’z ishini ijodiy tashkil etib, yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mexnati uning vaqti bilan bog’liq, bu ishning muvaffakkiyati vaqtdan unumli foydalanish, o’zining imkoniyatlarini tula xisobga olish, o’quv va tarbiya jarayonida o’zini namoyish etish va o’zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga kodir ekanini tasdiklash bilan bog’liq.
O’qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish, birinchi navbatda, o’zining ijodiy imkoniyatlariga ishonish demakdir. O’qituvchi ta‘lim jarayonini tula tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak.
Mexnat shaxsning bir maksadga yunaltirilgan ijtimoiy – foydali faoliyati bo’lib, u akliy, jismoniy kuch, zur gayratni talab etadi.
Mexnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari:
1. Rejalashtirish;
2. Tashkil etish;
3. Bashqarish;
4. Nazorat qilish.
O’qituvchi mexnati -- ijodiy kasblar turiga kiradi. Chunki shu mexnat orkali har tomonlama yetuk bo’lgan komil insonni tarbiyalaydi.
1. Pedagogik mexnat predmeti -- tirik shaxs.
2. Pedagogik mexnat maksadi -- har tomonlama yetuk bo’lgan komil insonni tarbiyalash.
Pedagogik mexnat natijasi o’quvchilarni mustakil ishlay olishi, darslarda o’z fikrini bildira olishi, isbotlay olishi, taxlil kila olishidir.
Pedagogik mexnatning moxiyati va o’ziga o’qitish va tarbiyalashning o’ziga xosligi shundaki:
A. Ikki tomonlama ta‘sir etishi;
B. Faqat bir o’quvchi bilan emas, jamoa bilan ishlay olishi;
C. O’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati.
Mexnatni ilmiy asosda tashkil etishda namoyon bo’ladigan 3 ta anik belgilar:
Vaqtdan imkon kadar samarali foydalanish;
Mexnat va dam olish uchun yaratilgan kulay shart – sharoitlardan samarali foydalanish, uni tashkil etish;
Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda mexnat qilishi uchun sogligiga har tomonlama gamxurlik qilish.
Qonuniyat va tamoyillarning bajarilishi o’qituvchi mexnatining yunalishiga bog’liq:
1. Ish tajribasi;
2. O’rganish va tushuntirish tajribasi;
3. Ishlash uchun sharoitni yaratilishi va ish joyining jixozi.
1 – yunalish: O’qituvchi kasbiga oidlar :
a) o’z ishiga, kasbiga oid chuqur bilimlarni egallash;
b) davlat tomonidan kabul qilingan xujjatlar, qonunlarni bilish;
c) pedagogika, psihologiya va xususiy metodikani o’rganish;
d) bolalar jamoasi va shaxsi haqidagi bilimlarni o’rganish;
e) ilg’or tajribani o’rganish va o’z ishida tadbik etish;
f) o’z ustida ishlash va o’z – o’zini tarbiyalash.
2 – yunalish . O’z mahorat elementlarini xosil qilish:
a) o’z ishiga kerakli bo’lgan va pedagogik mahoratini oshirishdagi kunikma va malakalarni egallash;
b) o’z kuchi va qobiliyatini to’g’ri ishlata olishi;
c) o’z vaqtida kerakli va to’g’ri qaror kabul qilish.
3 – yunalish:
ishning sharoiti va kollektivdagi ma‘naviy holat;
jamoadagi psihologik holat;
ijodiy yondashuv;
insonparvarlik;
ye) ragbatlantirish;
j) gigiena koidalariga rioya qilish;
z) kunni to’g’ri tashkil etish.
4 – yunalish. O’qituvchini o’z mexnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun unda ma‘lum darajada pedagogik fazilatlar bo’lishi kerak:
а) kim bilan ishlayotganini anik bilishi uchun ular haqidagi tulik ma‘lumotga ega bo’lish;
b) o’z xoxishi va maksadini anik bilish;
v) o’z oldiga vazifa kuya olish;
g) kerakli mazmun, shakl, metodlarni tanlay olish;
d) har ishning holatini taxlil kila olish;
ye) metodik kullanmalarni o’rganish va ularni tuplay olish;
j) vaqtni to’g’ri taksimlash.
Pedagogik mexnatni ilmiy tashkil etishda o’qituvchining kun tartibi va ish joyi muxim rol uynaydi. O’qituvchi o’zi uchun eng optimal yukori unum beradigan kun tartibini topa olishi kerak. Pedagogik mexnatni tashkil etish talablari pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ularning tavsiyasiga ko’ra pedagogik mexnatni ilmiy tashkil etish, eng muxim talablarni shu asosda rejalashtirish, faoliyatni uyushtirish, unda katnashayotganlarning kuchini yagona maksadga buysundirish, ragbatlantirish, operativ nazoratni xisobga olish. Shuni rejalashtirishdagi asosiy masala uyushtiradigan barcha faoliyat turlarini unda katnashayotgan kollektiv va a‘zolarni umumiy pedagogik maksadga buysundirishni ko’zda tutadi, bunda yakin, o’rta, o’zok maksadlarni inobatga olish ko’zda tutiladi.
Shunday kilib, o’qituvchining kun tartibi uning faoliyati va xayotini tartibga soluvchi asosdir. U yuk joyda mexnat unumi ham past bo’ladi, salomatlik yukolib boradi. Natijada o’qituvchi sarf qilgan kuchini kayta tiklay olmaydi, ish qobiliyati yuqoladi, oqibatda sifati pasayadi. Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o’qituvchilarning o’z mexnatini ilmiy tashkil etish vazifasini xal etishga kuyilgan kadam bo’ladi. Pedagogik mexnatni ilmiy tashkil etish shartlaridan yana biri ish o’rnini tartibga solish va mexnat sharoitini tashkil etishdir. O’qituvchining ish joyi ish jarayonining bir kismi bo’lib, mexnat unumining yukori bo’lishiga ta‘sir etadi. O’qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mexnatning mazmuni va xususiyati bilan belgilanadi.
Mexnat sharoiti tushunchasi kompleks tushuncha. Mexnatni ilmiy tashkil etish tajribasiga mexnat sharoiti deganda odamning mexnat kilayotgan joyi, anik vaziyat ko’zda tutiladi. Yana unga psixofiziologik, ijtimoiy, psihologik va estetik omillar ham kushiladi.

O’qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etishning


tamoyillar :
1. Pedagogik mexnatning samarasi, maksadi va faoliyat vazifasiga ko’ra bilishda va aniklay olishdadir. Shundagina uni ilmiy tashkil etish kerak bo’ladi.
2. Faoliyat uslubini belgilash;
3. Pedagogik mexnatni ilmiy tashkil etishda texnikadan vosita sifatida samarali foydalanish tushuniladi. Bu tamoyil kunikma va malakalarni shakllantirishga xizmat kiladigan pedagogik texnika va texnik vositalar yigindisi ko’zda tutiladi
4. Ta‘lim – tarbiya ishini rejalashtirish. Reja ta‘lim – tarbiya faoliyatini tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch sxemalarni topish masalalaridan tashkil topadi. Shular aniklansa, ukish,rivojlanish,tarbiyalash jarayoni yengillashadi.

SHuni rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani ijtimoiy jixatdan samarali rivojlantirib bulmaydi, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iktisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mexnatni nazorat qilish va xisobga olish printsipi o’qituvchi ishini muntazam va planli ko’zatib borish, shundan yutuk va kamchiliklarni aniklab borish, muximlarini ajratib olish ko’zda tutiladi. Xisobga olishning eng makbul yuli statistik xisobga olishdir. Pedagogik nazorat esa ob‘ektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralikni talab kiladi.


O’qituvchi mexnatini nazorat qilish
O’qituvchining tarbiyachilik mahorati 2
va xisobga olishning muntazamliligi, izchilligi quyidagilardir:
1. O’quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o’zi tomonidan nazorat kilinishi;
2. Darsdan tashkari vaqtlarda ta‘lim – tarbiyani nazorat qilish va o’zini ko’zatish;
3. O’qituvchining darsdan tashkari vaqtini nazorat qilish;
4. Ota – onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ishlarni nazorat qilish;
5. O’z ustida ishlashni nazorat qilish.
nazorat qilish va xisobga olish printsipi o’qituvchi ishini muntazam va planli ko’zatib borish, shundan yutuk va kamchiliklarni aniklab borish, muximlarni ajratib olish ko’zda tutiladi. Xisobga olishning eng makbul yuli statistik xisobga olishdir. Pedagogik nazorat esa ob‘ektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralikni talab kiladi.
O’qituvchi mexnatini nazorat qilish va xisobga olishning muntazamliligi, izchilligi quyidagilardir:
1. O’quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o’zi tomonidan nazorat kilinishi ;
2. Darsdan tashkari vaqtlarda ta‘lim – tarbiyani nazorat qilish va o’zini ko’zatish;
3. O’qituvchining darsdan tashkari vaqtini nazorat qilish;
4. Ota – onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ishlarni nazorat qilish ;
5. O’z ustida ishlashni nazorat qilish.
O’Z – O’ZINI TARBIYALASH VA O’Z USTIDA ISHLASH.
O’z – o’zini tarbiyalash tarbiya jarayonining ajralmas kismi bo’lib, shaxs ijtimoiy – amaliy faoliyatining va turmush tarzining maxsus jixati sifatida namoyon bo’ladi. Tarbiya va o’z – o’zini tarbiyalash aslida ijtimoiy va individual ahamiyatga molik foydali odatlarni shakllantirish hamda zararli odatlarni (ish yokmaslik, dangasalik, kushimcha gazeta va jurnal ukimaslik, o’z ustida ishlamaslik va xokazolar) bartaraf qilishdir. Doimiy ravishda o’z ustida odob – axloq talablariga muvofik, o’zining bilimdonligi, axloqliligi, kamoloti yulida muntazam va astoydil ishlashga, ukishga odatlanish Miliy dasto’rning shaxs milliy modeliga kuyilgan talablardan biri va javobdir. O’z – o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash ko’p qirrali amaliy – ijtimoiy faoliyat bo’lib, ukishda, mexnatda, jamoatchilik ishlarida va o’zaro muomala munosabatlarida kishining ma‘naviy – ma‘rifiy dunyoqarashida, faoliyatida namoyon bo’ladi.
Biz o’z – o’zini tarbiyalash jarayoni deganda, kundalik faoliyatda ko’p kaytarilishi, takrorlanishi natijasida xosil bo’lgan bilim va kunikmalar yigindisini, uni bajarilishi shart bo’lib, shaxsning kundalik extiyojiga aylanib ketgan harakatlarning yigindisini tushunamiz. Individiul jixatlarini, shaxsning qarashlarini, munosabatlarini ma‘lum darajada barqaror tizimini tushunamiz. Shaxsning o’z – o’zini tarbiyalash, shu koidaga taallukli bo’lsada, lekin u o’ziga xos kator xususiyatlarga ega.
• Uning birinchi xususiyati, o’z – o’zini tarbiyalash shaxs faoliyatining hamma soxalarida ham taalluklidir.
• Uning ikkinchi xususiyati, o’z – o’zini tarbiyalash shaxs faoliyatida ijobiy samara beradi va uni dunyoqarashi, e‘tikodi, sezgirligi kabi faoliyatini shakllantiradi.
• Uning uchinchi xususiyati, shaxs o’z – o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash natijasida o’z xayotida sodir bo’ladigan o’zgarishlar, vokea va xodisalarga tankidiy yondoshadi va kamchiliklarni yuqotib boradi.
Bundan tashkari shaxs bilan jamoa, jamiyat o’rtasida aloka – munosabatlarni mustaxkamlash tizimi vujudga keladi. Eng muximi o’z – o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash jarayonida shaxs intellektual bilimga, keng dunyoqarashga, komil insonga xos bo’lgan fazilatlarni egallab boradi.
O’z – o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash jarayoni yakka bir shaxsning qarashi, o’z ustida ishlashi bulmay, balki jamiyatning barcha a‘zolari uchun muximdir. O’z – o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash natijasida insonga xos bo’lgan goyaviy, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy, professional rivojlanishi va kamol topishida muxim rol uynaydi. O’z – o’zini tarbiyalashning yana bir muxim tomoni shundaki, bu jarayonda shaxsning ma‘naviy kiyofasi rivojlanadi, shakllanadi, o’z burchi, majburiyati, mas‘uliyatini xis kildiradigan fazilatlar tarkib topadi. Ayniksa, o’qituvchining o’z – o’zini tarbiyalashi va o’z ustida ish olib borishi keng kamrovdagi bilimlar, o’quv malakalari vujudga keladi. Muntazam ravishda, xilma – xil shaklda, jismoniy, ma‘naviy, axloqiy kuch sarflash, gayrat va shijoat ko’rsatish oqibatida yangi sifatga – o’z – o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash jarayoni paydo bo’ladi. Bu esa o’z navbatida adaptatsiyaga aylanib qoladi. Ijobiy fazilatlar sifatida shakllangan bu jarayon madaniy va ma‘naviy boylik xisoblanib, buning zamirida shaxsiy tajriba yotadi. Bu tajribadan ko’p sonli aholi, o’qituvchi va talaba, o’quvchi keng foydalanadi. O’z – o’zini tarbiyalab borish uchun albatta, o’z – o’ziga nisbatan va bashqalarga nisbatan tankid ruhida qarash, o’ziga va bashqalarga nisbatan talabchan bo’lish, muntazamlilik, eng yaxshi odat va an‘analarni saklash, o’rganish zarurdir.
Bunday ijodiy faoliyat jarayonida o’z – o’zini bashqarish qobiliyati xosil bo’ladi. Shaxs o’z istaklarini irodasiga buysundirish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’z – o’zini tarbiyalash jarayoni keng kamrovli bo’lib, «Kishining o’z shaxsini axloqiy ideallar, axloqiy bilimlar, e‘tikodlar asosida shakllantirish maksadida yunaltirilgan faoliyati o’z – o’zini axloqiy tarbiyalashdir». ( Malla Ochilov. Muallim qalb me‘mori. 2001 yil. 104 bet).



Download 35.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling