Hozirgi zamon ommaviy qirg’in qurollaridan himoyalanish bakteriologik qurol va bakteriyaviy zaharlanish


Download 43 Kb.
Sana21.10.2020
Hajmi43 Kb.
#135268
Bog'liq
HOZIRGI ZAMON OMMAVIY QIRG’IN QUROLLARIDAN HIMOYALANISH - 3


HOZIRGI ZAMON OMMAVIY QIRG’IN QUROLLARIDAN HIMOYALANISH
Bakteriologik qurol va bakteriyaviy zaharlanish
. Biologik qurollar - bunday qurollar tirik mavjudotlarga kuchli kasallik tarqatish usuliga asoslanadi.

Bakteriologik qurol deganda, bacterial vositalar bilan ta’minlangan har xil qurol, asbob va moslamalar tushuniladi. Bakterial vositalar kasallik tug’diruvchi mikroblar (bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, zamburug’lar) va bakteriyalardan chiqadigan zaharlar -- toksinlardir.

Bu qurolning jangovar xossalari jumlasiga odam va hayvonlarni ko’plab kasallanishi, ta’sir etish vaqtining juda uzoqqa cho’zilishi (kuydirgi kasalligi tug’diruvchi mikroblarning tortishuv formulalari shikastlash ta’sirini bir necha yil saqlab tura oladi), tashqi muhitda mikrob va toksinlarni payqashning qiyinligi, ta’sir yashirin davrining uzoq bo’lishi, kasallik tug’diruvchi mikroblar va toksinlarning germetik qilinmagan yashirinish joylariga va xonalarga havo bilan birga kirib, ulardagi odam va hayvonlarni zaharlay olish xususiyati kiradi.

Mikroblarni faqat labaratoriyada maxsus asboblar yordamida aniqlash mumkin. Hiyolanmagan odam va hayvonlar zaharlangan havo bilan nafas olish, mikrob va toksinlarning ko’z, burun, og’zining shilliq pardalariga hamda shikastlangan teriga tushishi, zaharlangan oziq-ovqat va suv iste’mol qilish, zaharlangan hashorotlar va kanalarning chaqishi natijasida zaharlanish mumkin.

Ko’pgina kasalliklar bemorlardan sog’ odamgalarga yuqishi va epidemiyaga sabab bo’lishi mumkin. Kasallik sog’ odamga bevosita kontaktda bo’lishi oqibatida yuqish xususiyati kontagiozlik deyilib, bunday kasalliklar esa kontagioz kasalliklar deb ataladi.

Inson va hayvonlarni zaharlash uchun har xil yuqumli kasalliklar - vabo, gripp, tulyaremiya, natural chechak, o’lat, kuydirgi, epidemic tepkili tif, psittakoz, brutsellyoz, Ku-isitma va boshqa kasalliklar tug’diruvchi mikroblardan foydalaniladi. Hayvonlarni zaharlash uchun yashchur, qoramol vabosi, cho’chqa vabosi, kuydirgi, qo’y, echki chechagi, manqa, brutsellyoz va boshqa kasalliklar tug’diruvchilardan foydalanish mumkin. Qishloq xo’jaligi o’simliklarni shikastlash uchun turli vositalar ishlab chiqilgan. Bunday vositalar jumlasiga g’alla o’simliklari hamda kartoshka fito-ftorozasi va boshqa kasallik tug’diruvchilar kiradi. O’simlikalarni shikastlashda uchun hasharotlardan qishloq xo’jaligi o’simliklari, o’rmon va bog’lar zararkunandalaridan (zararli cherepashka, amerika oq kapalagi, tog’I ipak qurti, kolorado qo’ng’izi va boshqalar) shuningdek, ba’zi kimyoviy moddalar, masalan, gerbetsidlardan foydalanish ehtimoli ham yo’q emas.


Bakteriologik qurol ishlatish ehtimoliga yaqin bo’lgan obyektlar aholi yashaydigan yirik punktlar, ma’muriy va siyosiy markazlar, temir yo’l uzellari, dengiz va daryo portlari, ta’minot bazalari, oziq-ovqat omborlari va yem – xashak omborlari, suv bilan ta’minlash manbalari, yirik chorvachilik xo’jaliklari ekinzorlar va o’rmonzorlardir.

Bakterial vositalar joylar va suv havzalarni zaharlash uchun har xil qurollarga joylashgan suyuq va quruq retsepturalar tarzida ishlatishi mumkin. Bakterial vositalarning aerozollar uchun, ayniqsa, xavflidir chunki bunday hollarda odam va hayvonlarga havo orqali, odatda, yuqmaydigan kasalliklar tarqatuvchi vositalar ishlatilishi mumkin.

Mikroblar va toksinlar joylashgan qurollar bakteriologik qurollar bakteriolgik qurollar, deb ataladi. Bakterial retsepturalar purkalganda havoda muallaq tarqalgan juda mayday zarrachalrdan iborat bulut hosil bo’ladi. Bunday bulut aerozolli bulut, deb ataladi.

Bakterial vositalarni mo’ljalga yetkazish uchun aviatsiya bombalari, ampulalar, paketlar, qoplar, qutilar, har xil masofaga uchib bora oladigan raketalar, xilma-xil to’qish aviatsiya asboblari (masalan, bakterial aerozollar solingan generatorlari) ishlatilishi mumkin. Bakterial vositalarning aerostatlardan (havo sharlardan) tashlanishi ehtimoldan holi emas. Diversantlardan, foydalanilgan holatda, turar joylarni, hizmat xonalarni, oziq-ovqat, yem-xashak omborlarni, suv bilan ta’minlash manbalarini, suv omborlari zaharlash mumkin.

Bakterial zaharlanish o’chog’i yuqumli kasalliklar tarqalish manbai hosil qiladigan bakterial vositalarning ta’sirida bo’lgan hududdir. Bakterial zaharlanish o’chog’ining tafsifi va ko’lami dushman tomonidan ishlatilagan bakteriolagik qurolning turiga, kasallik tug’diruvchilarning biologik xususiyatlarga va ularning ishlatilish usuliga indikatsiyaning va davolash profilaktik hamda dizenfektsiya tadbirlari o’tkazishning qanchalik samarali ekanligiga bog’liqdir. Bakterial zaharlanish o’chog’ining hosil bo’lishiga meterialagik sharoit va joining relyefi ta’sir ko’rsatadi. Bakterial zaharlanish o’chog’I bir nech yuz va bir necha ming kvadrat kilometr maydonni qamrab olish mumkin.

Bakterial vositalarning odam yoki hayvon organizmiga ta’sir etish turg’unligi kasallik tug’diruvchilar va kasallik tarqatuvchilar turiga shuningdek meteorologagik sharoitga (shamolning tezligi va yo’nalishi havoning namligiga quyosh radiatsiya va boshqalarga) bog’liq bo’ladi. Masalan, bakterial zaharlanish o’chog’ining turg’unligiga havoning katta ta’sir ko’rsatadi pas haroratlarda bacterial zaharlanish o’choqlarida kasallanish o’choqlari uzoqroq vaqat saqlanadi. Yozda yuqori darajada va quyosh intensive bo’lganda petogen mikroblari tez halok bo’ladi.

Bakterial bulut jarlarda, daralarda, hovlilarda, yopiq honalarda, va boshqa joylarda yurub qolishi mumkin. Himoyalanish tadbirlarini o’z vaqtida ko’rish uchun bakteriologik hujum bo’lganlik alomatlarni o’z vaqtida aniqlay bilish kerak.


Bu alomatlar quyidagilardan iborat: qurollar portlagan joylarda, tuproqda, o’simlarda va buyum narsalarda suyuqlik tomchilari yoki kukun vositalarning bo’lishi (bakteriolgik qurollar portlaganda odatda qurollar portlagandagi qaraganda sekinroq ovoz chiqadi) qurol portlaganda butun yoki tumandan iborat yengil butun hosil bo’lishi; uchib o’tayotgan samalyot ketidan sekin asta cho’kuvchi va tarqaluvchi qora yo’llar hosil bo’lish; joyda juda ko’p hasharot va kemiruvchilar to’planishi; qishloq xo’jaligi hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning ko’plab kasallanishi, o’limi kuzatiladi. Yuqorida bayon etilgan alomatlardan birortasi payqaldi deguncha himoyalanish tadbirlari darxol (gazdan himoyalanish niqobi resperator, niqob terini va ko’zni himoya qilish vositalarini kiyib olinadi) qo’llaniladi.

“Bakterial zaharlanish” xabari qachonki bakterial vositalari ishlatgan taqdirdagina radio tarmog’I orqali beriladi. Bu xabar zaharlangan joydagi aholini kasallik tug’diruvchi mikrobning turi, undan himoyalanish usuli va qilinadigan ishlar tartibi to’g’risida ogohlantiriladi Biror joyda yuqumli kasalliklar payqaldi deguncha karantin e’lon qilinadi, Karantin e’lon qilingan hudud “Karantin zona”, deb ataladi. Bu zona to’la izolyatsiya qilinadi, mahsus belgilar bilan ifodalanadi va qurollangan soqchilar bilan qo’riqlanadi. “Karantinli zona” ga kirish va undan chiqish taqiqlanadi. Bu zonada komendantlik xizmati tashkil etiladi. Bu xizmat fuqorolari yurish turishning beligilangan tejimini ta’minlaydi.

Karantinning qancha vaqt davom etishi kasallikning tafsifiga bog’liq bo’ladi. Zaharlanish o’chog’I tugatilganda keyin va kasallik paydo b’lishi imkoniyatiga barham berilgandan keyingina karantin xolati tugatiladi. Agar uncha havfli bo’lamagan kasallik tug’diruvchi qo’llanilgan bo’lsa zaharlanish o’chog’ida karantin o’rniga observatsiya e’lon qilinadi. Observatsiya zaharlanish o’chog’idagi odamlarga va shaxsiy tarkibga kuchaytirilgan tibbiy nazorat o’rnatib kasallanganlarni aniqlash va ularni izolyatsiya qilish, ehtiyot emlashtirini o’tkazish, aholi guruhlarining bir-biriga yaqinlashuvni cheklashni ko’zda tutadi. Observatsiya hududiga kirish va undan chiqish n muhim sanoat inshoatlarida ishlovchi va ehtiyot emlovlardan o’tkandagina ruxsat etiladi. Observatsiya zonasidan chiqishda barcha fuqarolar va shaxsiy tarkib to’liq sanitar ishlovidan o’tkaziladi. Kasallanganligi gumon qilingan kishilarning observatsiya hududidan chiqishiga ruxsat etilmaydi.

Himoya qilish tadbirlari orasida turar joylarni, hovli va umumfoydalanish



Joylarini doimo ozoda saqlash katta o’rin tutadi. Shaxsiy gigiyena talablarini juda yaxshi bajarish zarur, shaxsiy gigiyena talablari jumlasiga har haftada hammomga tushib, ichki kiyimlarni va yostiq jildlari bilan choyshablarni almashtirish, qo’llarini va sochini ozoda tutish kiyim-bosh poyafzal va boshqalarni har kuni tozalab turish va shu kabilar kiradi. O’ta yuqumli kasalliklarning asosiy manbaidan biri – kasal odamning paydo b’lishi atrofidagilar uchun havflidir, yuqumli kasallikning dastlabki alomatlari payqaldi deguncha, eng yaqindagi davolash muassasasiga xabar berish kerak. Bunday kasallik alomatlari haroratning birdan ko’tirib ketish bosh

og’rig’i, et uvishishi, darmon qurishi, ko’ngil aynishi va boshqalardir.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling