Hujjatning ko'rinishlari


Download 17.34 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi17.34 Kb.
#1703615
Bog'liq
6-A va 6-B uchun keyingi dars


HUJJATNING KO'RINISHLARI
Word dasturi hujjatni tayyorlash maqsadidan kelib chiqib uning quyidagi ko'rinishlari holatlarini tavsiya etadi.
Oddiy (обычный) holat matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun mo'ljallangan. Bu holatda sahifa hoshiyalari, rasmlar ko'rinmaydi. Bu holatdan matnning mazmuni ko'proq ahamiyatli bo'lganda foydalaniladi.
Web-hujjat (“веб документ”) holati matnni Internet dasturlarida (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) ko'rsatish uchun tayyorlanganda foydalanish qulay. Bu ko'rinishda fon, rasmlar va matn Internet sahifasidagi ko'rinishda aks etadi.
Sahifa belgilari (“Разметка страницы”) holati. Bu holatda matn hoshiyalari, rasmlar va boshqa qismlari chop etishga mo'ljallangan sahifadagi kabi ko'rinishda aks etadi. Odatda, bu ko'rinishda vertikal va gorizontal chizg'ichlar aks etib turadi.
Struktura (“Структура”) holati matn tarkibini ko'rib turish, uning qismlarini nusxalash, ko'chirib o'tkazish yo'li bilan matnni qayta tashkil qilishda ishlatiladi.
O'qish (“режим чтения”) holati hujjatni ekranda o'qish uchun juda qulay. Bu holatda uskunalarning ba'zi panellari aks etmasligi mumkin.
To'liq ekran (“Во весь экран”) holati hujjatni ekranda ko'zni charchatmasdan ko'rib chiqish uchun qulay. Bu holatda hujjat sahifasining o'lchamlari ekran o`lchamlariga mos o'zgaradi va ekranda faqat sahifa aks etadi.
Odatda, Word ishga tushirilganda ekranda “Sahifa belgilari” holati aks etadi.

VAZIFA


  1. Wordda 3 ta gap yozing(har bir gap alohida qatordan yozilsin)

  2. 1-gapda

    1. Shrift turi –Times New Roman

    2. Shrift o’lchami -20

    3. Shrift rangi –ixtiyoriy

    4. Matn chap tomonga nisbatan tekislangan

  3. 2-gapda:

    1. Shrift turi –Tahoma

    2. Shrift o’lchami -16

    3. Shrift rangi –ixtiyoriy

    4. Matn o’ng tomonga nisbatan tekislangan

  4. 3-gapda:

    1. Shrift turi –Candara Light

    2. Shrift o’lchami -12

    3. Matn o’rtaga tekislangan

Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling