Huquq fanlarini o'qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 24 Kb.
|
Ilmiy xulosa Sardor uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar
Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari huquq ta'limi yo'nalishi 3-kurs talabasi Jamolov Sardor Qahhor o'g'lining "Huquq fanlarini o'qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari" mavzusidagi kurs ishiga ilmiy rahbar XULOSASI Jamolov Sardor Qahhor o'g'li tomonidan tanlangan "Huquq fanlarini o'qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari" mavzusidagi kurs ishi hozirgi kunda yoshlar o'rtasida huquq sohalarini o'rganish va o'rgatish hamda jamoatchilikka keng tatbiq qilish ishlariga bagishlangan. Hozirgi kunda yoshlar qonunlarni bilishi, ulardan o'z o'rnisa foydalanishi hamda hayotga tatbiq eta olishi, qonunlarga rioya qilish kabi burch va majburiyatlarni o'rganishlari lozim. Songi yillarda huquq sohalariga berilgan e'tibor va talab sababli koplab yutuqlarga erishilmoqda. Bugungi kunda har bir shaxs o'z huquq va majburiyatlarini anglagan holda ish olib bormoqda hamda muammolar o'z vaqtida qonuniy yo'l bilan yechim topishiga erishilmoqda. Shu kabi muammo va yutuqlarni tadqiq etish, xulosalar chiqarish biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Kurs ishi ikki bob va to'rt paragrafdan iborat bolib, uning 1-bobida Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlarni o'qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari organilgan. Bunda fan oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar astoydil o'rganib chiqilgan hamda ularni jamiyatda qo'llay olish yo'llari ishlangan. Fanning predmeti ham topilib ma'lumotlar bilan o'rganilib chiqishga harakat qilingan. 2-bob Mamlakatimizda milliy g'oya va huquq fanlarini ommalashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar keng yoritilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilgan dolzarb islohotlar o'rganilib chiqilgan va kurs ishi so'ngida xulosalar berib o'tilgan. Talaba tomonidan tanlangan mavzuning organilganlik darajasining ijodiy umumlashtirilishi va keng tahlil qilinishi tadqiqot ishida keng kolamda tadqiq qilinayotgan muammoga tegishli adabiyotlar, ijtimoiy-gumanitar xarakterdagi monografiyalar, dissertatsiya tadqiqotlari, rasmiy hujjatlar, arxiv, matbuot va boshqa materiallardan foydalanishi ilmiy ish maqsadi hamda vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga imkon bergan. Jamolov Sardor Qahhor o'g'lining kurs ishini tayyorlashda ozining tirishqoqligi, masuliyati va bilimga chanqoqligini hamda organilayotgan masala yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish va siyosiy tahlil otkazish konikmalariga ega ekanligini namoyish qila olgan. Talabaning mavzuga doir ozbek tilidagi malumotlardan tashqari ingliz va rus tillaridagi koplab malumotlardan unumli foydalanib, shu asosda muayyan xulosalar chiqara olgani alohida tahsinga sazovor. Talabaning ozbek tilida erkin muloqot qilishi va matn bilan ishlay olish qobiliyati, uning oziga xos yutuqlaridan biri ekanligini takidlash orinli. Jamolov Sardor Qahhor o'g'li tomonidan tanlangan "Huquqiy fanlarini o'qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari" mavzusidagi kurs ishi tugallangan tadqiqot ishi bolib, u mazkur ishlarga qoyiladigan talablarga tola mos keladi. Yuqaridagilardan kelib chiqqan holda kurs ishini himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar: Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling