Huquqiy normalar


Download 442.84 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi442.84 Kb.
#1046365
Bog'liq
Huquqiy normalar


Huquqiy normalar
Huquq sohalari o`zlarining mazmunan turli-tumanligiga karamasdan bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Shu bilan bir qatorda huquq sohalarining barchasiga xos umumiy va bir-biridan farq kiluvchi alohida belgilari mavjud.
Huquq sohalarini chegaralashda uning asosiy mezoni bo`lib, eng avvalo, ularning tartibga solish predmeti yotadi, ya'ni har bir huquq sohasi mazmunini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlardan iborat bo`ladi. Shu bois, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar konstitutsiyaviy-huquqiy normalar bilan tartibga solinadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar Konstitutsiya asosida davlat organlari va fuqarolar, davlat hokimiyatini amalga oshirish va tashkil etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar asosida tashkil topgan jamiyat tuzilishi, davlat tuzilishi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tartibga soladi va mustahkamlaydi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar ichida davlat suverenitetiga doir munosabatlar muhim (yetakchi) ahamiyatga egadir. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarni, konstitutsiyaviy huquq normalari orqali tartibga solinishini ijtimoiy munosabatlarda tadbiq etilishini tushunish uchun konstitutsiyaviy huquq fanining predmetini aniqlash va uni boshqa huquq tarmoqlaridan ajratib olish muhim o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi davlat hokimiyatini amalga oshirish va tashkil etish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlarni ham tartibga soladi. Bu munosabatlar:
birinchidan, chinakam demokratiya tamoyillarga asoslangan saylov tizimi orqali davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonida;
ikkinchidan, davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi, sud va boshqa organlar faoliyatlari jarayonlarida paydo bo`ladi.
Davlat organlari va uning tuzilmalari faoliyatlari davomida o`zaro hamda jamoat birlashmalari va fuqarolar bilan muayyan davlat huquqiy munosabatlarga kirishadi. Konstitutsiyaviy huquq normalari esa ushbu organlarning tashkil etilishi va faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilaydi va bunday ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquq normalarining asosiy vazifasi O`zbekiston Respublikasi davlat va jamiyat hayotining tuzilish asoslarini belgilash, xalq hokimiyatchiligi va davlat suverenitetini amalga oshirish mehanizmini mustahkamlashdir. Bunga misol tariqasida 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunni keltirish kifoyadir.
O`zbekiston to`la davlat hokimiyatiga ega, o`zining milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlar ustundir. Davlat idoralari tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilgan, Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 442.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling