I. A. Karimov Nizomiddin mir alisher Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o’zining abadiyatga daxldor asarlari va Benazir dahosi bilan turkey xalqlarning ma’naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida tarannum etgan


Download 21.56 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi21.56 Kb.

Navoiy asarlaridagi qimmatbaho tosh nomlari

Barcha olijanob ishlarimizda Navoiy g’oyalari,

Navoiy ibrati, Navoiy ruhi bizga hamisha

Hamroh bo’lsin.

I.A.Karimov

* Nizomiddin mir alisher Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o’zining abadiyatga daxldor asarlari va Benazir dahosi bilan turkey xalqlarning ma’naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida tarannum etgan ezgu g’oyalari bugungi kungacha o’z ahamiyatini yoqotmay kelayotgan so’z san’atkoridir. *1

*Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan, Sayyid Hasan ArdasherPahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan*2 Alisher Navoiy ustozlari bergan ilm o’chog’ida qalamini toblab, yuksak kamolotga yetgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Alisher Navoiy o’zining buyuk va takrorlanmas she’riyati, ijodining eng yuksak cho’qqisini egallagan “Xamsa”si, turli fan sohalarini qamrab olgan boy ilmiy merosi,umuman nazmi va nasri bilan barchani o’z ijodiga qiziqtira olgan so’z san’atkoridir. Aynan shuning uchun ham Navoiy ijodiga qiziqish va uni o’rganish, so’zlaridagi bemisl kuch va ma’noni anglashga, ochilmagan qirralarini kashf qilishga urinish hali hanuz davom etmoqda.

*Navoiy lirikasida yuzdan ortiq badiiy san;atlar qo’llanilgan bo’lib, ularning ayrimlari misolida ham shoir badiiy tafakkurining yuksak darajasi haqida tasavvur hosil qilish mumkin bo’ladi.*3 Navoiy asarlarida qimmatbaho tosh nomlari ko’chma ma’noda, yor obraziga ta’sirchan va betakror ko’rinish,tasavvur hosil qilishda muhim rol o’ynagan. Ya’ni, qimmatbaho toshlarning rangi, shakli yoki ayrim xususiyatini o’xshatish orqali go’zal baytlar yaratilgan. Bu ham navoiyning mahorati va Alloh tomonidan berilgan iste’dodining bir qirrasidir.

*Javohirlar, qimmatbaho toshlar shartli ravishda 4 sinfga bo’linadi: 1-sinf-olmos yoqut, sapfir, zumrad; 2-sinf- aleksandrit,sapfirning turli ranglilari, asl qora opal, asl jadeit; 3-sinf- demantoid, shpinel, asl oq va olovrang opal, akvamarin, topaz, turmalin; 4-sinf-xrizolit, sirkon, kunsit,oytosh,quyosh toshi, sariq,yashil va pushti rang berill,pirop,almadin,feruza, ametist(safsar), xrizopraz, sirtin. Yoqut,la’l, feruza,nefrit,aqiq,zumrad,gavhar, kabi javohirlar o’rta osiyoda uzoq tarixga ega.Buyuk olim Beruniy ham javohirlarning paydo bo’lishi, ularning fizik,kimyoviy xossalari hamda ishlatilish tarixiga oid tadqiqotlar o’tkazgan. Tekshirish natijalarini o’zining “kitob ul-Jamohir fi Ma’rifat al-Javohir”(mineralogiya)kitobida bayon qilgan. *4

Alisher Navoiy hazratlari ham o’z asarlarida qimmatbaho tosh nomlaridan unumli foydalana olgan.so’z mulkining nozik va nafis qirralarini ochishda,yor vaslini bemisl va mukammal tasvirlashda qimmatbaho toshlar juda qo’l kelgan.yorning jamoli, husni shu darajada qimmatliki uning qadr-qimmatini so’z orqali,o’xshatishlar va sifatlashlar bilan tasvirlab beradi.

JAVOHIR -a.[birl.javhar ]. Qimmatbaho gavharlar, toshlar; Javohir afshon – 1.javohir(javharlar)sotuvchi; 2.maj. nur sochuvchi; Javohiri nafois -1. Nafis javharlar, qimmatbaho toshlar; 2. Maj. Chuqur ma’noli so’zlar va ustalik bilan ishlatilgan adabiy iboralar; Javohiri samin – qimmatbaho toshlar; maodin javohiri – ma’danlar javohiri; maj. Ajoyib so’zlar;

ANQO- topilmas , nodir,yagona.

Mehrigiyo demaki, anqodur ul,

Javhari fardu duri yaktodur ul.

Hayratul-abror, 164-12

ALMOS- olmos,qimmatbaho qazilma metal:

Tilni chu metin uzatib o’t solur,

Xoradin almos ila yoqut solur.

Hayratul-abror,87-16;

OLMOS – olmos :

Vale Bonu tutub ko’z ichidin los,

Ki xoroqan nechuk yumshatmish olmos.

Farhod va shirin, 129;

ANOR- anor (meva) va shu nomdagi qizil qimmatbaho tosh.

Nor axgarlarining lamaoti nechukkim, la’li koniy va anor donalarining bog’lang’ani nechukkim yoquti rummoniy.

Munshaot,93;

RUMMON – anor:

Qatrasi la’l vale rummoniy,

Qaysi rummon , degil ardistoniy

Xazoyinul-maoniy , 4a-411;

ASHK Durlari- ko’z Yoshi qatralari:

Netkay men havoiy agar ashk durlarin

Sochsam borin bulut kibi dildor boshig’a.

Xazoyinul-maoniy 4b-531;

AQIQ- qizil rangli qimmatbaho tosh, aqiq:

Ul durji aqiqu la’li serob,

Ko’zumdin oqizdilar durri nob.

Xazoyinul-maoniy 3a-387

AQIQI beg’ash- toza,sof aqiq; qizil may, mayning qizilligi:

Bir nafas mutrib surudi dilkashedin boda top,

Bir zamon soqiy aqiqi beg’ashidin kom tut.

Xazoyinul-maoniy,2b-76;

AQIQI nob- sof, tiniq aqiq:

Aql sarrofi labing ranginu nozik so’z bila

Topti gulgun rishta o’tkargan aqiqi nobdek.

Xazoyinul-maoniy, 1b-343;

AQIQI yaman – yaman aqiqi:

Lola kibi yoqut, qadah yo’q tubiga durd,

Bir shisha may andoqki aqiqi yaman erdi.

Xazoyinul-maoniy, 4b, 608

AHMAR-qizil:

Aning har axg’ari yoquti ahmar,

Muning har zarrasi raxshanda axtar.

Munshaot, 91;

LA’L – qizil rangli qimmatbaho tosh:

Agar nafidin bo’lsa maxzan yiroq,

Aning la’lidin xora ko’p yaxshiroq.

Saddi Iskandariy , 267a21;

2- Maj. qip- qizil lab, sevgilining labi:

Shu’lai husni solib davrong’a o’t,

Otashin la’lidinammo jong’a o’t.

Lisonut-tayr, 71-18;

3. qizil siyoh bilan yozilgan xat :LA’L etmak- qizartmoq; LA’LI AHMARIN 1)Qizil la’l ; 2)maj. Qizil may;LA’L BADAXSHON – badaxshondan chiqadigan eng toza la’l; LA’LI MUZOB -1) Eritilgan la’l; 2) maj. Qizil may:

3-LA’LI MUZOB – eritilgan la’l , qizil rangli qim matbaho tosh:

Falak sochti xon boshig’a siymi nob,

Bizing shoh ayog’ig’a la’li muzob.

Xazoyinul-maoniy, 2b-696;

LA’LGUN//LA’LIGUN- la’l rangli, qizil:

Alar gulnorgun qasr ichra gulposh,

Ko’tarmay la’lgun maydin dame bosh.

Farhod va shirin, 49;

ASHKI LA’LGUN – la’l rangidagi qonli ko’zyosh:

La’lgun har mayki ichtim, ul mayi lab hajridin,

Ko’zdin ashki la’lgun yanglig’ ravona aylaram.

Xazoyimul-maoniy, 3a, 233;

GAVHAR- gavhar, dur, qimmatbaho tosh:

Har necha davlat sahobi sochsa gavhar boshingga,

Anglakim, bir qatlabarqi ofatig’a arzimas.

Xazoyinul-maoniy, 4b -228;

Necha ganch ichra bo’lsa, gavhar,durr,

Ko’rki bordur aning kalidi temur.

Munshaot, 99;

GAVHARI VALO- qimmatbaho tosh:

Aning ul gavhari valosi bordur,

Ki bu o’lmakdin istig’nosi bordur.

Farhod va shirin, 145;

GUHAR – gavhar, qimmatbaho tosh:

Duri ishqingni to topmish, agar chok o’lsa sar tosar,

Guhar yutqon balig’ yanglig’ dam urmas notavon ko’nglum.

Xazoyinul-maoniy,1b-431;

JAVHAR- gavhar, qimmatbaho tosh;asl modda:

Buki tashbih etting, ey ko’z, xoki poyin surmag’a,

Bilki javharni qaro tuproqqa hamsang aylading.

Xazoyimul –maoniy, 1a- 268;

LU’LU’ – gavhar:

Ham fotihasi nuqtasidur xoli aning,

Ham xotimai lu’lu’lari xoli aning.

Nazmul-javohir, 15rim-52.

ZABARJAD –och pista rang qimmatbaho tosh.Toqi zabarjad –maj.osmon, ko’k osmon.

Bo’lur lavhi zabarjad ahli hayron,

Chu olur ilgiga lavhi muzahhab .

Xazoyinul- maoniy, 4b-52;

Bo’lub har havzaning toshi zabarjad,

Ushoq tosh o’rnig’a sochib zumurrad.

Farhod va shirin, 45;

DUR //DURR – dur, yirik marvarid, inju:

Necha ganj ichra bo’lsa gavhari dur,

Ko’rki bordur aning kalidi temur.

Munshaot , 13rim raqamda -99;

DURR,DUR- inju marvarid; SO’Z DURRI – Qiymatli mazmundorso’z; DURRI ADAN – eng toza inju; DURRI ASHK- maj. Ko’z Yoshi; DURRI G’IROMI –maj. Sevgili, go’zal;

Ko’z Yoshi- :

Shoh oyog’iga dur sochib ko’zidin,

Bordi o’pgach ayog’ini o’zidin.

Sab’ai sayyor, 189-17;

DURRI SAMIN- qimmatbaho tosh, bebaho gavhartosh:

Ul ki sadafdek necha tiyra jabin ,

To’ldurubon qo’ynig’a durri samin.

Sab’ai sayyor, 39-8;

DURLUQ – durli, javohirli :

Agarchi yo’qturur durluq taloshi ,

Erur tosh bo’lsa ham chaqmoqtoshi.

Farhod va shirin, 24;

INJU- marvarid ,dur:

Injuni olsalar mufarrih ucgun,

Ming bo’lur bir diramg’a bir misqol.

Muhokamatul- lug’atayn, 2

LAOLIY- marvaridlar injular:

Anga hamdkim , charxi daryo navol,

Topar andin anjum laoliy misol.

Munshaot, 13rim-95;

MARJON – marjon:

Otashin la’ling gar ashkimdin kular, ermas ajap,

Kim kudurat bahridin fahm etti marjon o’tig’a.

Xazoyinul –maoniy, 1b-383;

MUNCHOG’- munchoq:

Aloqa borig’a sarosar ipak,

Duru la’lu firuza munchog’dek.

Saddi iskandariy ,1493

YOQUT- qimmatbaho tosh, yoqut;(QIZIL, SARIQ, KO’K va oq rangli bo’lsa ham mashhuri qizildir);YOQUTI AHMAR – qizil yoqut; YOQUTI AHMAR SUYI – maj.qizil may; YOQUTI MUZOB -1. Erigan yoqut, 2. Maj. Qizil may; YOQUTI MUFARRIH- kayf beruvchi yoqut ; YOQUTI NOB – maj. Qizil may; YOQUTI RUMMONIY – qip-qizil anor donasiday yoqut.

Rangi gunogun qilib billur sof,

La’l ila yoqut deb aytib gazof.

Lisonut –tayr, 48-6;

Chu asli pok gavhar keldi , yoqut,

Teshib bag’rini qon aylar anga qut.

Farhod va shirin, 196;

ZUMURRAD//ZUMRAD – yashil tusli qimmatbaho tosh,zumrad Maj. Yashil,sabz(rang).

:

Bo’yla mavsumda keraktur aysh bazmin tuzgali



Ham zumurrad rang yer, ham bodai yoqutrang.

Xazoyinul- maoniy, 3a- 181;

QAHRABO// QOHRABO – sarig’ rangli tosh (yantar):

Shajar yafrog’I bo’ldi qahrabodek,

Demakim qahrabo, mehri samodek.

Munshaot, 13rim- 91;

QAHRABOGUN – sariq qimmatbaho tosh, qahrabosimon:

Chu qildi qahrabogun mehrgardun,

Yig’ochlar bargi rangin qahrabogun.

Farhod va shirin 343;

LOJUVARD- to’q ko’k tusli tosh:

Bal anga har doirai ushrgard,

Rutba aro bir falaki lojuvard.

Hayratul – abror, 61-8;

MUHRA- jism; sadaf, munchoq; soqqa :

Oh vaqti chun oqar ashkim qaro hijron tuni ,

Muhraye aylar shabah har bir duri g’altonni dud.

Xazoyinul- maoniy, 1b- 136;

RUXOM- marmar tosh:

Borcha yashmu samog’ izora ,

Lek farshi ruxom yakpora.

Sab’ai sayyor 1020.

SADAF – sadaf,Dengiz shillig’i; marvarid qobig’I (bu qobiqqa rang solib, davot o’rnida ishlatganlar; shunday idishni “sadaf” deb ham ataganlar); shu qobiqdan ishlangan sadaf marjon , sadaf tugma:

…va sahovat sahobi bog’idin sadafdek og’zi qurug’an sofiy zamirlarg’a durri nob sochmoq.

Nazmul-javohir, 27;

FIRUZA//FERUZA – ko’k tusli qimmatbaho tosh;Firuza toq –maj. Osmon;Gulshani firuza maj. Osmon , falak.

Eshakminchog’in tojg’a tikmak bila firuza yerin tutmas va hech kim aning kam baholig’in unutmas.

Mahbubul- qulub, 142;

Judo qilsa xarmuhra feruzadin,

Butun chini o’lsa sinuq ko’zadin.

Saddi iskandariy 265a19;

CHAQMOQTOSH- chaqmoqtosh, chaqmoq,o’t chiqaradigan tosh:

Agarchi yo’qturur durluq taloshi ,

Erur tosh bo’lsa ham chaqmoqtoshi.

Farhod va shirin, 24;

YASHM- yashil tusli qimmatbaho tosh :

Eyki, istarsen choqin daf’ig’a yashm,

O’zga tekmakka berib imkong’a yo’l .

Xazoyinul- maoniy, 3b- 697;

*1.*3 Sh.sirojiddinov,D.Yusupova, O.Davlatov “navoiyshunoslik”



*2 wikipediya

*4 ensiklopediya
Download 21.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling