Biologiya va tibbiyotda fizik o‘lchashlar.
Tibbiyotdagi o‘lchashlarning ko‘pchiligi fizik yoki fizik-kimyoviy kattaliklarni o‘lchashdan iborat. Xamma fizik tibbiy biologik o‘lchashlar vazifaviy belgilariga qarab tavsiflanadi. Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Mexanik o‘lchashlar-tananing antropometrik parametrlari, tana qismlarining, qonning, xavoning ko‘chishi, tezligi va tezlanishi, akustik o‘lchashlar, organizmdagi qon va suyuqliklarning bosimi va atrof muhitdagi xavoning bosimi, vibratsiyalarni o‘lchash va boshqalar.
Issiqlik fizikasiga xos bo‘lgan o‘lchashlar-tana, tana qismlarining tashqi muxitning xarorati, biologik ob’ektlarni, oziq ovqatlarni kalorimetrik o‘lchash va boshqalar.
Elektr va magnit o‘lchashlar-biopotensiallar, yurakning magnit maydoni induksiyasi, diognostik maqsadda biologik ob’ektlarning impedansini, elekt qarshiligini, gigiena maqsadlarida elektro- magnit maydonning parametrlarini va ion konsentratsiyalarini o‘lchash.
Optik o‘lchashlar-kalorimetrik o‘lchashlar, diognostik maqsadlarda ko‘z muxitlarining optik xarakteristikalarini o‘lchashlar, diognostika va sud- meditsina maqsadlarida spektral o‘lchashlar va gigienik maqsadlarda ultrabinafsha, infraqizil yorug‘likning xarakteristikalarini o‘lchashlar.
Atom va yadroviy o‘lchashlar-ionlovchi nurlarni o‘lchash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |