- Reja
- Suyuqlik datchiklari
- Dilatometrik va bimetallik datchiklar
- Manometrik datchiklar
- Sath, bosim, sarf, burchag tezligi va namlik datchiklari
- Хarorat barcha texnоlogik jarayonlarning muxim ko’rsatkichlaridan biridir. Qishloq va suv xo’jaligida ko’pgina texnologik jarayonlar ular o’tayotgan sharoit xaroratiga bog’liq. Jism, suyuqlik yoki gazning xarorati nazorat qilayotgan muxitning yoki u bilan issiqlik kontaktida bo’lgan mahsus elementning xaroratini o’lchab aniqlanadi.
Umumiy tushunchalar - Amalda xarorat datchiklarining sezgir elementlari sifatida issiqlik tasirida o’zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini keng diapazonda o’zgartirib, boshqa kattaliklar (namlik, muxitning tarkibi, xavo bosimi ta’sirida xususiyatlarini o’zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi. Хarorat datchiklarining sezgir elementlari issiqliqga kengayish koeffensenti maksimal ko’rsatkichiga ega bo’lishi kerak.
Хarorat datchiklari turlari - Ishlash prinsipi jihatdan xarorat datchiklari suyuqlik, bimetallik va dilatometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlarga bo’linadi.
- Suyuqlik datchiklari -2000S dan +7500 C gacha oralig’idagi xaroratni o’lchashda ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo’lganligi sababli sanoatda keng tarqalgan.
- Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr suyuqligining xajmi xarorat ko’tarilishi yoki pasayishi tufayli o’zgarilishiga asoslangan. Shishali termometrning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti, efir va boshqalar ishlatiladi. Suyuqlikli datchiklarning kirish signali xarorat o’zgarilishi t bo’lib, chiqish signali kapilyardagi ustunning balandligi bo’ladi:
- ΔH=ΔV/S, (2.14)
- bu yerda: ΔV=V(B-3*ΔQ) - suyuqlik xajmining o’zgarilishi;
- S- kapilyarning kesim yuzasi;
- B- suyuqlikning issiqlikka kengayish koeffitsiyenti;
- V- suyuqlikning boshlang’ich hajmi;
- I- kapilyar materialining issiqlikga kengayish koeffitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |