I bob bo’yicha xulosa


Download 16.68 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.68 Kb.
#1574389
Bog'liq
xulosa


I bob bo’yicha xulosa.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasining I bobida oddiy maksimalga ega integro-differensial tenglamalar va integro-differensial tenglamalar sistemasi o’rganilgan. Oddiy maksimallarga ega bo’lgan integro-differensial tenglamalar sistemasi uchun nolokal chegaraviy masala qo’yilgan va ushbu masala ijobiy hal qilingan. Chiziqli bo’lmagan maksimal differensial tenglamalar sistemasi uchun chegaraviy masalalar qo’yilgan. Bundan tashqari aynigan yadroli integro-differensial tenglamalar sistemasi uchun ham nolokal chegaraviy masala qo’yilgan va masala yechilgan.


II bob bo’yicha xulosa.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasining II bobida chiziqli bo’lmagan impuls ta’sirli differensial tenglamalaer uchun nolokal chegaraviy masalalar o’rganilgan. Birinchi tartibli impuls ta’sirli differensial tenglamalar sistemasi uchun teskari masalalar o’rganilgan. Shu bilan birgalikda ikkinchi tartibli impuls ta’sirli differensial tenglamalar sistemasi uchun teskari masala qo’yilgan va masala ijobiy hal qilingan.

Xulosa.
So'nggi yillarda nolokal chegaraviy shartlarga ega bo'lgan differensial tenglamalarni o'rganishga qiziqish ortib bormoqda. Ko'pgina tabiiy va amaliy jarayonlarni tavsiflovchi impuls ta’sirli differensial tenglamalarni o'rganish bo'yicha ko'plab nashrlar paydo bo'lmoqda
Yechimi aniq yoki aniq bo'lmagan vaqtlarda yechimi birinchi tur uzilishlarga ega bo'lgan funksiyalari bo'lgan differensial tenglamalar impuls ta’sirli differensial tenglamalar deyiladi. Ko'pgina tabiiy va amaliy jarayonlarni tavsiflovchi impuls ta’sirli differensial tenglamalarni o'rganish bo'yicha ko'plab nashrlar paydo bo'lmoqda
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida oddiy maksimallarga ega integro-differensial tenglamalar va integro-differensial tenglamalar sistemasi o’rganilgan. Oddiy maksimallarga ega bo’lgan integro-differensial tenglamalar sistemasi uchun nolokal chegaraviy masala qo’yilgan va ushbu masala ijobiy hal qilingan. Chiziqli bo’lmagan maksimalli differensial tenglamalar sistemasi uchun chegaraviy masalalar o’rganilgan. Bundan tashqari aynigan yadroli integro-differensial tenglamalar sistemasi uchun ham nolokal chegaraviy masala qo’yilgan va masala yechilgan.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasining II bobida chiziqli bo’lmagan impuls ta’sirli differensial tenglamalaer uchun nolokal chegaraviy masalalar o’rganilgan. Birinchi tartibli impuls ta’sirli differensial tenglamalar sistemasi uchun teskari masalalar o’rganilgan. Shu bilan birgalikda ikkinchi tartibli impuls ta’sirli differensial tenglamalar sistemasi uchun teskari masala qo’yilgan va masala ijobiy hal qilingan.
Download 16.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling