I bob. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya asoslari


Download 59.64 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi59.64 Kb.
#1210408
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HUQUQ TA\'LIM JARAYONIDA FAOL VA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI. KURS ISHI


MAVZU: HUQUQ TA'LIM JARAYONIDA FAOL VA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI.


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………..……………….3


I.BOB. HUQUQIY TA’LIM VA HUQUQIY TARBIYA ASOSLARI ……………………………………………………………………...………………5
1.1.Davlat va huquq nazariyasi bo’yicha darsliklarda huquqiy ta’lim jarayoni…………………………………………………………………………..…5
1.2.Huquqiy ta’limni amalga oshirishda Sharq mutafakkirlarining qarashlaridan foydalanish…………………………………………………………………………9


II.BOB. HUQUQIY TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI………...………16
2.1. Huquqiy ta’lim mazmunining tamoyillari…………………………………….
2.2.Huquqiy ta’limda faol va interfaol metodlardan foydalanish………………………………………………………………………16


XULOSA .................................…………………………………………………29


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………….……31


KIRISH
Mavzuning dolzabligi. Huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat sohasida ilmiy faoliyatni o’rganish tadqiqotchilar uchun an’anaviy tusga aylandi. Ya’ni, huquqiy tarbiya masalasi ko’pgina olimlar ilmiy tadqiqot ishlarining ob’ekti sifatida xizmat qilgan va xizmat qilmoqda. Haqiqatda ham ayni vaqtda ushbu masala mamlakatimizning rivojlanishidagi asosiy dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi.
«Tarbiya» atamasi kundalik hayotda insoniyat muammosida ko’p marotaba takrorlanadigan ijtimoiy kategoriyadir. Jamiyatdagi barcha tarbiyalarning yagona tizimini ijtimoiy tarbiya o’zida mujassam etadi va u siyosiy tarbiya, madaniy tarbiya, ma’naviy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya, shuningdek, huquqiy tarbiya va boshqa tarbiya turlarini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy tarbiya tizimida tarbiyaning boshqa turlari singari huquqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning ahloqiy, estetik, ma’naviy va boshqa shu kabi turlari negizida shakllanadi va rivoj topadi. Ya’ni, huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning barcha turlari bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Jumladan, yuksak rivojlangan huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan har bir davlatning asriy orzusi o’z aholisining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishdir.
Har qanday davlatning ijtimoiy rivojlanishi o’sha davlat fuqarolarining huquqiy madaniyati bilan bog’liq bo’ladi.
Zero, yuksak darajada rivojlangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ajralmas belgisidir. Yuksak darajadagi huquqiy ong va huquqiy madaniyat esa huquqiy tarbiyaning mahsuli. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiya asosiy o’rinni egallaydi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida «huquqiy madaniyatni yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir»deb ta’kidlagan. Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniy ham «Tarbiya biz uchun yo hayot– yo momot, yo najot– yo halokat, yo saodat– yo falokat masalasidir» deb bejiz ta’kidlamagan. CHunki «huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat» kabi bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va bir-birini to’ldirib turuvchi ushbu mantiqiy izchillikda va ketma-ketlikda joylashgan o’xshash kategoriyalar jamiyat huquqiy tizimining holatidan darak beradi.

Download 59.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling