I-bob. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekistonning urushga tortilishi


Download 35.49 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi35.49 Kb.
#155430
Bog'liq
NAVRUZ KURS ISHI


Mundarija.

Kirish

Asosiy qism



I-bob.Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekistonning urushga tortilishi.

1.1 Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va uning sabablari

1.2. Ikkinchi jahon urushi yillarida sanoat, fan, maorif va madaniyat.

II.bob. O‘zbekistonlik jangchilarning II jahon urushi janggohlaridagi jasoratlari

2.1. O’zbekistonlik jangchilarning jang maydonidagi jasoratlari hamda vatanparvarlik harakati tarixining yoritilishi

2.2 O‘zbekistonlik jangchilarning Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatlarida hamda uni ozod etishda faol ishtiroklari.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ilovalar

Kirish

I bob. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekistonning urushga tortilishi.

1.1Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va uning sabablar.

Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko'rilmagan darajada katta va dahshatli,butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlarni solgan urush bo'ldi. 1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi.

Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi ixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmron bo'lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi.

Fashizm o'ta agressiv, o'ta urushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi.

Fashistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo'lgan, dunyoni qaytadan bo'lishga va dunyoda hukmron bo'lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo'llab-quvvatladilar. Fashistlar ikki jahon urushi o'rtasida o'tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimiyatni egallaydilar.

Germaniya va Italiya fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu tariqa G'arbda, Sharqda, O'rta yer dengizida xavfli urush o'choqlari vujudga keladi. batlarni o'zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan qay-tadan bo'lish maqsadida urushga tayyorlandilar.

Ularga Angliya, Fransiya va AQSH dan iborat ikkinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yerlarni saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustahkamlashga va o'z raqobatchilarini yangidan zaiflashtirishga intilardilar.

Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo'lgan davrda fashistlar Germaniyasi G'arbiy va Markaziy Yevropadahukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi harakatdan to'xtadi1.

Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o'zlarini “nasibasiz”qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyatdan, uning natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosa-Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrda boshlandi. Xuddi shu kuni german qo’shinlari uch tomondanPolsha sarhadlariga bostirib kirdilar. Urush qisqa muddat ichida dunyodagi juda ko’pgina davlatlarni o’z domiga tortdi. 1941 yil 22 iyunda fashistlarning 191ta diviziyasi (shundan 153 tasi bevosita Germaniyaning o’ziga qarashli) SSSRning Boltiq dengizidan tortib to Qora dengiz hududlarigacha chegaralari bo’ylab yopirilib hujumga o’tdi. Ana shu tariqa jahon tarixida inson qulog’i eshitmagan va ko’zi bilan ko’rmagan dahshatli fojea boshlandi. Jahon ururshining boshlanishi, uning sabablari va aybdorlari xaqida ko’p va xo’p yozilgan. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, ikkinchi jahon urushining asosiy sababchisi va aybdori Germaniya va SSSRning hukmron doiralari, avvalo, Adolf Gitler va Iosif Stalindir. Har ikkala bosqinchi saltanatchi davlat ham o’z oldiga bosh maqsad qilib dunyo hukmronligini qo’ygan edi. Har ikkala bosqinchi davlat ham o’zining bosh strategiyaviy maqsadini amalga oshirish uchun har xil taktik usullar bilan bordi, biri ikkinchisidan ayyorlik qilishga intildi, turli yo’llar bilan o’z ch egaralari va ta'sir hududi doiralarinin k engaytirishga harakat qildi. Ammo har ikkala tomon ham o’zaro ikki o’rtada dahshatli muhoraba bo’lishi muqarrar ekanligini yaxshi bilar edi.

Shu ma'noda 1939 yil 23 avgustda A.Gitler va I.Stalinning fatvosi bilan Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrob va SSSR tashqi ishlar Xalq komissari V.Molotov o’rtasida 10 yil o’zaro hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomaning tuzilishi xarakterlidir. Jahon jamoatchiligi bu shartnomani har ikki davlat tomonidan dunyoni o’zaro bo’lib olish maqsadlarini ko’zlab tuzilgan shartnoma sifatida qabul qildi. Chunki shartnoma tuzilgandan so’ng Germaniya o’zning asosiy raqibi SSSRdan qo’lini bo’shatib oldi va oradan ko’p muddat o’tmasdan sentyabrda Polsha hududlariga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaq sir va maxfiy tutilgan moddalarga ko’ra SSSR Germaniyani nafaqat ma'naviy tomondan balki moddiy jihatdan qo’llab quvvatlagan, amalda o’ziga qarshi oyoqqa turayotgan Germaniyani qurollantirgan edi. Buni V.M.Molotov bilan Shulenburg o’rtaisda 1939 yil 28 sentyabrda tuzilgan va 1941 yil 10 yanvarda imzolangan mutlaqo maxfiy shartnoma isbotlaydi. Shartnomaga ko’ra Germaniya tomoni Boltiq bo’yi davlatlari hududlariga (Litva hududining bir qismidan tashqari) bo’lgan da'vosidan voz kechishi lozimligi qayd etiladi. Buning evaziga SSSR Germaniyaga 7.500.000 oltin dollar, yoki 31 million 500 ming n emis markasi miqdorida haq to’lashga rozi bo’ladi. 31.5 million nemis markasi miqdoridagi summaning sakkizdan bir qismi yoki 3.937.500 german markasiga SSSR tomoni uch oy muddat davomida rangli metallar yetkazib berish, 27.562.500 german markasini 1941 yil 11 fevralgacha oltin hisobida to’lashi shart qilib qo’yildi2.

1939 yil 23 avgustdagi shartnoma SSSRning ham buyuk saltanatchilik manfaatlariga javob berar edi, albatta. Birinchidan, SSSR ham sulh evazidan o’zining eng asosiy va xavfli raqibi Germaniyadan “ko’ngli to’q” bo’ldi. Shu bois u o’zining asosiy diqqat e'tiborini Uzoq Sharqqa qarata olar edi, “Sovet Ittifoqi uchun,-deb yozishadi G`arbiy Germaniyalik tadqiqotchilar M.Barch, X.F.Shebesh va R.Sheppelman. 1939 yilgi vaziyat og’ir edi. U ochiqdan-ochiq dushman qo’shinlari bilan o’ralgan bo’lib, butkul yakkalanib qolgan edi. Buning ustiga u Sharqdagi xavfli raqib bo’lgan Yaponiya bilan... urush holatida edi”.Ikkinchidan, SSSR Germaniya bilan tuzilgan avgust shartnomasi tufayli Shimoliy G`arbiy chegaralarini bemalaol kengaytirib oldi.

SSSR 1939 yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida G`arbiy Belorussiya va G`arbiy Ukraina yerlarini egallab olgandi, shu yilning 30 noyabrida u Finlyandiyaga qarshi urush e'lon qilib 1940 yil 12 martdagi shartnomaga asosan Finlyandiya hisobidan o’zining shimoliy chegaralarini ancha kengaytirgandi va nihoyat 1939 yil kuzidan 1940 yil yoziga qadar olib borilgan janglar natijasida Boltiq bo’yi jumhuriyatlarini Qizil Armiya okuppatsiya qilganda ham Germaniya SSSRga halaqit bermadi, betaraf turdi.

Uchinchidan, SSSR 1939 yildagi avgust shartnomasini tuzish orqali vaqtdan yutdi. SSSRni 1939 yildayoq Germaniya bilan urushga tortishga qaratilgan imperialistik davlatlarning, birinchi navbatda Germaiyaning ittifoqchisi bo’lgan Yaponiyaning rejalarini buzib yubordi.

Germaniyaning fashistik davlat mashinasi bu taktik uslubga endi e'tibor qilmadi, nazarga ham ilmadi. SSSRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. 1941 yil 22 iyunda Germaniya Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi.



1.2. Ikkinchi jahon urushi yillarida sanoat, fan, maorif va madaniyat.

Germaniya ustidan qozonilgan tarixiy g’alabada O’zbekiston sanoati va ishchilar sinfining munosib hissasi bor.

O’zbekiston ishchilar sinfi urush yillarida yuksak onglilik va uyushqoqlik namunalarini ko’rsatib g’alaba uchun barcha zarur bo’lgan ishlarni qildi.

Respublika iqtisodiyotini harbiy izga solish, armiyani dushman ustidan g’alaba qozonishini ta'minlashga qodir bo’lgan qudratli harbiy xo’jalikni barpo etish ana shu vazifalardan biri edi.

O’zbekistonda 1941 yilning oxirlariga kelib 300 zavod va fabrika Qizil Armiya uchun qurol-yarog’ va o’qdori ishlab chiqara boshladi. Birinchi navbatda turgan masala mudofaa sanoati korxonalarini zarur bo’lgan yoqilg’i, elektor quvvati va metal bilan ta'minlashdan iborat bo’ldi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1941 yil 5-7 dekabrda bo’lib o’tgan V Plenumi respublika sanoatini harbiy izga solish sohasidagi ishlarga yakun yasadi, O’zbekistonga evakuatsiya qilingan sanoat korxonalarini tezlik bilan ishga tushirish, mamlakatga, front uchun kerak bo’lgan mahsulotlarni o’z vaqtida yetkazib berish bilan bog’liq masalalr muhokama qilindi va uni amalga oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqildi.

Elektr energiyasi, yoqilg’i va xom-ashyo bazalarini rivojlantirish masalalariga ham katta e'tibor berildi. 1942 yil noyabrgacha Chirchiq, Toshk ent energetika sistemalarining qishki quvvatini 160-170 ming kilovatga yetkazish, 4-5 oy ichida Toshkent yonida 60-70 ming kilovat elektr energiya bera oladigan issiqlik elektrostantsiya qurish, bu stantsiyalarni mahalliy ko’mir asosida ishlatish tadbirlari ilgari surildi. Respublikada metal-ko’mir va neft qazib chiqarishni ko’paytirish tadbirlari belgilandi. Bu ehtiyojlar uchun bir milliard so’m mablag’ ajratildi. Ushbu dasturni amaliy bajarishga doir bir qancha tadbirlar belgilandi va Solar, 1-Quyi Bo’z suv (birinchi navbatini), 2-Oqqavoq va Farxod gidroelektrostantsiyalarin qurish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi.

Urush yillari Tovoqsoy, Oqtepa, Oqqovoq, Qibray, Solar, Qutbozsuv va boshqa gidroelektrostantsiyalar qurilib ishga tushirildi, natijada O’zbekistonda elektr energiya hosil qilish 1940 yildagi 482 mln.kv soatdan 1945 yilda 1.187 mln. va soatgacha ko’paydi.3

Urush yillarida O’zbekiston yoqilg’i sanoatini rivojlantirish masalalariga ham katta e'tibor berildi. Ko’mir sanoatini rivojlantirishga 639 million 980 ming so’m kapital mablag’ solindi. Natijada jumhuriyatda ko’mir qazib chiqarish 1945 yilda 103 ming tonnaga yetdi yoki u 1940 yildagiga nisbatan 30 martadan ko’proq o’sdi, demakdir.Urush yillarida O’zbekistonning neft sanoati ham ulkan odimlar tashladi.

SSSR Xalq Komissarlari Sovet 1941 yil 4 apreldagi “O’rta Osiyoda neft sanoatini rivojlantirish to’g’risida” maxsus qaror qabul qilindi. Ana shu qaror asosida O’zbekistonda yangi neft konlari ochildi. 1940 yildagiga qarganda respublikada neft qazib chiqarish 1945 yilda 4 marta ko’paydi va u yiliga 478 ming tonnani tashkil etdi. Elektroenergetika va yoqilg’i sanoatining yuksak bazalarining vujudga keltirilishi O’zbekistonda metallurgiya va mashinasozlik sanoatlarini ham rivojlanishi uchun baza bo’lib xizmat qildi.

1941-1942 yillarda respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalar bazasida ta yirik mashinasozlik zavodlari tashkil etildi. Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarining yuqori sur'atlar bilan rivojlanishi metallurgiya ishlab chiqarish bazasini barpo etishni talab qilayotgan edi. O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovet 1942 yil 17 iyunda Bekobod shahrida metallurgiya zavodi qurishto’g’risida qaror qabul qildi.

1944 yil 5 mart kuni O’zbekiston tarixida birinchi marta O’zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi ishga tushdi va u faoliyatdagi korxonalar qatoriga qo’shildi. Urush yillarida respublikamizda rangli metallurgiya sanoati 6 marta o’sdi.

1945 yilda 1940 yilga nisbatan O’zbekiston SSR sanoati mahsulotining umumiy hajmi 7 baravar, shu jumladan. Og’ir sanoat ishlab chiqarish 4 baravar, mashinasozlik sanoati 13.4 baravar oshdi.

Urush yillarida O’zbekiston xaritasida yangi sanoat markazlari: Chirchiq, Ohangaron, Bekobod, Yangiyo’l va boshqa sanoat shaharlari vujudga keldi. Toshkent shahri yirik sanoat markazlaridan biriga aylandi. Xullas, O’zbekiston sanoati urush yillarida frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318.000 aviabomba, millionlab minalar. Snaryadlar, granatalar va boshqa shuning singari qurol-aslaha va o’q dorilar yetkazib berdi.4 Yengil sanoat korxonalari va kooperatsiyasi artellari umumiy qiymati 443.3 million so’mlik mahsulotlarnifront ehtiyojlari uchun ishlab chiqardi. Bu fashistlar Germaniyasini tor-mor keltirishda O’zbekistonning qo’shgan katta va munosib hissasidir.

1941-1945 yillaridagi urushda fashistlar Germaniyasi ustidan tarixiy g’alabani qo’lga kiritishda O’zbekistonda fan, adabiyot, maorif va san'at xodimlarining ham hissasi beqiyos darajada katta bo’ldi.Urush bilan bog’liq bo’lgan barcha milliy topshiriqlarini olimlar o’z vaqtida bajarib bordilar, snaryadlar, reaktivlar tayyorlash, o’simliklardan foydalanish muammolarini hal etish, qishloq xo’jalik erkinlarining hosildorligini oshirish, yosh mutaxassislarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan shug’ullandilar.

O’zbekistonga SSRning g’arbiy mintaqalaridan Ittifoq akademiyasi institutlari va ilm-fan arboblari evakuatsiya qilindi. Faqat Toshk ent shahrining o’ziga 1941 yilning kuzida SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik, tarix, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat tarixi va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, ko’plab olimlar: akademiklar B.V.Struve, V.D.Grekov, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a'zolari ye.E.Bertels, B.F.Shigmarov, A.Yu.Yakubovskiy, A.A.Mixaylov va boshqalar ko’chib keldilar.

1943 yilning sentyabrida O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tashkil etilishi ham respublika hayotida albatta katta voqea bo’ldi.

O’zbekiston Fanlar akademiyasining tantanali ochilishi marosimi 1943yil 4 noyabrda bo’ldi. Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti qilib taniqli olim T.N.Qori-Niyozov saylandi.5

Urush yillarida O’zbekiston adabiyoti va san'ati vakillari ayniqsa fidoyilik ko’rsatdilar. Shoir va yozuvchilar, darmaturg va publitsistlar xalqni fashistlarga qarshi chuqur nafrat va g’alabaga so’zsiz ishonch ruhida tarbiyalaydigan yangiyangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybekning “Qutlug’ qon” romani, H.Olimjonning “O’lim bosqinchilarga” kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo’lgan. G`.G`ulom, Uyg’un, Islom shoir, Fozil Yo’ldosh, Abdulla Qahhor, Zulfiya va boshqalar ham kompartiya mafkurasiga xizmat qiluvchi bir qancha “vatanparvarlik” his-tuyg’usi bilan to’lib -toshgan poemalar, she'rlar va hikoyalar yozganlar.

Urush yillarida o’zbek teatr san'ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu davrda O’zbekistonda 36 mahalliy va 14 evakuatsiya qilingan: Moskva Davlat yahudiy teatri, Shevchenko nomidagi Xarkov Davlat teatri, Moskva revolyutsion teatri, Mayakovskiy nomidagi va boshqa teatrlar faoliyat ko’rsatdi. Toshkent, Yangiyo’l va Andijonda yangi teatrlar ish boshladi.

O’zbekiston kompozitorlari 1943 yilning o’zidayoq 400 ga yaqin mudofaa «vatanparvarlik» qo’shiqlarini, kompozitorlar xalqqa manzur bo’lgan mavzuidagi musiqali drama, opera va balet asarlarini ham yaratdilar



Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqi front orti qahramonlari haqida manbalarda aks ettirilishi

2.1. O’zbekistonlik jangchilarning jang maydonidagi jasoratlari hamda vatanparvarlik harakati tarixining yoritilishi

1941-1945 yillarda urushning barcha jabhalarida O’zbekistonlik jangchilar qahramonlik va mardlik mo’jizalarini ko’rsatdilar. Umuman ikkinchi jahon urushi har jabhada Turkistonlik jangchilar, shu jumladan o’zbekning an'anaviy urush qobiliyatlarining saqlanib qolganligini ko’rsatdi. Jami bo’lib ikkinchi jahon urushiga O’zbekistondan 1 million 433.230 kishi safarbar bo’lgan. Bu o’sha davrdagi O’zbekistondagi urushga yaroqli aholining 50-60 foizini tashkil etar edi6.

Fashistlar Germaniyasi sovetlar Ittifoqi hududida urush harakatlari boshlaganlaridan bir necha kun o’tar-o’tmas O’zbekistonlik mard o’g’lonlarning afsonaviy Brest qal'asini himoya qilishdagi jasoratlaridan guvoxlik beruvchi xatxabarlar birin-ketin yetib kela boshladi. Brest qal'asini himoya qilishda jasorat ko’rsatganlar orasida O’zbekistonliklardan N.Sodiqov, A.Abdullaev, A.Arslonbekov, S.Boytemirov, A.Aliev, T.Xidirov, U.O’taev va boshqalar bor edi.

Mo’min Karimov va Ismoil Adhamxo’jaev SSSR g’arbiy chegaralarida birinchilar qatorida dushman bilan jangga kirdilar. Mo’min Karimov keyinchalik uch marta Shuhrat ordeni nishondori bo’ldi.

Butun O’zbekiston Moskva uchun oyoqqa turdi. 1941 yil noyabridan 1942 yil mart oyiga qadar O’zbekistonda harbiy qismlar tashkil etildi. Fashist kallakesarlarini Moskva ostonalaridan uloqtirib tashlashda qahramonlik mo’'jizalarini ko’rsatganlar orasida O’zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar 44-kavaleriya diviziyasi, 21-kavaleriya diviziyasi, 259 o’qchi diviziyasining jangchi va komandirlaridan 106 kishi SSSR ordenlari va medallari bilan mukofotlandi. 21-kavaleriya diviziyasi jangda ko’rsatgan qahramonliklar uchun 14-gvardiyasi kavaleriya diviziyasiga aylantirildi. 259 o’qchi diviziyasi gvardiyachi diviziya nomini oldi.

Moskva uchun jang qilgan I.V.Panfilov nomidagi mashhur 8 gvardiyachi diviziyaning shaxsiy sostavida O’zbekistonlik bahodirlar Zarif Ibroximov, G`ulom Abdukarimov va boshqalar jasorat ko’rsatdilar. Yovuz dushmanga nafrat hatto O’zbekistonlik ayollarimizni ham qo’lga qurol olib jangga otlantirdi.

O’zbekistonlik Zebo G`anievaning Moskva himoyasi uchun ko’rsatgan jasorati tillarda doston bo’ldi. Zeboxon xalq ko’nggillilari safida Moskva mudofaasiga otlandi. U o’z hayotini bir necha bor xavf ostida qoldirib razvedkachilar safida 12 marta “til” (dushmanning rejalari-planini bilib olish maqsadida tirik asir tutib kelish) operatsiyasida ishtirok etib shuhrat qozondi. Zebo G`anieva jang maydonlarida 28 fashist jallodni yer tishlatdi. Qizil bayroq ordeni bilan mukofatlandi.

Jami bo’lib, Moskva himoyasi uchun olib borilgan janglarda qatnashgan O’zbekistonlik askar va ofitserlardan 1753 kishi SSSR Oliy Sovetining Farmoni bilan “Moskva mudofaasi uchun” medaliga sazovar bo’ldi.

O’zbekistonlik jangchilar Stalingrad ostonalarida fashistlar Germaniyasining quyoshini botirishda jangning oldingi saflarida bo’ldilar. O’zbekistonning 2788 jangchisiga «Stalingrad mudofaasi uchun» m edali topshirildi.

O’zbekistonlik mard jangchilardan 1706 kishi “Berlin olinganligi uchun”medali bilan mukofotlangan, Germaniya ustidan g’alaba qilib fashistlar Germaniyasi bu urushda sharmandalarcha yengildi va 9 mayda so’zsiz taslim bo’lganligi to’g’risidagi shartnomaga imzo chekdi.

O’zbekiston mehnatkashlari ikkinchi jahon urushi yillarida qahramonlik va jasorat namunalarini ko’rsatdi, ular kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan och-yalong’och holda juda og’ir va qiyin sharoitlarda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida sidqidildan va astoydil mehnat qilib urushni g’alaba bilan yakunlash maqsadida front manfaatlari uchun turli-turlimahsulotlar ishlab chiqardilar O’zbekistonlik jangchilar front chiziqlarining oldingi saflarida mardlik va qahramonlik mo’'jizalarini namoyish qildilar, dushman o’qiga o’z ko’kraklarini qalqon qilib rus, ukrain, belorus, Boltqbo’yi yerlarini fashistlar Germaniyasidan ozod qilishda faol qatnashdilar va umumiy dushman ustidan qozonilgan g’alabaga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.

2 jahon urushi fronti jang maydonlarida o‘zbek o‘g‘lonlaridan Sobir Rahimov, Ahmadjon Shukurov, Qo‘chqor Turdiyev, Vois Ergashev, Mamadali Topiboldiyev, Abdusalom Dehqonboyev, Tojiali Boboyev, Ostonaqul Shokirov, Elboy Qoraboyev va boshqa yuzlab mardu maydonlar jang maydonlaridagi ko‘rsatgan jasoratlari uchun «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga ega bulib yurtimiz dovrug‘ini ulug‘ladilar.


Frontga safarbar qilingan 1 million 433.230 kishidan 263.005 kishi halok bo’ldi, 132,670 kishi bedarak yo’qoldi va 60452 kishi o’z o’lkasiga nogiron bo’lib qaytdi7.

Bu hisobga urush yillarida ochlik-yalong’ochlikdan qirilib ketgan mingminglab vatandoshlar ham qo’shiladigan bo’lsa, xalqimizning boshiga tushga dahshat va fojeaning nechog’lik og’ir bo’lganligini ko’z oldimizga keltira olamiz.

Ikkinchi jahon urushi yillari xalqimiz tarixining eng og’ir va qora dog’li davridir. Bu urushni har qanday sharoitda ham xalqimiz chetlab o’taolmas edi.

Chunki O’zbekiston ikkinchi jahon urushining asosiy aybdorlaridan biri hisoblangan qizil saltanatning mustamlaka asoratida edi. Bas, shunday ekan xalqimiz cheki va peshonasida bo’lgan va bosib o’tilgan bu tarixiy davrni ch etlab ham o’taolmaymiz, uni inkor ham etaolmaymiz, tarixiy haqiqat bilan istaymizmi uni yo’qmi bundan qat'iy nazar hisoblashishga majburmiz. Shu ma'noda Islom Karimovning quyidagi so’zlari diqqatga loyiqdir: “Takrorlab aytaman: Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z vatani, el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida xalok bo’lganlarni o’z umrlarini bevaqt hazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz.

Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unitishga hech kimning haqi yo’q va bunga yo’l ham bermaymiz.Urush yillari-O’zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan biror sahifani ham olib tashlamaymiz. Bu tarix-bizniki uni unitishga hech kimni haqqi yo’q”8


2.2 O‘zbekistonlik jangchilarning Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatlarida hamda uni ozod etishda faol ishtiroklari.
Ursuh yillari o‘zbek jangchilari nafaqat SSSR miqyosidagi balki Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatlarida ham faol qatnashib, nemis-fashistlari ustidan qozonilajak g‘alabaga va Yevropa xalqlarining ozod bo‘lishlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.

Polsha, Yugoslaviya, Italiya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Germaniya davlatlarida tashkil topgan ozodlik armiyalari safida, partizanlar tuzilmalarida ishtirok etgan, 40 mingdan ortiq sovet fuqarolarining orasida o‘zbekistonliklar ham ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Masalan, Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasida 260 dan ko‘proq o‘zbekistonlik bo‘lgan. L. Kolantarov, U. Xolmaboyev, A. Mamajonov, O. Berbiyev, R. Rahimov, H. Jabborov, H. Ismoilovlar qarshilik ko‘rsatish harakatida faol ishtirok etgan hamyurtlarimizdir.

Hozirgi kunda “Turkiston legioni” to‘g‘risida turli fikrlar mavjud bo‘lib, bu masala mufassal bir tadqiqotni talab qiladi. Ma’lumki, Stalin boshliq sovet hukumati Kommunistik Internatsional a’zolari, umuman chet el kommunistlaridan Yevropadagi mavjud siyosiy hukumatga muxolif kuch sifatida foydalangan. Gitler ham “oq“ muhojirlardan sovetlarga qarshi kuch sifatida foydalanishga harakat qilib, 1941 yil dekabrda asir olingan sovet generali Lukinga harbiy asirlardan stalinizmga qarshi kurash olib borishni tashkil etuvchi ruslarning muxolif hukumatini tuzishni taklif etadi. Bunday taklif 1941-1942 yillar bo‘sag‘asida milliy vakolatxona tuzish uchun intilayotgan quvg‘indagi Turkiston milliy ziyolilariga ham qilindi. Natijada 1942-yil noyabrda Vali Qayumxon rahbarligidagi “Turkiston milliy qo‘mitasi” tashkil topdi. Bu qo‘mita 1941-yil kuzida tashkil topgan Turkiston batalyoni bazasida harbiy asirlardan “Turkiston legioni”ni tashkil qilish to‘g‘risida 1942-yil dekabrda Vermaxtning Oliy qo‘mondonligi rasman farmoyish e’lon qildi. Shuningdek, bu davrda “Arman”, “Gruzin” legionerlari ham tuzilib, A.A. Vlasov rahbarligidagi rus ozodlik armiyasi tarkibiga kiritildi. Lekin bu, milliy ”tuzilmalarga urushning oxiriga kelib 1 mln. ga yaqin kishi yozilgan bo‘lsa ham, ular gitlerchilar kutgandan zarbdor kuchga” aylanmadilar. Chunki bu tuzilmalarga ko‘pincha majburan yozib qo‘yilgan harbiy asirlar frontga yuborishsa, o‘zimiznikilar tomonga o‘tib olamiz degan umid bilan qarar, buni sezgan nemislar har bir rotaga asosan nemis zobitlarini qo‘ygan edilar.

Haqiqatdan ham “Turkiston legioni”da tashkil topgan yashirin guruhlar qarshilik harakati jangchilari va partizanlar bilan aloqa bog‘lab, nemis-fashistlarning bir qancha rejalarini barbod qilganlar. 1943 yilda Desna daryosi yonidagi Kupchixa qishlog‘i hududida jang qilayotgan 74-dviziya tomoniga Abdulla Otaxonov boshchiligida to‘la qurollangan, 370 kishidan iborat Turkiston batalyoni o‘tgan. Keyinchalik sovet qo‘mondonligining ishonchsizligi bilan ular frontdan chetlatiladi. 1944 yilda Chernogoriyaga yuborilgan “Turkiston legioni” birlashmalari fashist komandirlarini o‘ldirib, tog‘dagi partizanlar oldiga chiqib ketishgan. O‘zbekistonliklar partizan otryadlari va qarshilik ko‘rsatish harakatlarida faol qatnashib, dushmanni tor-mor qilishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.

Urushnng dastlabki kunlaridayoq sovetlar davlatida avj olib ketishiga umid bog‘lagan gitlerchilar turli xil milliy tuzilmalar tuzish, sovet xalqlari orasida soxta tashviqotlar olib borib bunga asos hozirlashga intilgan bo‘lsa, Stalin boshliq sovet siyosiy rahbarlari ham milliy kelishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘larlik xalqlarni majburan ko‘chirish, butun-butun xalqlarga “sotqin” tamg‘asini bosishdek choralarni amalga oshirganlar. Shunday tamg‘a bilan 1944 yil mamlakat bo‘ylab 2.230.500 kishi majburan ko‘chirilgan. Shulardan O‘zbekiston hududiga Qrimdan-151604 qrim tatarlari, Gruziyadan-110 mingga yaqin mesxeti turklari, Shimoliy Kavkazdan 20 mingdan ortiq ingush, 4,5 ming arman va greklar ko‘chirib keltirilgan.

Ular NKVD nazoratida, repressiv rejimga qat’iy rioya qilgan holda yashashga mahkum etilib, milliy davlat tuzilmalari va konstitutsion huquqlaridan mahrum etilgan edi. Ko‘chirib keltirilgan joylardagi mahalliy aholi bilan bog‘lanish kabi huquqlardan ham mahrum qilingan edilar. Lekin o‘zbekistonliklar ko‘chirib keltirilganlarni o‘z uylariga qabul qilib, oxirgi burda nonlarini bo‘lishib yeb, o‘zlarining yuksak ma’naviyati buyuk insonparvarligini namoyon qildi.

Sobiq ittifoq xalqlarining fidokorona mehnatlari, jangchilarning qahramona jasoratlari sabab, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan, 43 kuni kam 4 yil (1941 yil 22 iyun-1945 yil 9 may) davom etgan urush g‘alaba bilan yakunlandi. Lekin ikkinchi jahon urushi davom etardi. Ittifoqchi davlatlar bilan bo‘lgan kelishuv va Sharqda xavf bo‘lib turganligi sababli 1945-yil 9-avgustga o‘tar kechasi sovet hukumati Yaponiyaga qarshi urush boshladi. 2 sentyabrgacha davom etgan bu jangda 6770 nafar o‘zbekistonlik jangchilar ishtirok etib, Kvantun armiyasini mag‘lubiyatga uchratishda, Yaponiyaning taslim bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shdilar. N. Latipov, A. Karimov, U. Doniyorov kabi ko‘plab hamyurtlarimiz yuksak harbiy mahorat va jangovar faolliklarini namoyish etdilar.

Ikkinchi jahon urushining g‘olibona yakunlanishida o‘zbekistonliklarning front va front orqasidagi jasoratlari katta hissa bo‘lib xizmat qildi. 120 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar SSSRning orden va medallariga sazovor bo‘ldi. «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga ega bo‘lgan 300 dan ortiq jangchidan 75 tasi o‘zbek o‘g‘lonlari edi. O‘zbekistonlik 82 ta jangchi “Shuhrat” ordenining uchala darajasi bilan taqdirlandi. Italiya, Angliya, Fransiya, Yugoslaviya, Polsha, Chexoslavakiya, Vengriya kabi mamlakatlarining ordenlari bilan taqdirlangan hamyurtlarimiz bir necha ming kishini tashkil etadi.

O‘zbekiston urushdan katta yo‘qotish bilan chiqdi. 1939-1945 yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi frontlariga safarbar qilingan 1433230 kishidan 263005 kishi halok bo‘ldi, 132.670 kishi nogiron bo‘lib qaytdi.

Urush yillarida asirga tushgan 6,2 mln. kishidan 4 mln. kishi halok bo‘lgan, 1 mln. kishi “Vlasovchilar”ga qo‘shilgan, tirik qolgan 1 mln. kishi esa nemis lagerlarini sovet lagerlari bilan almashtirishga majbur bo‘ldilar. Ular orasida nohaq jazolanganlardan yurtdoshlarimiz ham bor bo‘lib, S. Abdullayev, L. Popov, K. Abramovich, P. Rustamov va boshqalar shular jumlasidandir.

1945-yilga kelib mamlakatda yaxshilik sari qat’iy o‘zgarishlarni kutayotgan xalq yana mustabid tuzum asoratida qoldi. Ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlar yashirinib barqarorlik vujudga keltirdiki, ular bu tuzumning muqarrar qulashini ko‘rsatardi.

Katta qurbonlar evaziga bo‘lsa ham o‘zbekistonliklar insoniyatni fashizm balosidan qutqarishga munosib hissa qo‘shdilar. Urushda halok bo‘lganlar xotirasini tiklash va qadrlash maqsadida “Xotira” kitoblari tuzildi, poytaxtimiz markazida Xotira maydoni va motamsaro ayol yodgorlik majmuasi tiklandi. Bu ishlarga boshchilik qilgan yurtboshimiz farmoni bilan 9 may “Xotira va Qadrlash kuni» deb e’lon qilindi. Hozirgi kunda hayot bo‘lgan mehnat va urush faxriylardan yosh avlod hamisha minnatdordirlar.


Xulosa

Olti йил davom etgan, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tamom bo'ldi. Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan ortiqroq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo'lib qoldi, moddiy talofatlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo'ldi. Fashizmni tor-mor etishda ko'p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og'irlik markazi SSSR xalqlari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishi urush alangasida halok bo'ldi, 18 milliondan ortiqroq jangchilar yarador va nogiron bo'lib qoldilar.

O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo'ldi, 132670 kishi bedarak yo'qoldi, 60452 kishi nogiron bo'lib qaytdi. Bu mash'um urush tufayli eng kamida to'rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo'lgan. Agar qarindosh-urug'larni hisoblasak, butun mamlakat aholisi motam libosini kiygan. Ikkinchi jaxon urushida o’zbek xalqi fashizm ustidan qozonilgang’alabaga o’zining munosib hissasini qo’shdi.120 ming o'zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi.

O'zbekistonda urush faxriylariga, ularning oilalariga yordam berilmoqda, ularga imtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyushma sining tashab-busi bilan fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halok bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida arxiv materiallari to'planib, bu ma'lumotlar asosida “Xotira” turkumida 33 kitob nashr etildi.

Fashizm ustidan' g'alaba qozonilgan 9-may kuni O'zbekistonda “Xotira vaQadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Urushda qurbon bo'lganlarni xotirlash, biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, e'zozlash, hurmat-izzatini Gitlerchilar Germaniyasi va ittifoqchilariga qarshi olib borilgan urush nihoyasiga yetdi. Fashist bosqinchilari tomonidan bosib olingan hududlarni va Yevropa davlatlarini dushmandan ozod qilishda urush maydonlarida o'zbek o'g'lonlari misli ko'rilmagan mardlik va jasurlik namunalarini ko'rsatdilar, ming-minglab jangchilar urush maydonlarida halok bo'ldilar, ko'pchilik nogiron bo'lib qaytdi. Qurbonlar bejiz berilmadi. Ular jahonni fashizm vabosidan asrab qoldilar. Bu ishga o'zbekistonliklar ham munosib hissa qo'shdilar.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. – T.: O’zbekiston,

1996. – 366 b.

2. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. – T.:

O’zbekiston, 1999. – 410 b.

3. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T.9. – T.:

O’zbekiston, 2001. – 432 b.

4. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi.

T.13. – T.: O’zbekiston, 2005. – 448 b.

5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat,

2008. – 176 b.

6. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi (O’zbekiston Sovetlar

istibdodi davrida) Ikkinchi kitob 2-qism. Andijon, 1998 y. -380 b.

7. O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet

Mustamlakachiligi davrida. T.: “Sharq” 2000 yil -520 b.

8. O’zbekiston tarixi. (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis fakul'tetlari

uchun darslik) prof. R.X.Murtazaeva raxbarligida. “Yangi asr avlodi” T., 2003 y.-360 b.

9. Lafasov M.Jahon tarixi.T.: “Sharq” 2013.-320 b.



Internet saytlari:

1.www.aim.uz

2.www. ziyonet.uz

3. ziyo.uz


1 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 134-bet.

2 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 290-bet.

3 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 147-bet

4 Lafasov M. Jahon tarixi. T.”Sharq” 2013. 154–bet.

5 Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 158-bet

6 Lafasov M. Jahon tarixi.T.: “Sharq” 2013, 154-bet.

7 Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. Asarlar. T.: “O'zbekiston”, 1996, 80-bet

8 Karimov Islom. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3 -T.: “O’zbеkiston”. 1996 y. 246,247-bеtlаr.

Download 35.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling